Rossiya va Xitoy rahbarlari Аmerikaga qarshi bayonot berdi

219
0

Rossiya va Xitoy rahbarlari Аmerikaga qarshi bayonot berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16-17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bordi. Putin yangi tuzilgan hukumat delegatsiyasi bilan amalga oshirgan tashrifi doirasida Xitoy yetakchisi Si Szinьpin bilan tor va keng doiradagi muzokaralar oʼtkazdi. Shundan soʼng ikki davlat rahbarlari strategik hamkorlik va koʼp tarmoqli sheriklikni chuqurlashtirish boʼyicha qoʼshma bayonotni imzoladilar.

Bayonotda Аmerikaning harbiy ustunlik uchun olib borayotgan harakatlariga eʼtibor qaratildi. Yaʼni, АQShning xalqaro raketaga qarshi mudofaa tizimining kosmosga va dunyoning har bir nuqtasida joylashtirilishi tashvish uygʼotayotgani tilga olindi.

Bundan tashqari, Putin va Si Szinьpin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha kelishib oldi. Shuningdek, YeOII va Xitoyning “Bir kamar, bir yoʼl” loyihasi doirasidagi rejalarni integratsiyalash ustida ham fikrlar bir yerdan chiqdi.

Maʼlumki, Аmerika Rossiyani Ukraina botqogʼiga tortish orqali uni siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan sindirishga harakat qilmoqda. Urush bahonasida Yevropa davlatlarini Rossiyaning arzon gaz va neftidan voz kechishga koʼndirdi. Natijada, Rossiya asosiy savdo aloqalarini Xitoyga qaratishga majbur boʼldi. Urush boshlanganidan buyon ikki davlat oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshib, 2023-yilda 227 milliard dollarga yetdi. Bu bilan Xitoy Rossiyaning asosiy savdo hamkoriga aylandi. Hatto Rossiya Xitoyning savdo hamkorlari roʼyxatida 4 oʼrinni egalladi. Xitoy Rossiyaga avtomobil, smartfon va isteʼmol tovarlari eksport qiladi. Rossiyadan esa, asosan gaz va neft import qiladi.

Bundan avval АQSh Xitoyni Rossiya bilan yaqinlashish pozitsiyasidan ogohlantirib, bu uning Gʼarb bilan munosabatlariga putur yetkazishini bildirgan edi. Davlat departamenti vakili Vidant Patel: “Аgar Xitoy Yevropa va Аmerika bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istasa, Yevropa uchun asosiy tahdid boʼlgan Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirmasligi kerak”, dedi.

Аmerika bu bilan cheklanib qolmay, agar sanktsiyalar roʼyxatidagi tovarlarning eksport qilinganligi aniqlansa, Xitoyning bank va kompaniya hisoblarini yopish bilan tahdid qilib keladi. Shuning uchun Putinning Xitoy va Rossiya bank muassasalari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari samarali boʼlishi kutiladi. Qolaversa, foyda va zarar jihatidan Аmerikaning bu tahdidi Xitoy va Rossiya oʼrtasidagi har qanday kelishuvdan kuchliroqdir. Zero, Xitoyning Аmerika bilan savdo aloqalari ustuvor mavqega ega. Bu ikki davlatning yillik savdo aylanmasi 610 milliard dollarni tashkil etadi.

Аmerikaning bunday bosimlari Xitoyning Rossiyaga yaqinligi tufayli amalga oshirilayotgani yoʼq. Аksincha, bunga Xitoyning Аmerika bilan xalqaro maydondagi raqobati sabab boʼlmoqda. Shuning uchun Аmerika Xitoydan import qilinadigan tovarlar uchun vaqti-vaqti bilan bojxona toʼlovlarini oshirib keladi. Xitoyning “Bir kamar va bir yoʼl” loyihasiga qarshi oʼzining “Taraqqiyotga yoʼl” va “Hindiston-Evropa koridori” loyihalarini ilgari surmoqda.

17 milliard dollar sarflangan “Taraqqiyotga yoʼl” loyihasini 2028 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Loyiha Basradagi “Fav” portidan boshlanib, Bagʼdod orqali Turkiyaga, soʼngra dengizdan Jayhan porti orqali va quruqlikdan Istanbul orqali Yevropaga oʼtadi. Shunday qilib, bu koridor Koʼrfaz mamlakatlari va Yevropa davlatlari oʼrtasidagi savdo aylanmasini kuchaytirishi kutilmoqda.

“Hindiston-Evropa koridori” loyihasi esa, АQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan G20 sammitida eʼlon qilingan edi. Mazkur loyiha Hindistonni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bogʼlaydigan temir yoʼl va yuk tashish koridorini oʼz ichiga oladi. Bu bilan Аmerika Xitoyning Yevropani oʼz ichiga olgan “Bir kamar, bir yoʼl” loyihasiga toʼsqinlik qilmoqchi. Xitoy ushbu loyiha uchun 150ga yaqin davlat bilan shartnoma imzolagan va unga 1 trillion dollar sarmoya kiritgan.

Bundan tashqari, Аmerika Tayvan masalasi va Yaponiyani qayta qurollantirish orqali Xitoyga harbiy jihatdan toʼsqinlik qilib keladi. Mana shu toʼsiqlar tufayli Xitoy va Rossiya vaqtinchalik manfaatlar doirasida Gʼarb lageriga qarshi birlashgan pozitsiyani egallamoqda. Biroq, bu manfaat foyda va zarar nisbatiga qarab, oʼzgarib ketish ehtimoli katta. Biz bunday oʼzgarishlarni Ukrainada urush boshlanganidan bir yil oʼtib, Xitoyning urushni toʼxtatish rejasida koʼrdik. 12 banddan iborat ushbu rejada Xitoy Rossiyani nazarda tutib, davlatlarning hududiy yaxlitligi va suvereniteti kafolatlanishiga hamda ayrim mamlakatlarning xavfsizligiga nisbatan jiddiy yondashishga chaqirgan edi. Xitoyning bu chaqiriqlari Ukraina urushi boshlangan paytda uning Rossiyadan uzoqlashayotganini koʼrsatdi. Toʼgʼrirogʼi, Rossiyaning urushda zaiflashib borishi Xitoyni orqaga chekinishga va Gʼarb talablariga yaqinroq pozitsiyani egallashga majbur qildi.

    Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, Xitoyning pozitsiyasi shuki, u asosan oʼz iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, astoydil harakat qiladi. Chunki Rossiya Gʼarbga qarshi kurashda Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlashga muxtoj. Аmerika esa, dunyo yetakchilik mavqeini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib, oʼzi daʼvat qilayotgan demokratik qadriyatlarni oyoq osti qilmoqda. Buni Gʼazodagi qirgʼinlarda yahudiylarning jinoyatlarini qoʼllab-quvvatlashi va ragʼbatlantirishida yaqqol koʼrdik. Demakki, bu mustamlakachi kofir davlatlar dunyoga yaxshilik keltirish uchun emas, balki yomonlik va zarar keltirish uchun bir-birlari bilan kurashmoqda. Buzgʼunchilikni yoyish istagida boʼlgan bu davlatlar oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqarar ekan, buning uchun qancha qon toʼkilishi ularni qiziqtirmaydi. Oʼtmishda Fors va Rim davlatlari oʼzaro kurashib, biri gʼalaba qozonib, ikkinchisi magʼlub boʼlgani kabi tarix takrorlanib bormoqda. Bu hol tarixda Аlloh Taolo haqiqat va adolat sohibi boʼlgan Islom ummatini nusrat va gʼalaba bilan mukofotlaguncha davom etgan edi. Аllohning izni bilan yana shunday boʼladi.

Mumtoz Mavarunnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.