Xavfsizlik tufayli maydonda hayit namozi oʼqilmaydi

30
0

Xavfsizlik tufayli maydonda hayit namozi oʼqilmaydi

16 iyun kuni nishonlanadigan Qurbon hayiti namozi xavfsizlik nuqtai nazaridan markaziy maydonda emas, mahalliy masjidlarda oʼqiladigan boʼldi. Bu haqda Qirgʼiziston muftiyligi maʼlum qildi.

Qirgʼiziston hukumatining bu harakati musulmonlarni ibodatdan toʼsish va ularni nazorat ostiga olish usullaridan biridir. Chunki soʼnggi yillarda Qirgʼizistonda hayit namoziga ishtirok etayotgan musulmonlar soni umumiy aholi soniga nisbatan sezilarli darajada oshib bormoqda. Poytaxtning oʼzida yuz minglab odamlarning hayit namoziga ishtirok etishi Islomga qarshi ichida gʼarazi bor amaldorlarni gʼazablantirib kelayotgani avvaldan maʼlum.

Qolaversa, bir yilda ikki marta oʼqiladigan hayit namozi ham jamiyat qay darajada Islomiylashib borayotganining koʼrsatkichiga aylandi. Bu koʼrsatkich nafaqat Qirgʼiziston hukumatini, balki xoʼjayinlari boʼlmish mustamlakachilarni va ularning qoʼl-oyogʼiga aylangan xalqaro tashkilotlarni ham tashvishga solayotgani shubhasiz. Shuning uchun bu tashkilotlar Islomlashuv jarayonining oldini olish uchun Qirgʼiziston hukumatiga millionlab dollarlar berib kelmoqda. Hukumat bu mablagʼlarni oqlash uchun soxta xavf-xatarlar oʼylab topib, Islomiy qadriyatlarga qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Bu bilan hokimiyat nazoratidan tashqarida qolgan musulmonlar ustidan organ xodimlarining nazoratini kuchaytirishga harakat qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, ehtiyotkor boʼlish farzlarni tark etishni anglatmaydi. Аyniqsa, koʼngilochar tadbirlarga oʼn minglab odamlar hech bir toʼsiqlarsiz toʼplanayotgan bir paytda, maydonlarda namoz oʼqishni taqiqlash ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas. Vaholangki, markaziy maydon oʼrniga masjidlarda namoz oʼqish bilan xavfsizlik masalasi hal boʼlib qolmaydi. Bu esa, xavfsizlik shunchaki bahona ekanligini koʼrsatmoqda. Demak, mutasaddilar hayit namozini cheklash bilan oʼzlariga yuklangan masʼuliyatni bajarmaganligi uchun gunohkor boʼlmoqda. Shunday ekan, biz musulmonlar davlat mutasaddilaridan bu ishlarning Islomga muvofiq bajarilishini talab qilib, ularning Islom qadriyatlari va hukmlarini oyoq osti qilishlariga yoʼl qoʼymasligimiz kerak!

Mumtoz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.