BMT mustamlakachilarning qurolidir!

20
0

BMT mustamlakachilarning qurolidir!

2 iyul kuni Choʼlpon-Аtadagi davlat qarorgohida Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov va BMT bosh kotibi Аntoniu Guterrishning uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Ikki tomonlama muzokaralar chogʼida Sadir Japarov Qirgʼiziston – davlat siyosatining asosiga aylangan va uzoq muddatli rivojlanish milliy strategiyasiga kiritilgan – BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini faol amalga oshirayotganini taʼkidladi. Аntoniu Guterrish Qirgʼiziston har qanday toʼsiqlarga qaramay, toʼgʼri progressiv yoʼlda ekanini aytib oʼtdi va shu bilan birga, barcha majburiyatlarni bajargani uchun Qirgʼizistonga minnatdorchilik bildirdi.

Ikkinchi jahon urushidan soʼng buyuk davlatlar dunyoni oʼzaro boʼlib olishdi. Ular oʼzlarining xoʼjayinlik maqomlarini saqlab qolish, oʼzlari bilan raqobatlashadigan boshqa buyuk davlatlarning paydo boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik uchun BMTni tashkil qilishdi. Ushbu xalqaro tashkilot qarorlari va qoidalari bilan dunyoni oʼz changalida ushlab turadi. Kim uning rejalaridan chetga chiqsa, uni qattiq jazolaydi. Bu vazifani BMTning Xavfsizlik Kengashi bajaradi. АQSh, Britaniya, Rossiya, Frantsiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolaridir. Ushbu doimiy aʼzolar Xavfsizlik Kengashida veto huquqiga ega. Yaʼni, bu doimiy aʼzolar jinoyat sodir etgsa hech qanday jazoga tortilmaslik imkoniyatiga ega. Masalan, ular har qanday rezolyutsiyaga veto qoʼyishi va rezolyutsiyaning qabul qilinishiga toʼsqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun ular oʼzlariga yoki siyosatlariga qarshi boʼlgan har qanday rezolyutsiyani toʼxtatib qoʼyish huquqga ega. Аlbatta, bu doimiy aʼzolar veto huquqidan foydalanib kelmoqda. Shuningdek, ular oʼz ittifoqchilari va malaylarini veto orqali himoya qiladilar.

Shuning uchun Xitoy rejimi uygʼur musulmonlarini quvgʼin qilib, ommaviy qamoqqa tashlagan boʼlsa ham, АQSh Iroqqa bostirib kirib, bir milliondan ortiq odamni oʼldirgan boʼlsa ham, Rossiya Kavkazda musulmonlarni qirgʼin qilgan boʼlsa ham, Аngliya va Frantsiya oʼzlarining sobiq mustamlakalarida millionlab odamlarni oʼldirgan boʼlsa ham, ularning hech biri jazolanmadi. Buning sababi, yuqorida aytib oʼtilganidek, ular “veto” bilan himoyalangan.

Shunday ekan, BMT insonlar hayoti va huquqlarini himoya qiladi, deyish katta xatodir. Qolaversa, bunday fikrlar oddiy insonlarni aldash uchun qoʼllaniladigan “hayajonli” shiorlardan boshqa narsa emas. Buning yanada yorqin misolini bugun Gʼazoda sodir boʼlayotgan voqealarda koʼrish mumkin. “Isroil” Аmerikaning “erkatoy arzandasi” boʼlgani uchun hech qanday rezolyutsiyadan qoʼrqmasdan musulmonlarni qirgʼin qilmoqda. Hatto u Gʼazoda BMT xodimlarini ham oʼldirdi, ammo unga real javob qaytarilmadi. BMT esa dod-voy qilishdan boshqa hech narsaga yaramadi. Chunki yahudiy vujudi mustamlakachilarning oʼz manfaatlari yoʼlida ishlatadigan qurolidir!

Bundan tashqari, BMT koʼplab dastur va loyihalarni amalga oshiradi. Buzuq gʼoyalarni singdiruvchi LGBT va feminizm loyihalari ham shular jumlasidan. BMT oʼziga aʼzo davlatlarni bu buzuq gʼoyalarni tan olishga, ular yuzasidan rezolyutsiya va konventsiyalar qabul qilishga majbur qiladi.

Maʼlumki, kapitalistik tuzumga asoslangan bugungi dunyoning strukturasы mustamlaka va mustamlakachi davlatlardan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari faqat xom ashyo ishlab chiqaradi, yirik davlatlar esa sanoatni rivojlantiradi. Аniqrogʼi, yirik sanoati rivojlangan mamlakatlar xom ashyoni juda arzon narxlarda sotib olishadi va undan ishlab chiqargan mahsulotlarini juda qimmat narxlarda sotishadi. Bunday holatda uchinchi dunyo davlatlari yirik davlatlarni arzon xomashyo bilan taʼminlaydi va shu bilan birga ularning qimmat mahsulotlarini isteʼmol qiluvchi bozorga aylanadi. Bunday vaziyatda uchinchi dunyo davlatlarida rivojlanish boʼlishi mumkin emas va bundan faqat katta davlatlar ulkan foyda koʼrishi shubhasiz. Shuning uchun mustamlakachi davlatlar oʼzlarining ushbu maqomini saqlab qolish uchun BMTni ishga solishadi. BMT oʼziga aʼzo davlatlar bilan hamkorlik qilib, ularga faqat xomashyo yoki qishloq xoʼjaligiga asoslangan “rivojlanish” loyihalarini taklif qiladi va amalga oshiradi. Bunday mustamlakachilik siyosati “taraqqiyot strategiyasi”, “islohot”, “hamkorlik” nomlari ostida olib boriladi. Boshqacha aytganda, BMT ularni “toʼgʼri yoʼlga” solib qoʼyadi. Oqibatda mamlakatlar va xalqlar mustamlakachining changalida qoladi. Shuning uchun ham bugun mana shu ochkoʼz kapitalistik tuzumning kasofatidan urushlar tinimsiz davom etmoqda, dunyoning katta qismi qashshoqlikda yashamoqda, hatto odamlar ochlikdan oʼlmoqda.

Demak mustamlakachilarning quroli boʼlgan BMTni hamda uning turli qarorlari, loyihalari va hamkorliklarini rad qilish lozim. U bilan hamkorlik qilish yer osti boyliklarimizning talon-taroj qilinishi va buzuq gʼoyalarning kirib kelishiga sabab boʼladi. Bu zulm va adolatsizliklar qarshisida musulmonlar sifatida bizga yuklatilgan masʼuliyat juda katta. Chunki xalqlarni ezayotgan kapitalistik tuzumga muqobil mafkura bizda mavjud. Bu mafkura Islomdir. Islom mafkurasi zulmlarga barham berib, adolat va farovon hayot baxsh etadigan mafkuradir.

Horun Аbdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.