Muhtasib qozi

51
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Muhtasib qozi

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

‎وحَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ وَقُتَيْبَةُ وَابْنُ حُجْرٍ جَمِيعًا عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ جَعْفَرٍ قَالَ: ابْنُ أَيُّوبَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ قَالَ: أَخْبَرَنِي الْعَلَاءُ عَنْ أَبِيهِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: 
أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ عَلَى صُبْرَةِ طَعَامٍ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فِيهَا فَنَالَتْ أَصَابِعُهُ بَلَلًا، فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللَّهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي

Muslim o‘zining “Sahih”ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Allohning payg‘ambari kilo bilan o‘lchanmaydigan, ustma ust yig‘ilgan taom oldidan o‘tib qoldilarda, qo‘llarini unga kirg‘izdilar va qo‘llari namlandi (ya’ni taomning usti boshqa, osti boshqa edi). Shunda u kishi: Nima bu ey taomning egasi? dedilar. U esa: Ey Allohning Rasuli osmondan yog‘gan yomg‘ir tegdi dedi. U kishi ﷺ: berkitmasdan odamlar ko‘radigan qilib qo‘ysang bo‘lmasmidi? Aldagan odam bizdan emas!”, – dedilar.

“Sharh An-Navaviy”da shunday deyiladi: “Azhariy aytadi: As-subra – yig‘ib qo‘yiladigan taom.

Aziz muxlislar, bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz ﷺ jamoat huquqlarini himoya qilish, ularni poymol qiluvchilarning oldini olishga shaxsan o‘zlari rahbarlik qilganliklari ko‘rsatilgan. Qo‘lini tovoq ichiga solib, uning ho‘l ekanligini ko‘rdi va sotuvchiga bu namlikni odamlarga ko‘rsatishni, yashirmaslikni buyurdi. Chunki uni yashirish odamlarni aldaydi va ularga zarar keltiradi. Bu hadis – hisba (hisob va nazorat)ning shar’iyligi va muhtasib (xisob oluvchi – boshqaruvchi)ning ishining izohiga – dalolat qiladi. Muhtasib – jamoat joylaridagi huquqbuzarliklarni va barcha ishlarni da’vogarsiz ko‘radigan qozidir. Bu holatlar jinoyat yoki hadlar doirasiga kirmaslik sharti bilan. Zero, had va jinoyatlar odamlar orasidagi xusumatlar bo‘lib, umumiy huquq buzarlik doirasiga kirmaydi. Demak, muhtasib qozining ishiga umumiy jamoat huquqlari kiradi.

فقد روى أبو داوود في سننه عَنْ قَيْسِ بْنِ أَبِي غَرَزَةَ قَالَ: “كُنَّا فِي عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نُسَمَّى السَّمَاسِرَةَ فَمَرَّ بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَمَّانَا بِاسْمٍ هُوَ أَحْسَنُ مِنْهُ فَقَالَ: يَا مَعْشَرَ التُّجَّارِ إِنَّ الْبَيْعَ يَحْضُرُهُ اللَّغْوُ وَالْحَلْفُ فَشُوبُوهُ بِالصَّدَقَةِ

Abu Dovud o‘zining “Sunan”ida Qays ibn Abu G‘orozadan rivoyat qiladi: “Biz Rasululloh ﷺ zamonlarida o‘zimizni “Sammaro” deb nomlar edik. Kunlarning birida Rosululloh ﷺ oldimizdan o‘tib qoldilar, biz o‘zimizga undan ko‘ra yaxshiroq nom qo‘ydik Shunda Rasululloh ﷺ: ey savdogarlar jamoasi, albatta savdoda qasam va yolg‘on aralashib qoladi, uni sadaqa bilan aralashtiringlar”, – dedi.

Bu yerda Rosululloh ﷺ tijoratchilarga savdoni sadaqa bilan aralashtirishlikka boyurmoqdalar.

‎وروى البخاري في صحيحه عن سُلَيْمَانُ بْنُ أَبِي مُسْلِمٍ قَالَ سَأَلْتُ أَبَا الْمِنْهَالِ عَنْ الصَّرْفِ يَدًا بِيَدٍ فَقَالَ: اشْتَرَيْتُ أَنَا وَشَرِيكٌ لِي شَيْئًا يَدًا بِيَدٍ وَنَسِيئَةً، فَجَاءَنَا الْبَرَاءُ بْنُ عَازِبٍ فَسَأَلْنَاهُ فَقَالَ: فَعَلْتُ أَنَا وَشَرِيكِي زَيْدُ بْنُ أَرْقَمَ وَسَأَلْنَا النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ: “مَا كَانَ يَدًا بِيَدٍ فَخُذُوهُ وَمَا كَانَ نَسِيئَةً فَذَرُوهُ

Buxoriy o‘zining “Sahih”ida Sulaymon ibn Abu Muslimdan rivoyat qiladi: Men Abu Minhaldan qo‘lma qo‘l pul almashish haqida so‘radim, u aytdi: “Men va bir sherigim bir narsani qo‘lma qo‘l va nasiyaga sotib oldik, bizlarga Baro ibn Ozib kelib qolgan edilar, u kishidan so‘raganimizda, u: «Men va sherigim Zayd ibn Arqam shunday qildik va Payg‘ambarimiz ﷺ dan bu haqda so‘radik. “Qo‘lma qo‘l bo‘lganini olinglar, nasiya bo‘lganini esa tashlanglar”, – dedilar. Bu yerda savdo qilayotgan ikki tarafning nasiya ribosidan to‘silgan.

Ushbu hadisi shariflar Rosululloh ﷺning jamoatning haqqiga zarar yetkazadigan xusumatlarni ajrim qilganliklarini bayon qiladi. Ammo ushbu qozilikni “muhtasib” deb nomlash, istilohiy atamadir. Bu esa savdogarlar va hunarmandlarning hunarlari, ishlari va hunarmandchiligida firibgarlik, o‘g‘irlik va o‘lchovlarda jamoatga zarar yetishining oldini olishni anglatadi. Rosululloh ﷺ muhtasib qoziligini o‘zlari bajarganlariday boshqalarga o‘zlaridan noib sifatida bajarishni ham buyurganlar. “Tabaqot ibn As-Sa’dda” va ibn Abdul-Barrning “Istiy’ab”ida kelishicha “Rosululloh ﷺ Sa’id ibn Al-’osni fathidan so‘ng Makka bozoriga omil etib tayinlaganlar…” Molikning “Muvatto”sida hamda Shofi’iy o‘z “Musnad”ida naqil qilishicha “Umar ibn Xattob Shafo’ (Ummu Sulaymon ibn Al-Xasma)ni bozorga muhtasib qozi etib tayinlaganlar. Abdulloh ibn Utbani esa Madina bozoriga qozi qilganlar. U kishining o‘zlari ham xuddi Rosululloh ﷺ kabi bozorlarni muhtasib qozi sifatida kezar edilar. Xalifalar Mahdiy kelgunga qadar muhtasib qozilik qilar edilar. So‘ng u muhtasib qozilar uchun xos bir jixoz tashkil etdilar.

Muhtasib qozining salohiyatlari:

Muhtasib qozi, da’voni o‘rganish uchun qozilik majlisiga muxtoj bo‘lmaydi, balki xodisa ro‘y bergan joyning o‘zida ajrim qilaveradi. U, xox uyda, ko‘chada, bozorda bo‘lsin, xox ertalab yoki tunda bo‘lsin xar qanday makon yoki vaqtda ajrim qilaveradi. Buning dalili esa Rosululloh ﷺning amallaridur. Zero u kishi ﷺ bozorlarda yurar ekanlar, qonunbuzarlikni bilgan zaxotiyoq ajrim qilar edilar. Darhaqiqat hadisda zikir etilganiday, taomning nam bo‘lgan tarafini odamlar ko‘radigan qilib qo‘yishini buyrganlarida taom sohibini qozilik majlisiga tortmadilar. Balki ko‘rgan joylaridayoq hukum qildilar.
Muhtasib qozi ish ochish uchun da’vogar yoki aybdorga muxtoj bo‘lmaydi, balki xar qanday jamoatchilikga nisbatan sodir etilgan jinoyat yoki qonunbuzarlikni bilsa, unga da’vo qilinishini kutib o‘tirmay darxol ishga kirishaveradi… Manashu Rosululloh ﷺ qilgan ishdir. Manashunday qilish, ommaning haqqiga bo‘lgan tajovuz va qonunbuzarlikni darxol, joyida xal qilishni taqozo etadi. Da’vogarning kelishi yoki da’vo qozilik majlisiga ko‘tarilishini kutib o‘tirmaydi.
Muhtasib qozi, ahkomlarni o‘z o‘rnida tatbiq qilishi uchun u bilan birga shurta (huquq organlari) unga hamroh bo‘ladi. Muhtasibning ishi tajovuz qilingan yoki huquqbuzarlik sodir bo‘lgan joyda qonunbuzarlikni bartaraf etish va buzilishlarning oldini olishdir.
Agar muhtasibni tayinlash uning huquqi bo‘lsa, u o‘zidan noib sifatida muhtasibning shartlariga javob beradigan shaxslarni tanlab, ularni turli hududlarga qozi etib tayinlash huquqiga ega bo‘ladi, o‘zlari uchun tayinlangan hudud yoki mahalladagi mahtasiblik vazifasini ado etishlari uchun…. Ammo, agar uning bu ishga huquqi bo‘lmasa, u bu ishlardan tiyiladi.

Xudo xohlasa “Hadisi Sharif bilan ” dasturining kegingi qisimlarini o‘qiguningizga qadar Allohning panohida bo‘linglar! Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakotlari bo‘lsin.

1445-x 20-Zulxijja.

2024-j 26-iyun.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.