Qirgʼizistonda Xitoy korxonalarining koʼpayishi kutilmoqda

124
0

Qirgʼizistonda Xitoy korxonalarining koʼpayishi kutilmoqda

Vazirlar Mahkamasining raisi Аkilbek Japarov Xitoyning Shinjon muxtor viloyatiga tashrifi doirasida Xitoy shirkatlarining rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qirgʼizistonda titanomagnetitni qayta ishlash metallurgiya zavodini qurish masalasi muhokama qilindi. Bosh vazir oʼz nutqida Qirgʼiziston hududida titanomagnetitni qayta ishlash uchun katta imkoniyatlar mavjudligini aytib oʼtdi. Shuningdek, uchrashuvda “Zhicun Lithium Industry Group” shirkatining rahbariyati bilan togʼ-kon sanoati yuzasidan muzokaralar olib borilib, Qirgʼizistonda litiy konini qidirib topish, qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish masalalari ham koʼrib chiqildi. Muzokaralar natijasida Qirgʼiziston va Xitoy davlat organlari va ishbilarmon doiralari oʼrtasida 40dan ortiq hujjat imzolandi. Hujjatlarning qiymati 1 milliard 50 million dollarni tashkil etadi.

Bundan avval Qirgʼiziston parlamenti mamlakatda uran va toriy konlarini ishga tushirishga yoʼl ochadigan qonun loyihasini qabul qilgan va ushbu loyiha prezident Sadir Japarov tomonidan 27 iyun kuni imzolangan edi.

Izoh:

Soʼnggi oʼn yil ichida Qirgʼiziston va Xitoy oʼrtasidagi hamkorlik oʼta faol rivojlanib bormoqda. Mamlakatda Xitoyning 300dan ortiq korxonasi, shuningdek, 200ga yaqin Qirgʼiziston-Xitoy qoʼshma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Togʼ-kon sanoati korxonalarining 80 foizi esa Xitoy shirkatlariga tegishli. Xitoy korxonalari oʼz faoliyati toʼgʼrisida hech qanday hisobot taqdim etmaydi. Shuning uchun ular qancha miqdorda kon qazib olayotgani yoki mamlakatdan qancha boylik olib chiqib ketayotgani maʼlum emas. Oʼtgan hafta prezident Sadir Japarov mamlakatdan oltin konlari va rudalarini eksport qilishga ruxsat beruvchi qaror qabul qildi. Bu esa, yana mineral resurslarning behisob chiqib ketishiga yoʼl ochadi. Bugunga kelib, uran va toriyni qidirib topish va qazib olishga yoʼl ochib, mamlakatdagi yirik konlarni ham bosqinchi Xitoy qoʼliga topshirmoqchi.

Qolaversa, Xitoy boshqa davlatlarni qarz tuzogʼiga ilintirish bilan oʼzining bosqinchilik siyosatini davom ettirib kelmoqda. Hozirda Qirgʼizistonning tashqi qarzi 4 milliard 486 million dollar boʼlib, uning deyarli yarmi Xitoydan olingan. Bugungi kungacha Xitoy oʼnlab mamlakatlarga qarz berib, strategik ahamiyatga ega yerlarini tortib oldi. Masalan, 2008 yilda port qurish uchun Xitoydan 8 milliard dollar qarz olgan Shri-Lanka, loyiha oʼzini oqlamagani uchun portni 99 yilga Xitoyga topshirishga majbur boʼldi. Xitoy xuddi shunday tarzda 2020 yilda Laosning elektr va suv resurslarini tortib oldi. Pokiston 16 milliard dollar qarz evaziga Gvadar portining 91 foizini va Erkin iqtisodiy zona daromadining 85 foizini Xitoyga berishga majbur boʼldi. Аyni paytda qoʼshni Tojikiston 330 million dollar kredit evaziga Kumargi Bolo oltin konini Xitoyga topshirdi.

Binobarin, bugungi kunda foydaga asoslangan kapitalistik tuzum dunyoga hukmronlik qilayotganligi uchun ham, Ummat mulki boʼlgan foydali qazilmalarni qazib olishda odamlarga zarar yetishi hisobga olinmaydi. Ularning “zararsiz usullar bilan qazib olamiz”, degan daʼvolari yolgʼondan boshqa narsa emas. Buni Qumtordagi muzliklarning erib yoʼq boʼlishi va sianidning suvga toʼkilishi yaqqol koʼrsatib turibdi. Xuddi shunday tarzda hozirgi hukumat nafaqat Qizil-Ompoldagi konni, balki Jetim togʼ kabi yirik temir ruda konlarini ham investorlar qoʼliga topshirishga harakat qilmoqda. Shunday ekan, xalq yer osti boyliklari sohasida hukumatning hiyla-nayranglaridan ehtiyot boʼlishi va shariat hukmlariga binoan uni muhosaba qilishlari lozim. Xitoyga qul boʼlib qolmaslik uchun uning iqtisodiy, saqofiy va harbiy bosqinchiligiga qarshi turishimiz lozim.

Nurdin Аsanaliev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.