بسم الله الرحمن الرحيم
XULQLAR
Go‘zal hisoblanadigan xulqlar
4
Gapni bilib gapirish, yetkazayotgan gapini chuqur tekshirib ko‘rish
Insonni gapirayotgan gapi uni yo solihlar, taqvodorlar, ishonchli insonlar qatorida qilib, jannatga loyiq qiladi yoki fosiq-fojirlardan, xoin-to‘hmatchilardan qilib do‘zaxga ro‘paro qiladi. Shuning uchun xulqi go‘zal inson gapirayotgan gapini yaxshilab tekshirib, aniq bilib gapirishi kerak, aksincha badxulq bo‘lib qoladi, ayniqsa shariatdan, ya’ni Allohni hukmi deb gapirayotganda qaysi asosga tayanib aytayotganini aniqlab olishi zarur, aksincha Allohga to‘xmat qiluvchi, odamlarni hattoki o‘ziga ishongan yaqinlarini aldovchi din buzarlardan bo‘ladi. Buni hisob juda og‘ir, odamlarni yo‘ldan ozdirish insu-jindan bo‘lgan la’nati shaytonlarning ishi bo‘lib, asossiz shar’iy hukm aytganlar ham ular qatorida bo‘lib qolish xovfi bor, Alloh saqlasin.
To‘g‘ri, vaqtinchalik, arzimas maqsadiga yetishi mumkin, lekin oqibati alamli azobdir. Alloh Taolo bundan ogohlantirgan:
وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَا تَصِفُ أَلۡسِنَتُكُمُ ٱلۡكَذِبَ هَـٰذَا حَلَـٰلࣱ وَهَـٰذَا حَرَامࣱ لِّتَفۡتَرُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَۚ إِنَّ ٱلَّذِینَ یَفۡتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلۡكَذِبَ لَا یُفۡلِحُونَ () مَتَـٰعࣱ قَلِیلࣱ وَلَهُمۡ عَذَابٌ أَلِیمࣱ
Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar najot topmaslar. Ozgina matoh va alamli azob bor. (Nahl surasi, 116-117 oyatlar).
Alloh Taolo O‘zi(ya’ni shariat talablari)ga qarshi gapirishni shirk bilan bir qatorda harom qilib, uni naqadar og‘ir gunoh ekanini shunday bayon qilmoqda:
قُلۡ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّیَ ٱلۡفَوَ ٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنۡهَا وَمَا بَطَنَ وَٱلۡإِثۡمَ وَٱلۡبَغۡیَ بِغَیۡرِ ٱلۡحَقِّ وَأَن تُشۡرِكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمۡ یُنَزِّلۡ بِهِۦ سُلۡطَـٰنࣰا وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعۡلَمُونَ
«albatta, Robbim oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan», deb ayt. (A’rof surasi, 33-Oyat).
Inson bilmagan narsasini gapirishining qaytarilganiga umumiy dalillar:
وَلَا تَقۡفُ مَا لَیۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمٌۚ إِنَّ ٱلسَّمۡعَ وَٱلۡبَصَرَ وَٱلۡفُؤَادَ كُلُّ أُو۟لَـٰۤىِٕكَ كَانَ عَنۡهُ مَسۡـُٔولࣰا
O‘zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil — ana o‘shalar, mas’uldirlar. (Isro surasi, 36-Oyat).
مَّا یَلۡفِظُ مِن قَوۡلٍ إِلَّا لَدَیۡهِ رَقِیبٌ عَتِیدࣱ
U biror so‘z aytmas, magar huzurida (farishta) hoziru nozir(ya’ni aytilgan har bir gap-so‘zni hisob-kitob qilib turuvchi farishta kuzatib turuvchidir). (Qof surasi, 18-Oyat).
Abu Hurayra r.a. Rosululloh s.a.v.dan quyidagi hadisni rivoyat qiladi:
كَفَى بالمرءِ كذِبًا أن يحدِّثَ بِكُلِّ ما سمِعَ
Inson eshitgan narsasini gapiraverishi yolg‘onchiligiga kifoya qiladi(yetarli dalildir). Muslim rivoyati.
Shirinso‘zlik:
Shirinso‘zlik dunyoda insonlar o‘rtasidagi musibatlarni oliy daraja ko‘tarish, o‘zaro dushmanchilik ko‘zqarash, gina-adovat alangasini o‘chirish sabablaridan biri bo‘lsa, Oxirida esa, xoyr pallasini og‘ir qiluvchi sadaqa, solih ishlar kabi amallardan hisoblanadi, do‘zahga parda hamda jannatdan o‘ziga joy tayyorlash imkonidir.
Adiy ibn Hotam rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:
«اتَّقُوا النَّارَ وَلَوْ بِشِقِّ تَمْرَةٍ, فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَبِكَلِمَةٍ طَيِّبَةٍ»
«Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlaninglar. Kimki uni ham topa olmasa, shirin so‘z bilan saqlansin», deganlar. (muttafaqun alayh).
Abu Hurayra rivoyatida Payg‘ambar s.a.v:
«وَالْكَلِمَةُ الطَّيِّبَةُ صَدَقَةٌ»
«Shirin so‘z sadaqadir», deganlar (muttafaqun alayh).
Abdulloh ibn Amr rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:
«إِنَّ فِي الْجَنَّةِ غُرَفَةً, يُرَى ظَاهِرُهَا مِنْ بَاطِنِهَا, وَبَاطِنُهَا مِنْ ظَاهِرِهَا, فَقَالَ أَبُو مَالِكٍ الأَشْعَرِيُّ: لِمَنْ هِيَ يَا رَسُولَ اللَّهِ, قَالَ: لِمَنْ أَطَابَ الْكَلاَمَ, وَأَطْعَمَ الطَّعَامَ, وَبَاتَ قَائِمًا وَالنَّاسُ نِيَامٌ»
«Jannatda tashqarisi ichkarisidan, ichkarisi esa tashqarisidan ko‘rinib turadigan bir xona bor», dedilar. Shunda Abu Molik Ash’ariy: «U kim uchun, ey Rasululloh?», deb so‘radi. Payg‘ambar : «U so‘zini shirin qilgan, taom bergan, odamlar uxlab yotgan paytda kechani ibodat bilan bedor o‘tkazgan odam uchundir», deb javob berdilar». Tabaroniy rivoyati. Uni Haysamiy va Munziriy, hasan, degan. Hokim ham uni rivoyat qilib, sahih, degan.