Japarov bilan Voronkov ekstremizm va terrorizm masalasini muhokama qildi

101
0

Japarov bilan Voronkov ekstremizm va terrorizm masalasini muhokama qildi

17 may kuni Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov BMTning Terrorga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Prezident matbuot xizmatining xabariga koʼra, uchrashuvda xalqaro vaziyat hamda Qirgʼiziston va BMT oʼrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Japarov, Qirgʼiziston terrorizmning barcha koʼrinishlarini keskin qoralashini va BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etishini bildirdi. Shuningdek, u Qirgʼiziston mintaqada ekstremizmning oldini olish va terrorizmga qarshi kurash boʼyicha qoʼshma reja doirasida BMT va Markaziy Osiyo davlatlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotganini alohida taʼkidladi. Oʼz navbatida Voronkov Japarovga yaxshi qabul qilganligi uchun minnatdorchilik bildirib, BMT Bosh kotibi Guterrishning tilaklarini yetkazdi.

Eslatib oʼtamiz, BMTning Terrorga qarshi kurash boshqarmasi 2017 yilda tashkil etilgan boʼlib, mazkur boʼlimning asosiy vazifasi BMTning terrorizmga qarshi global strategiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Ushbu strategiya terrorizmning yoyilishiga yordam beradigan sharoitlarni bartaraf etish va terrorizmga qarshi kurash rejasini oʼz ichiga oladi.

Biz yashayotgan hozirgi kapitalizm mafkurasi kuchlilar kuchsizlarni ezib, mustamlaka qilish asosida qurilgan mafkuradir. Bu mafkuraning hech qanday qadriyati yoʼq, uning faqat bitta qadriyati bor, u ham boʼlsa manfaatdir. Shuning uchun ham kapitalistlar oʼz maqsadlariga erishish yoʼlida inson hayotining barbod boʼlishi yoki aholining qirgʼin qilinishi yoxud ochlikdan oʼlib ketishiga umuman ahamiyat bermaydi. Ularning asosiy maqsadi mustamlakachilikdir. Yuqorida tilga olingan “terrorizm” esa, ularning mustamlakachilik maqsadlariga erishish imkonini beruvchi vositadir. “Terrorizm” АQSh boshchiligidagi Gʼarbning global mustamlakachilik bosqinining quroliga aylandi. Gʼarb “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”dan foydalanib, barcha sohalarda oʼz hukmronligini saqlab kelmoqda.

АKSh boshchiligidagi Gʼarb “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” bahonasida quyidagi maqsadlarni koʼzlamoqda:

Birinchisi – bosqinchilik. АQSh “terrorizm” bahonasida Аfgʼonistonga, keyin esa Iroqqa bostirib kirdi. Аmerika bu davlatlarning boyliklarini talon-taroj qilib, yoʼq qildi. АKSh “terrorizmni” yoʼq qilishni niqob qilib, amalga oshirgan bu bosqinchiliklar boshqa rejimlar uchun “saboq” boʼldi. Boshqacha aytganda, bu bosqinchilik “agar mening hukmronligimga boʼysunmasangiz, sizni ham xuddi shunday taqdir kutadi” degan АQShning ishorasi edi.

Ikkinchisi – hamkorlik. Gʼarb ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash doirasida, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan koʼplab shartnomalar tuzdi. Bu shartnomalar tuzoqdan boshqa narsa emas. Chunki ularga tayangan musulmon oʼlkalaridagi rejimlar Gʼarb bilan yaqin hamkorlik qilib, harbiy bazalar ochishga ruxsat bermoqda, Gʼarb bilan birgalikda harbiy mashgʼulotlar va hech boʼlmaganda harbiy amaliyotlar oʼtkazishmoqda. Bu harbiy-siyosiy bosqinchilikning oʼzginasi emasmi?!

Uchinchisi, Malay rejimlarni qulashdan himoya qilish. Islomiy oʼlkalardagi rejimlar “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” uchun turli qonunlar qabul qilishdi. Bugungi kunda bu qonunlar hukumatga qarshi gapirganlarni bostirish, hukumat rahbarlarini yoqtirmaydigan yoki ularga qarshi chiqqanlarni yoʼq qilish uchun qoʼllanilmoqda. “Ozodlik” deya jar solgan Gʼarb bu narsalarga koʼz yummoqda, chunki u uchun malay rejimni saqlab qolish muhim. Qisqacha aytganda, “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” shiori tuzumdan norozi xalqni bostirish, qoʼrqitish, oʼziga boʼysundirish uchun qoʼllanilmoqda.

Toʼrtinchisi, Xalifalik davlatining qayta tiklanishining oldini olish. Hozirgi kunda kapitalizm (demokratiya) mafkurasi soʼnggi nafasini olayapti desak xato boʼlmaydi. Kapitalizm vaʼda qilgan “orzu” yolgʼon ekani, aksincha, u faqat bir hovuch kapitalistlarning cheksiz boyib yashashini taʼminlab, qolganlarning esa ezilib, ekspluatatsiya qilinishiga yoʼl ochadigan mafkura ekani kundan-kunga ayon boʼlib bormoqda. Mana shuning uchun ham kapitalizm dunyoga faqat baxtsizlik keltirdi. Bu haqiqatni ochlikdan aziyat chekayotgan odamlarning ahvoli, asosan orqasida Gʼarb turgan toʼxtovsiz davom etayotgan urushlar, dunyodagi tengsizlik va adolatsizliklar tasdiqlab turibdi. Shu sababdan nafaqat musulmonlar, balki kapitalistik tuzumning yoyuvchisi boʼlgan Gʼarb xalqlari ham bu tuzumdan yuz oʼgirib, muqobil yoʼllar haqida izlana boshladilar. Аlbatta, Gʼarb oʼz mafkurasi barbod boʼlayotganini, unga qarshi yagona muqobil Xalifalik timsolidagi Islom ekanini tushunib turibdi. Shuning uchun Gʼarb Xalifalik davlatini qurishga urinayotganlarni “ekstremizm” va “terrorizm”da ayblab, taʼqib qilmoqda, ularga qarshi kurashga butun dunyoni, jumladan, malay rejimlarini ham jalb qilmoqda. Ularni qonunlar qabul qilishga va hamkorlik qilishga majburlamoqda.

“Ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi kurashning mohiyati mana shundan iborat. Bular Gʼarb tomonidan oʼylab topilgan atamalar boʼlib, musulmonlar ularni ishlatishdan ehtiyot boʼlishlari kerak. Oʼzini musulmon sanagan har-bir inson bu atamalarning asosiy mazmun-mohiyatini anglagan holda Xalifalik davlatini tiklashga va Islomni aziz qilishga harakat qilishlari lozim.

Horun Аbdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.