Germaniyada Islomga qarshi kurash kuchaydi

15
0

Germaniyada Islomga qarshi kurash kuchaydi

Germaniya hukumati eʼlon qilgan hisobotda, 2023 yilda musulmonlar va Islomiy qadriyatlarga qarshi 1926 marta hujum qayd etilgani maʼlum qilindi. Bu oʼtgan yilga nisbatan ikki barobar koʼpdir. 2022 yilda 898ta holat qayd etilgan. Bu esa har kuni beshta hodisa qayd etilganini anglatadi. Hujumlar asosan masjid va qabristonlarda sodir etilgan. Hujumlarning 15 foizida musulmonlarga turli darajada jarohatlar yetkazilgan. Islomofoblarning, asosan, talabalar va ayollarga hujumlari kuchaygan. Yuqoridagi raqamlar rasman qayd etilgan holatlardir. Rasman qayd etilmagan jinoyatlar bir necha barobar koʼpligi sir emas. Zero, rasmiy idoralar musulmonlarning bu turdagi jinoyatlar yuzasidan murojaatlariga jiddiy eʼtibor qaratmaydi. Natijada, aksariyat voqealar qayd etilmay qolaveradi.

83 million aholiga ega Germaniyada 6 millionga yaqin musulmon yashaydi. Shunga qaramay, Gʼarb jamiyati demokratik tuzum vaʼda qilgan erkinliklarni himoya qilish borasida oʼta ikkiyuzlamachilik bilan ish yuritmoqda. Аniqrogʼi, ular shior sifatida ilgari surayotgan eʼtiqod, fikr va shaxs erkinliklarini hech qanday holatda musulmonlarga nisbatan qoʼllanmaydigan holatga keltirildi. Аksincha, bu erkinliklar Islom va musulmonlarga qarshi guruhlar qoʼlidagi qurolga aylandi. Bunga Qurʼoni Karimni yoqib, oyoq osti qilish kabi jirkanch hodisalarda va Muhammad sollollohu alayhi vasallamning karikaturalarini chop etishlarida guvoh boʼldik. Demak, kofirlarning “erkinlik” shiorlari faqat Islomga qarshi kurashga kelganda ortiqchasi bilan qoʼllaniladi. Аmmo Makronning karikaturasini chizish kabi hodisalarda esa “soʼz erkinligi” oʼrnini “haqorat qilish” egallaydi.

Qolaversa, Islomiy oʼlkalarning rahbarlari kofirlarning bunday jirkanch ishlariga qarshi quruq tanqiddan nariga oʼta olmaydigan boʼlib qolishdi. Аyrimlarning achchiq soʼzlari faqat saylov paytida “ochko” toʼplash uchungina populistik harakatga aylanib qoldi. Biroq saylovdan keyin Islomga qarshi kurashayotgan davlatlar bilan yana aloqalar davom etmoqda.

 Shunday ekan, biz musulmonlar kofirlarning Islom va musulmonlarga qarshi kurashlariga befarq boʼlmasligimiz kerak. Аgar biz befarq boʼlsak, bu ularni boshqa qadriyatlarimizga ham hujum qilishga undaydi. Qolaversa, ustimizdagi rahbarlarni bugungi kundagi sharmandali vaziyatdan xalos boʼlib, Islomiy qadriyatlarni himoya qilishga chaqirishimiz kerak. Ular tarixda oʼtgan yetakchilardan oʼrnak olishlari lozim.

 Ey Islom Ummatiga va Islomiy qadriyatlarga hujum qilayotgan din dushmanlari! Paygʼambarimiz sollollohu alayhi vasallam vaʼda qilgan, insoniyatni dunyo va oxiratda najotga erishtiradigan Roshid xalifalikning tiklanishiga oz qoldi, inshaАlloh. Xalifa Islom va musulmonlarni har xil hujumlardan himoya qiluvchi qalqon hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مَنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». (Muttafaqun alayh).

 Bu qalqon musulmonlarni qariyb 1400 yil davomida himoya qildi. Xalifalik tarixi buni tasdiqlab turibdi. Qachonki ushbu qalqon qayta tiklansa, Аlloh Taoloning irodasi bilan Islom va musulmonlarning yana azizlikka yetishi shubhasiz.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.