Qirgʼizistonda qimor oʼyinlarini reklama qilish haqidagi qonun muhokama qilinmoqda

40
0

Qirgʼizistonda qimor oʼyinlarini reklama qilish haqidagi qonun muhokama qilinmoqda

Qirgʼizistonda qimor oʼyinlarini reklama qilishga ruxsat berish haqidagi qonun loyihasi taklif qilindi. Mazkur qonun loyihasini deputatlar Baktibek Sidiqov va Gulsharkan Qultaeva jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilishdi.

Tashabbuschilarning taʼkidlashicha, bunday reklamalar noqonuniy bukmekerlik idoralaridan xalos boʼlib, byudjetga qoʼshimcha mablagʼ jalb etish imkonini beradi.

Eslatib oʼtamiz, 2022 yil 25 yanvarda Jogorku Kenesh “Qimor oʼyinlari toʼgʼrisidagi qarorga oʼzgartish kiritish” qonun loyihasini 3 oʼtirishda koʼrib chiqib, qabul qilgan edi. Oʼsha paytda ham hukumat kazinolar har yili 1 milliard som daromad olishini eʼlon qilgan edi. Vaholanki, oʼtgan yili kazinolardan tushgan soliq atigi 100 million 464 ming soʼmni tashkil qildi.

Oʼshanda aholining keskin qarshiligiga qaramay, amaldagi hukumat deputatlarga bosim oʼtkazib, qonun loyihasini qabul qilgan edi. Soʼngra ayrim deputatlar ota-onalari va saylovchilarning qarshiligiga qaramay, hukumat tashabbusini qoʼllab-quvvatlaganliklaridan afsusda ekanliklarini bildirdilar. Hozir taklif etilayotgan qonun ham jamiyat axloqini buzadigan yuqoridagi qonunlar qatoriga qoʼshimcha boʼlishi shubhasiz. Chunki kazino haqidagi qonun buyicha Qirgʼiziston fuqarolari va 21 yoshgacha boʼlgan xorijiy fuqarolarning kazinoga kirishi taqiqlangan boʼlishiga qaramay, biroq, mahalliy aholining kazinodagi voqealari tinimsiz ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinib keladi. Hatto turli qahvaxonalar bahonasida ochilgan kazinolar mahalliy fuqarolarni oʼziga tortayotgani va ularni katta pulga tushirayotgani yuzasidan jurnalistlarning tadqiqotlari ham eʼlon qilindi. Binobarin, yuqoridagi deputatlar tashabbusida aytilgan taqiqlar shunchaki ogʼzaki gapdan boshqa narsa emas. Аniqrogʼi, rasmiy organlar bunday kazinolarni tekshirish va yopishdan manfaatdor emas.

Аslida, kazino va uni reklama qilish haqidagi qonunlar hukumatning noqonuniy pullarini yuvish uchun moʼljallangan. Byudjetga tushadigan soliqlar shunchaki bahona xolos.

Аlbatta, musulmonlar bunday holatga eʼtiborsiz boʼlmasliklari kerak. Xususan, oʼz manfaatini koʼzlab musulmonligini koʼz-koʼz qilgan, lekin bunday qonunlarni qabul qilinayotganda kofirlar safida turgan deputat va amaldorlarning fosiqliklaridan ogoh boʼlishlari kerak. Аslida, prezident yetakchilik qilayotgan va ayrim deputatlar joʼr boʼlib gapirayotgan “foydalar” harom amallarni halol qilib qoʼymaydi. Bu oʼlchov Islomning oʼlchovi emas, kapitalistik tuzumning oʼlchovidir. Shunday ekan, musulmonlar namoz oʼqiydigan deputatni saylash yoki prezidentni oʼzgartirish bilan bu kabi buzgʼunchiliklarni toʼxtata olmaydi. Аksincha, dunyoviy tuzumni butkul agʼdarib, Islomni hayotga tatbiq etish orqaligina bunday buzgʼunchiliklar yer yuzidan yoʼqoladi.

Shuning uchun Qirgʼiziston musulmonlari bu jinoiy harakatga fikriy-siyosiy kurash doirasida, bor imkoniyatlari bilan qarshi turishlari lozim. Rasululloh e bunday dedilar: “Аlloh Аzza va Jalla maʼlum bir shaxslarning amali sababli butun ommani azoblamaydi, qachon ular oʼz oralarida munkarni koʼrib, uni qaytarishga qodir boʼla turib, qaytarmasalar, shunday qilgudek boʼlsalar, Аlloh maʼlum shaxslarni ham, butun ommani ham azoblaydi”.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.