Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati

323
0

Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati (2 qism)

Musulmonlardan muayyan shar’iy ahkomlarni ijro etishni talab qiladigan oyatlar ham Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomy hayotni vujudga keltirishni vojib ekanligiga dalolat qiluvchi dalillardandir. Masalan, Alloh ta’olo aytadi;

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قَاتِلُوا الَّذِينَ يَلُونَكُم مِّنَ الْكُفَّارِ

“Ey iymon keltirganlar! O‘zingizga yaqinda bo‘lgan kofirlar bilan kurashinglar”. [Tavba surasi. 123].

وَأَعِدُّواْ لَهُم مَّا ٱسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍۢ وَمِن رِّبَاطِ ٱلْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ

“Va ular uchun qo‘lingizdan kelgan kuch-quvvatni va ot-ulovlarni, qurol-aslahalarni hozirlab qo‘yinglar, bu bilan sizlar Allohning dushmanlarini va o‘z dushmanlaringizni qo‘rquvga solasizlar”. [Anfol surasi. 60].

وَالسَّارِقُ وَالسَّارِقَةُ فَاقْطَعُوا أَيْدِيَهُمَا

“O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qo‘llarini kesinglar”.  [Moida surasi. 38].

الزَّانِيَةُ وَالزَّانِي فَاجْلِدُوا كُلَّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا مِائَةَ جَلْدَةٍ

“Zino qiluvchi erkakni ham, zino qiluvchi ayolni ham xar birini yuz darradan uringlar”. [Nur surasi. 2].

Rasululloh – sallollohu alayhi vasallam – ning so‘zlari;

مَن أحيا أرضًا ميتةً فَهيَ لَهُ

“Kim o‘lik erni tiriltirsa, o‘sha er unikidir”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – yana marhamat qiladilar;

من بدَّل دينه فاقتلوه

Kim dinini boshqa dinga almashtirsa, uni o‘ldiringlar”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Alloh ta’olo musulmonlarga amr etgan bu va shunga o‘xshash ahkomlarni bir musulmon yolg‘iz o‘zi ijro eta olmaydi. Ayrimlarini bir musulmon, shaxs sifatida ijro etishi joiz emas, hatto harom bo‘ladi. Chunki, bu yolg‘iz shaxs sifatidagi musulmonning mas’uliyati doirasiga kirmaydi, balki bu Xalifaning va unga tobe’ bo‘lgan davlat jihozining mas’uliyatidir. Ushbu jihozni esa, Xalifalik davlati soyasidagi Islomiy hayotdagina vujudga keltirish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, shar’iy qoida ham bu so‘zimizni isbotlaydi;

“ما لا يتم الواجب إلا به فهو واجب”

Vojib nima bilan tamomiga etsa, u ham vojibdir”.

Darhaqiqat, sahobalar Rasululloh – sallollohu alayhi vasallam – ning vafotlaridan keyin u zotning o‘rinlarini bosadigan, ishlarini davom ettiradigan xalifani tiklashga ijmo’ qildilar. Negaki, Rasullulloh – sallollohu alayhi va sallam – davlat raxbari sifatida boshqargan islomiy hayotni davom ettirish lozim edi. Shuning uchun sahobai kiromlar to xalifa saylanmagunicha Rasulullohning muborak jasadlarini dafn etishni to‘xtatib turdilar. Holbuki, shari’at u zoti sharifning dafnlarini tezlatishni talab etardi. Chunki, xalifa va xalifani saylash islomiy hayotning bardavomligidagi eng birlamchi asos,  tamal toshi va asosiy masaladir. Zero, musulmonlar Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dan keyin o‘zlaring oralarida Allohning kitobi va Rasulining sunnati bilan hukm yuritishi asosida xalifaga bay’at beradilar. Ushbu hukm, ushbu tamoyil Dorul islomdan yo‘qolib ketmasligi kerak. Aks holda, Dorul islom dorul kufrga aylanib qoladi.

Darhaqiqat, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Islom islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqatini belgilab bergan. Ushbu tariqatga Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyya dalolat qiladi. Alloh tao’ol marhamat qiladi;

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, ma’rufga buyuradigan, munkardan qaytaradigan bir ummat-jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir”. [Oli Imron surasi. 104].

Madinada nozil bo‘lgan Oli Imron surasidagi bu oyat yaxshilikka da’vat qiladigan, ma’rufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan jamoatni qoim qilishning vojibligiga dalolat qiladi. Oyati karimadagi “yaxshilik” Islomni, “ma’ruf” vojib va mandub kabi shar’an halol bo‘lgan narsani, “munkar” esa, shar’an harom bo‘lgan narsani anglatadi. Oyati karima nihoyasida “…..Ana o‘shalar najot topguvchilardir”, deb mazkur ishlar bilan shug‘illanib yurgan kishilar madh etilgani uchun ushbu oyati karima vojiblikni ifodalaydi. Darhaqiqat, oyati karima mazkur uchta amalni bajarish uchun uyushgan jamoatni najot topguvchi, deb sifatladi. Undan keyingi oyatlar ham ushbu vojiblikni ta’kidlab kelgan. Alloh ta’olo marhamat qiladi;

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ تَفَرَّقُوا وَاخْتَلَفُوا مِن بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْبَيِّنَاتُ ۚ وَأُولَٰئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ 

“O‘zlariga bayyinotlar-aniq hujjatlar  kelgandan keyin ham bir birlari bilan ixtiloflashgan va firqalangan kishilarga o‘xshab qolmanglar. Ana ular uchun buyuk azob bordir”.

Agar Islom ummati orasida yuqoridagidek jamoat vujudga kelmasa, butun ummat tafriqaga uchragan va bir birlari bilan talashib tortishgan yahudiy va nasroniylar kabi gunohkor bo‘ladilar va oqibatda qattiq azobga girftor bo‘ladilar.  (Alloh saqlasin).

Islomga da’vat qilish Islom hayotini qayta boshlashga bo‘lgan da’vatni ham o‘z ichiga oladi. Negaki, Islomning ko‘zga ko‘rinadigan fe’liy vujudi faqat Islom davlati soyasidagi islomiy hayotni vujudga keltirish bilangina amalga oshadi. Chunki, Islom (asoslari)ni muhofazasini Alloh ta’olo o‘z zimmasiga olganligi uchun Islom, insonlarning zehnlaridagi, kitoblardagi yoki Qur’oni Karim  va Hadisi Sharifdagi fikrlar sifatida xech qachon, to qiyomat kunigacha hayot maydonidan yo‘qolib ketmaydi. Alloh ta’olo aytadi;

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

    “Albatta, Zikr (Kur’on va hadis)ni Bizlar nozil qildik va albatta, Biz uni muhofaza qilguvchidirmiz”. [Hijr surasi. 9]. Lekin, ushbu fikrlarning fe’liy vujudiga insonlarning suluki (hayot tarzi)da hamda bashariyat hayotida goho zavollik etadi. Xalifalik davlatini qayta tiklashga da’vat etish ushbu vujudni hayotga qaytarishning shar’iy tariqatidir.

    Islom hayotini qayta vujudga keltirshning shar’iy tariqati mavjud ekanligiga yana bir dalil, u, Rosululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning Alloh ta’olo Islom bilan Makkaga yuborgan paytdagi olib borgan ishlari va xatti harakatlaridir. Qur’oni Karim bunga mana bunday deya ishora qiladi;

قُلْ هَٰذِهِۦ سَبِيلِىٓ أَدْعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا۠ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِى…

Ayting, ey habibim! Bu mening yo‘limdir. Men Allohga ongli ravishda da’vat qilaman va menga ergashgan kishilar da’vat qiladilar”.  [Yusuf surasi. 108]. Demak, bu tariqat Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning va u Zotga ergashgan musulmonlarning tariqatidir. Alloh ta’olo marhamat qiladi;

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ

Sizlarga (ushbu) Rasul nimani olib kelsa, bas sizlar uni olinglar. Sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, bas undan qaytinglar”.  [Hashr surasi. 7].

Rasululloh – sallollohu alayhi vasallam – ning Madinai Munavvarada davlat qurishlaridan oldingi siyratlarini sinchiklab o‘rganib chiqqan odamga ma’lum bo‘ladiki, u Zot – sallollohu alayhi va sallam – ashoblarini Islom asosida uyushtirganlar. Ular Rasululloh – sallolohu alayhi va sallam – ning amrlariga quloq soladigan jamoat bo‘lganlar. Ibn Kasirning qayd etishicha, kunlarning birida Rasululloh – sallohu alayhi va sallam – ning sahobalari jamlanadilar va o‘sha paytda ularning soni 38 kishini tashkil etardi. Shunda Abu Bakr siddiq – raziyallohu anhu – Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – dan yig‘ilgan bu sahobalarning oshkora chiqish qilishlarini qattiq talab qiladilar. Shunda u Zoti sharif – sallollohu alayhi va sallam; “Ey Abu Bakr, albatta biz xali  ozchilikmiz”,  deydilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – sahobalarni Arqam ibn Arqamning xovlilarida jamlar va ularga Qur’on oyatlaridan o‘qib berar va ularga Islomni o‘rgatar edilar. Ana endi Umar ibn Xattob Islomga kirganlaridan keyin oshkora chiqib, Baytullohni ikki saf bo‘lib tavof qiladilar. Bir safning boshida Hamza – raziyallohu anhu, ikkinchi safning boshida esa, Umar – raziyallohu anhu – bo‘lgan. Shunday qilib ular jamoat – hizb bo‘lganlar. Ularning amiri Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – edilar. Rasululloh – sallollohu alayhi vasallam – ularni buyurar, ular esa, itoat qilishardi. Musulmonlarni Habashistonga hijrat qilishga buyurgan edilar, ular Habashistonga ketishgan. Mus’ab ibn Umayrni Madinaga borishga, Tufayl ibn Amr ad-Davsiyni  esa, o‘z qavmiga qaytishiga amr qilganlar,  ular esa, bosh ustiga, deb itoat etganlar. Biroq, u paytda Islomni etkazish faqat yolg‘iz Rasullulloh – sallollohu alayhi va sallam – ga yuklatilgan edi. Hijratdan oldin davlat qurish uchun da’vat yukini ko‘tarish sahobalarga farz emas, mandub edi. Ammo bugun esa,  Islom davlatini tiklashga da’vat qilish farzi kifoyadir. Xar bir qodir musulmon Alloh ta’oloning “Sizlardan ….. bir jamot bo‘lsin”, degan amrining asosida to davlat tiklanguniga qadar shu davlatni tiklash yo‘lida uyushgan jamoat bilan birga faoliyat ko‘rsatishi vojib bo‘ladi.

Rasullulloh – sallollohu alayhi va sallam – ning siyratlarini va shar’iy nasslarni sinchiklab o‘rganib chiqqan kishi Islom davlatini tiklash uchun bo‘lgan da’vat bir necha tartibli, paydar-pay bosqichlardan iborat ekanligiga guvoh bo‘ladi. Ular quydagicha:

Nuqtatul ibtido – murakkaz (tartibli) saqofat berish boshqichi.

Nuqtatul intiloq – yoyilish va Ummat bilan birga ishlash bosqichi.

Nuqttatul irtikoz – hukmni qo‘lga olish boshqichi.

 (“Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati” kitobidan olindi).  (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.