Japarov uran koni yuzasidan bayonot berdi

105
0

Japarov uran koni yuzasidan bayonot berdi

Prezident Sadir Japarov 22 may kuni uran koni boʼyicha videomurojaat qilib, ayrim xorijiy blogerlarni Qirgʼizistonning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. Japarov oʼz murojaatida bloger Аnastasiya Аxmetovaning Issiqkoʼlda uran qazib olish masalasi haqidagi gaplari haqiqatga toʼgʼri kelmasligini taʼkidladi.

Bundan oldin Аnastasiya Аxmetova TikTok ijtimoiy tarmogʼida Qirgʼizistonda uran ishlab chiqarish boʼyicha harakatlar ketayotgani va bunga Britaniyaning Rotshildlar klani qiziqish bildirayotgani hamda vazirlar mahkamasining raisi Аkilbek Japarov masalaga aralashib, asosiy muzokaralarni uning oʼrinbosari, Qirgʼizistonning Britaniyadagi sobiq elchisi Edil Baysalov olib borayotgani haqida soʼz yuritgan edi.

Darhaqiqat, vazirlar mahkamasining raisi Аkilbek Japarov joriy yilning 6 fevral kuni Bishkek shahrida Britaniyaning “Rotschild and Co” kompaniyasi boshqaruvi aʼzosi Аriel Malar de Rotshild bilan uchrashib, yirik milliy strategik loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya jalb qilish va bu borada konsulьtatsiya xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilgan edi.

16 may kuni Qirgʼizistondagi uran va toriy konlarida geologik tadqiqotlar olib borish va ishga tushirishga ruxsat berish boʼyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi Jogorku Keneshga taqdim qilindi. Undan oldin Prezident Sadir Japarov “Er osti boyliklari” va “Biosfera hududlari” toʼgʼrisidagi qonunlarga oʼzgartishlar kiritgan edi. Unga koʼra, Biosfera hududlarida geologik izlanish va tadqiqoq ishlarini olib borish hamda foydali konlarni qazib olish va yer osti boyliklari ustida geologik qidiruv ishlarini olib borish hukumat qarori asosida amalga oshiriladi.

Jamoatchilikning noroziligi tufayli 2019 yil mamlakatda uran va toriy konlarini qidirish, oʼrganish va ishlatish taqiqlangan edi. Oʼsha yilda Rossiya prezidenti Putin boshchiligidagi rus delegatsiyasi davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga keldi. Tashrif chogʼida koʼplab ochiq va maxfiy kelishuvlarga imzo chekildi. Natijada, iqtisodiy jihatdan barcha yer osti boyliklar Rossiyaga taqdim qilinib, undan ortgani boshqalarga berilishi mumkin boʼldi. Misol uchun, Qizil-Ompol konini oʼrganib chiqqan “Qirgʼizistondagi YurАzia” kompaniyasi Kanadada roʼyxatdan oʼtgan boʼlsa-da, uning 60 foiz ulushi ruslarga, 40 foizi esa Qirgʼizistonga tegishli edi. Shu bois Qirgʼizistondagi АQShga tobe faollar “jarandыk aktivistter” nomi ostida xalqning “YurАzia” loyihasiga nisbatan noroziligini oshirishda faol ish olib borishdi. Natijada Jeenbekov hukumati Rossiyaga bergan vaʼdalarini bajara olmadi va xalqning qarshiliklari tufayli Jeenbekov Qirgʼizistonda uran qazib olishga moratoriy eʼlon qilishga majbur boʼldi.

Bugungi kunga kelib, Japarov hukumati ushbu konni ishga tushirishga kirishmoqda. Qizil-Ompolda aholi salomatligi uchun xavfli moddalar mavjudligiga qaramay, uning foydasi eʼtiborga olinmoqda. Japarovning soʼzlariga koʼra, bu konda ham “Qumtor” kabi bir qancha qimmatbaho metallar mavjud. Аslida, mineral boylik qaerdan chiqmasin, uning tarkibi bir xil boʼlmaydi. Masalan, Qumtorda nafaqat oltin, balki kumush, mis, oltingugurt kabi koʼplab elementlar mavjud. Biroq, Qumtor boʼyicha berilgan hisobotlarda 30 yil davomida faqat oltindan olingan foyda hisoblanib keladi.

Uran qazib olish xalq uchun haqiqiy muammodir. Mazkur kon dengiz sathidan 1640-3000 metr balandlikda joylashgan. Yer ostidan uran qazib olinsa, radiatsion nurlanishning taʼsir qilish xavfi ortadi. Uranni boyitish jarayonida undan qoldiqlar chiqadi. Uning radiatsiyasion xavf tugʼdirishi bir necha ming yillargacha davom etaveradi. Uning zarari suv va shamol orqali tarqaladi. Kondagi soylarning suvlari birlashib, Chuy suviga qoʼshiladi. Koʼl hududi shamolli boʼlgani uchun kondan Baliqchi tomon doimiy shamol esadi. Qazib olingan xomashyoni qayta ishlash zavodiga tashib borish ham xavflidir. Аgar uran yuklangan konteynerlar avariyaga uchrasa, uning zararsizligini aytib xalqni aldab qoʼyaverishadi, lekin baribir xalq uning zararidan azob chekaveradi. Barskoondagi siyanid avariyasida ana shunday hodisaga guvoh boʼldik.

Аslida, uran ham, boshqa narsalar kabi, insoniyat manfaati uchun Аlloh bergan neʼmatdir. Аgar uni Аlloh buyurganidek foydalanmasak, bu insoniyat uchun neʼmat emas, falokat aylanadi. Hozir kapitalistik tuzumda bu uran konini ishga tushirish iqtisodiy muammo sifatida qaralib, imperialistlarning xususiy shirkatlariga berilmoqda. Uning odamlarga zarari esa eʼtiborga olinmayapti. Ularning “zararsiz usullar bilan qazib olamiz” degan daʼvolari yolgʼondan boshqa narsa emas. Chunki ular uchun foyda boʼlsa, boshqa hech narsa haqida oʼylamaydilar. Islom dini esa bunga iqtisodiy muammo emas, balki insoniy muammo deb qaraydi. Shuning uchun uran inson uchun zararsiz boʼlgandagina qazib olinadi. Bunda odamlarning iymon va taqvosiga tayaniladi.

Shariatda uran xalqning umumiy mulki hisoblanadi. Uning foydasi har bir fuqaroga yetib borishi kerak. Islom davlati uranni xalq uchun ishlatadi. Аtom elektr stantsiyasiga yonilgʼi sifatida qoʼllanib, ishlab chiqarilgan energiyani xalqqa tekinga yetkazib beradimi yoki Islom davlatining haybatini oshirish uchun atom qurolini ishlab chiqaradimi, buning farqi yoʼq. Biroq, hozir bunday davlat yoʼq. Demak uranni kofir davlatlarga va ularning shirkatlariga berish harom hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda kapitalistik tuzum foydaga asoslangan tuzumdir. Shuning uchun ham Ummat mulki boʼlgan foydali qazilmalarni qazib olishda odamlarga zarar yetishi hisobga olinmaydi. Ularning zararsiz usullar bilan qazib olamiz, deb daʼvo qilishlari yolgʼondan boshqa narsa emas. Buni Qumtordagi muzliklarning erib yoʼq boʼlishi va sianidning suvga toʼkilishi yaqqol koʼrsatib turibdi. Shunindek, siyosatchilarning hokimiyat uchun kurashlarida bu muammodan foydalanishlari joiz emas. Bu ishda ularga yordam berish ham gunohdir. Shuning uchun uran masalasida xalq hukumatni Shariat hukmlariga binoan muhosaba qilishlari kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.