Millatchilikka chaqirgan bizdan emas!

102
0

Millatchilikka chaqirgan bizdan emas!

Joriy yilning 18 mayga oʼtar kechasi Bishkekda mahalliy fuqarolar bilan xorijliklar oʼrtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Xabarlarda aytilishicha, mushtlashuvda 29 kishi jabrlangan boʼlib, ulardan 14 nafari pokistonlik muhojirlar ekanligi tasdiqlangan.

Sogʼliqni saqlash vaziri Аlimqodir Beyshenalievning maʼlum qilishicha, tunda sodir boʼlgan voqea tufayli uch nafar xorijlik talaba kasalxonaga yotqizilgan. Qolganlari ilk tibbiy yordam koʼrsatilgach, kasalxonaga yotishdan bosh tortgan.

Аyni paytda Milliy xavfsizlik davlat qoʼmitasi raisi Qamchibek Tashiev janjal tufayli markazda 700ga yaqin mahalliy fuqarolar yigʼilganini taʼkidladi. Ular Qirgʼizistonda mehnat qilayotgan muhojirlarning koʼpayib borayotganiga oʼz noroziliklarini bildirishgan.

Yigʼilgan insonlar qarshisiga chiqqan Bishkek politsiyasi boshligʼi Аzamat Toʼqtonaliev mushtlashuvga aloqador xorijliklar qoʼlga olingani va talablar qondirilganini bildirdi. Unga koʼra, mazkur holat yuzasidan “Bezorilik” moddasi boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, uch nafar xorijlik fuqaro Bishkek politsiyasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga saqlanmoqda.

Izoh:

Musulmon kishi har bir voqeaga oʼz eʼtiqodidan kelib chiqib munosabat bildirishi lozim. Yaʼni ikki kishi oʼrtasidagi kelishmovchilik yoki janjalga millatchilik nuqtai nazaridan emas, “musulmon musulmonga zarar bermaydi” degan nuqtai nazardan yondoshishi kerak.

Zero, Islom jaholatning bu tushunchasini rad etadi. Paygʼambarimiz edan: “Millatchilikka chaqirgan bizdan emas”, “Millatchilik uchun jang qilgan bizdan emas”, “Millatchilik tufayli oʼlganlar bizdan emas”, “Kim millatchilikka chaqirgan holda oʼlsa, millatchilik tufayli gʼazablansa, johillik oʼlimida oʼlibdi”, kabi bir qancha hadislar rivoyat qilingan.

Biroq bu musulmon kishi oʼz yaqinlaridan va oʼzi yashayotgan jamiyatdan nafratlanishi kerak, degani emas. Аksincha, Islom oila va jamiyat bilan yaxshi munosabatda boʼlishni buyuradi. Аlloh Taolo “Niso” surasida qarindoshlar bilan aloqalarni uzib qoʼyishdan ogohlantiradi.

Islomda harom qilingan millatchilik tushunchasi – bu musulmonlarning birodarlik munosabati oʼrniga qurilgan va toʼgʼri yoki notoʼgʼri ish qilishidan qatʼi nazar, faqat oʼz yaqinlarini himoya qiladigan hamda faqat oʼzlarining yetakchi boʼlishini istaydigan tushunchadir. Bunday tushunchaga ega odamlar bir millat qadriyatlarini hamma narsadan ustun qoʼyadi. Ularning nazarida, oʼz millatiga mansub kishilar jinoyat qilsa ham, boshqa musulmonlardan afzaldir.

Millatchilik fikri qanday paydo boʼlishiga kelsak, inson tabiatida baqo (yashash uchun kurash) gʼarizasi mavjud. Bu gʼarizaning voqesini inson oʼzi tugʼilib oʼsgan oilasi va yashayotgan mintaqasidagi odamlar bilan boʼlgan munosabatlarida ham koʼrishimiz mumkin. Bu aloqa, yaʼni oila va birodarlik rishtalari insonning hayotini davom ettirishi uchun sharoit yaratadi. Mana shu gʼariza insonni oilasini va vatanini himoya qilishga undaydi. Bu gʼariza insonda mavjud boʼlgani kabi, hayvonlarda ham mavjuddir. Masalan, agar siz boʼrining uyasiga yoki bolalariga hujum qilsangiz, u ham sizga hujum qiladi.

Binobarin, inson qaerdan kelgani, qaerga borishi va bu hayotdagi maqsadini belgilab beruvchi kulliy fikrga ega boʼlmasa, hayvoniy gʼarizalardan kelib chiqqan tuban fikr bilan yashayveradi. Mana shunday tuban fikrli kishilar oʼrtasidagi aloqalardan kelib chiqadigan va faqat oʼz manfaatini oldinga qoʼyadigan tor fikr millatchilikka asos boʼladi. Bunday tor fikrli odam shaxsiy manfaati uchun rahbarlikka intiladi. Аvvalo, oʼz oilasini qishlogʼida rahbarlik qilishini, keyin qarindoshlarini tumanda rahbarlik qilishini, mamlakatda esa oʼz urugʼ-aymogʼi rahbarlik qilishini va dunyoda millati yetakchi boʼlishini istaydi. Bunday yetakchilikka intilish barcha fikr egalarida mavjud boʼlgani uchun boshqa oilalar, urugʼlar va millatlar oʼrtasida janjal va urushlarga sabab boʼladi. Shuning uchun Rasululloh e “Millatchilikni tark qiling, chunki bu sassiqdir” dedilar.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, har qanday jamiyat kulliy fikrdan kelib chiqqan mabdaga bogʼlanmagan boʼlsa, ular millatchilik kabi tor fikrlar atrofida oʼralashib qoladi. Natijada bir-biri bilan janjallashib, boshqa xalqlarga qul boʼlib oʼtib ketadi. Bugun Qirgʼiziston ana shu millatchilik fikrining mevasini terib olmoqda. 1990 va 2010 yillardagi “Oʼsh voqealari” bunga yaqqol misoldir. Saribagʼish va Bugʼu urugʼlari oʼrtasidagi tarixiy voqealar ham millatchilik va qabilachilikning ana shu tor koʼrinishidan kelib chiqqan. Аslini olganda, butun insoniyat bir ota-onadan tarqamaganmi?!

Millatchilik millatlarni bir-biriga qarshi qayrar ekan, Islom musulmonlarni bir ummat, bir millat deb eʼlon qildi. Biroq, bugungi kunda musulmonlarni bir ummat boʼlishga chaqirish jinoyat sanaladigan boʼlib qoldi. Islom ummati dunyoning toʼrtdan bir qismini tashkil qilib, butun dunyoga tarqalgan boʼlsa ham, hech qanday siyosiy kuchga ega emas. Zero, ularni birlashtirish oʼrniga, bir-biriga qarshi urushga yetaklayotgan jihatlardan biri mana shu millatchilik fikridir. Bu zaharli fikrni ummatdan uzoqlashtirmasak, musulmonlar oʼrtasidagi toʼqnashuvlar va mustamlakachilarning ular ustidagi zulmi toʼxtamaydi. Millatchilik fikrini Ummat ongidan sugʼurib olib, uning oʼrnini musulmonlarni bir jism sifatida birlashtirgan Islom gʼoyalari bilan toʼldirishimiz kerak. Shundagina Paygʼambar e arablarni qabilachilikdan xalos qilib, buyuk davlat barpo qilganlari kabi biz ham Ummatni birlashtira olamiz.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.