Atambaev Saudiia yarimoroli bo`ylab safarini boshladi

405
0

 Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev 2 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Saudiia Arabistoni Qirolligiga keldi.

 Almazbek Atambaev tashrif doirasida Saudiia Arabistoni rahbariiati bilan muzokaralar o`tkazadi. Uchrashuvlarda ikki davlat o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivozhlantirish masalalari muhokama etiladi.

Qirg`iziston prezidentining Arabiston iarim orolidagi safari 8-dekabrga qadar davom etishi rezhalashtirilgan. Bu kunlar mobaynida u Saudiia Arabistoni qirolligi, Birlashgan Arab Amirliclari hamda Qatar rahbarlari bilan uchrashib, o`zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalaridagi aloqalar bo`yicha muhokamalar o`tkazadi. Tashrifdan maqsad Qirg`izistonning ushbu davlatlar bilan muhim sohalardagi hamkorliclarini mustahkamlashdan iborat.

 Mazkur safarda prezident Atambaevga Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, prezident apparatining tashqi siyosat bo`limi boshlig`i Sapar Isakov, Qirg`izistonni Saudiia Arabistonidagi elchisi Abdulatif Zhumaboev, Quvaytdagi elchisi Zhusupbek Sharipov, Milliy bank raisi To`lqunbek Abdigulov, prezident apparati boshlig`ining birinchi o`rinbosari Ikromzhon Imilianov, din ishlari bo`yicha davlat komissiiasi direktori O`rozbek Moldaliev va Qirg`iziston musulmonlari muftiysi Maqsatbek To`ktomushevlar hamrohlik qilishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.