Matbuot bayonoti
Venadagi O‘zbekiston elchixonasiga borgan delegatsiya
Hijriy 1446 yil 11 muharram, milodiy 2024 yil 17 iyul chorshanba kuni Hizb ut-Tahrirning nemis tilida so‘zlashuvchi davlatlardagi rasmiy vakili muhandis Shokir Osim boshchiligidagi delegatsiya norozilik maktubini topshirish uchun Venadagi O‘zbekiston elchixonasiga bordi. Maktubda O‘zbekistondagi Hizb ut-Tahrir a’zolarining 20 yildan ziyod vaqt qamoq muddatini o‘tab chiqqanlaridan keyin hukumat tomonidan qayta qamoqqa tashlangani qoralangan. Delegatsiyani elchixona rasmiylaridan biri qabul qildi.
Delegatsiya raisi elchixona rasmiysiga Hizbni tanishtirib, quyidagilarni ta’kidladi: «Hizb ut-Tahrir fikriy siyosiy faoliyat olib boradigan partiya bo‘lib, hech qanday moddiy (zo‘ravonlik) faoliyati bilan shug‘ullanmaydi. Aksincha, o‘z maqsadiga erishishda zo‘ravonlik vositalaridan foydalanishni rad etib, islomiy yurtlarda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga jiddiy harakat qiladi. Shuning uchun o‘zbek hukumati Rossiya kabi mustamlakachi davlatlarni rozi qilish uchun Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilotlar qatoriga qo‘yishi katta xatodir. Shuningdek, Hizb a’zolari qayta hibsga olinganlaridan so‘ng imzo chektirib olish uchun ularga yolg‘on iqrornomalarni taqdim etish, agar imzo chekishdan bosh tortsalar ayolini zo‘rlash bilan yoki farzandlarini hibsga olish bilan tahdid qilish mutlaqo qabul qilib bo‘lmas ishdir».
Elchixona rasmiysi maktubni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga yetkazishga va’da berdi. Delegatsiya buning uchun elchixona rasmiysiga tashakkur bildirib, salom bilan uchrashuvni tamomladi.
Hizb ut-Tahrirning nemis tilida
so‘zlashuvchi mintaqalardagi
matbuot bo‘limi