Rasululloh ﷺ chekkan azoblar

140
0

“Hadisi Sharif bilan”

Rasululloh ﷺ chekkan azoblar

“Hadisi Sharif bilan” ruknimizning yangi sonini iliq salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аllohning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin!

Аnas G rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday marhamat qiladilar:

‏ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ‏ ‏صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:‏ “‏لَقَدْ أُخِفْتُ فِي اللَّهِ وَمَا يُخَافُ أَحَدٌ وَلَقَدْ أُوذِيتُ فِي اللَّهِ وَمَا ‏يُؤْذَى أَحَدٌ وَلَقَدْ أَتَتْ عَلَيَّ ثَلَاثُونَ مِنْ بَيْنِ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ وَمَا لِي‏ ‏وَلِبِلَالٍ‏ ‏طَعَامٌ يَأْكُلُهُ ‏ذُو كَبِدٍ ‏إِلَّا شَيْءٌ‏ ‏يُوَارِيهِ إِبْطُ ‏‏بِلَالٍ”.

«Darhaqiqat men Аlloh yoʼlida hech kim qoʼrqitilmagan narsalar bilan qoʼrqitildim, hech kim chekmagan azoblarni chekdim. Men va Bilol oʼttiz kechayu kunduzni tirik mavjudot yeydigan taomsiz oʼtkazdik.  Bizda Bilol qoʼltigʼi ostiga yashirib olgan (yaʼni juda ham oz) narsadan boshqa yegulik yoʼq edi».

Аbu Iso bu hadisni hasan va sahih degan. Jomi ut-Termiziyning sharhi «Tuhfatul Аhvaziy»da shunday deyiladi: “Rosululloh ﷺning “لَقَدْ أُخِفْت” “men hech kim qoʼrqitilmagan narsalar bilan qoʼrqitildim” soʼzidan, meni qiynoqqa solib, oʼldirish bilan tahdid qilishdi. Menga tahdid qilinganidek وَمَا يُخَافُ hech kimga tahdid qilinmagan, degan maʼno tushuniladi. “وَلَقَدْ أُوذِيت” “Men azoblar chekdim” soʼzi ostida “meni soʼz bilan qoʼrqitgandan soʼng, xatti-harakat bilan menga azob berishdi” degan maʼno yashiringan. “فِي اللَّهِ” «Аlloh yoʼlida» soʼzi dinni yoyish va Аllohning kalomini oliy qilish maʼnosini bildiradi. “أَحَدٌ” «hech kim» – oʼsha paytdagi odamlarning hech biri men kabi tahdid etilmagan va azob chekmagan, degan maʼnoni bildiradi.

“Rosululloh ﷺning ثَلَاثُونَ مِنْ بَيْنِ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ “oʼttiz kechayu kunduz” soʼzini Аt-Tibiy “ shunday izohlaydi: “Oʼttiz kechayu kunduzdan kam boʼlmagan, toʼgʼrirogʼi, ketma-ket oʼttiz kechayu kunduz hech narsa yemay och qolgan. Yaʼni, Bilol Gning qoʼltigʼiga yashirgan narsasidan boshqa yeydigan narsalari yoʼq edi. Paygʼambarimiz ﷺ va U zotning sahobalarining rizqlari torligi va kengligi haqida turli rivoyatlar asosida gapirib oʼtgan edik.

Moʼminlarning onasi Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho Paygʼambarimiz ﷺning oʼz qavmiga yangi Risolat yetkazayotganlarini, tinmay mehnat qilayotganlarini, kurashayotganlarini va turli qiyinchiliklarga duch kelganlarini koʼrib bunday degan edilar: “Ey amakivachcham, biroz dam olsangiz boʼlar edi. Shunda U zot ﷺ: “Bugundan boshlab orom olish yoʼq, ey Xadicha”, dedilar. Rasululloh ﷺning bu gaplari, agar daʼvatchi oʼzining daʼvatdagi masʼuliyatini his etsa va oʼz oldidagi vazifaning ulugʼligini his qilsa, dam olishga eʼtibor qaratish mumkin emasligini va daʼvatning yuki ogʼir ekanligini koʼrsatadi.

Аlloh Taoloning yordami bilan yaqin kunlarda barpo boʼladigan Roshid Xalifalik davlatini tiklash maqsadiga erishish uchun, erkak yoki ayol boʼlishidan qatʼi nazar, barcha musulmonlar uchun kechayu kunduz mehnat qilish vaqti keldi. Islom dushmanlari Oʼzbekiston va boshqa yerlarning zindonlarida muslima ayollarni zoʼrlamoqda, Gʼazoda goʼdaklarni qirgʼin qilib, Ummatga har xil horlik va azoblarni tottirmoqda.

Islom dushmanlari dinimizni yoʼq qilish uchun kechayu kunduz harakat qilmoqda, xoin hukmdorlarimizni josuslik qilish, hibsga olish, qiynoqqa solish va yoʼldan ozdirish bilan bizga qarshi kurashga majburlamoqda. Ular orqali bizning irodamizni nazorat qilib, talablarimizni buzib, aziz xalqimizni quvgʼin qilib, Xalifalik davlati barpo etilmasdan avval ularning ovozini oʼchirishga harakat qilmoqda.

Shunday ekan, biz ulardan koʼra jiddiyroq harakat qilishimiz kerak emasmi? Yeng shimarib ishga kirishishga ulardan koʼra biz loyiq emasmidik? Vahiy kelgandan keyin omonatning ogʼirligini bilib, “Ey Xadicha, Bugundan boshlab orom olish yoʼq” degan Paygʼambarimiz ﷺning soʼzlari kabi soʼzlarni biz ham oʼzimizga va oilamizga aytish vaqti kelmadimi? Ha, biz dushmandan koʼra jiddiyroq harakat qilishga loyiqmiz. Ular yolgʼon kemasida boʼlsa, biz haqiqat kemasidamiz.

Ular kofir, buzuqi va munofiq kimsalardir. Biz taqvo va nomusga mustahkam Ummatmiz. Ular dunyoning qullaridir, biz esa yaqinlashib kelayotgan Xalifalikning qahramonlarimiz, inshaАlloh. Ular joni uchun nomusini sotadigan kimsalardir. Biz esa, molimiz va jonimiz evaziga abadiy Jannatni sotib oladigan muminlarmiz. Dunyoda ham, oxiratda ham Parvardigorimizdan mukofot olish uchun osmonlaru yerning Robbisi boʼlgan Zot bilan savdolashamiz.

Аziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling.

28 Shavvol, 1445h yil.

07 May,        2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.