Dronlar Gʼazo bolalarini qirish uchun ishlab chiqarilgan!

95
0

Matbuot bayonoti

Dronlar Gʼazo bolalarini qirish uchun ishlab chiqarilgan!

Yaqinda britaniyalik anesteziolog doktor Hodiy Badron Gʼazodan qaytganda intervyu berdi. Intervьyusida Hodiy mutaxassis shifokor sifatida oʼz kuzatuvlari haqida soʼz yuritib, tarixda misli koʼrilmagan jarohatlarga guvoh boʼlganini, yosh bolalarning toʼgʼridan-toʼgʼri yuzlariga oʼq uzilganini, bu koʼpincha pastki jagʼning sinishiga va butun bosh qismlari parchalanib ketishiga olib kelganini, bu oʼqlar snayper tomonidan uzoq masofadan otilmaganini aytdi. Guvohlarning taʼkidlashicha, bu yerda hujumlarni uzoq masofadan boshqariluvchi kichik vertolyot koʼrinishidagi dronlar amalga oshirgan. Bu dronlar audio va vizual imkoniyatlarga ega boʼlib, odamlarining yuzlari oldigacha uchib borish va savollar berish imkoniga ega. Hatto «janubga boring, mintaqani boʼshating…» kabi koʼrsatmalar beradi… Bu dronlar boshqarayotgan shaxsga hech qanday zarar keltirmagan holda, istalgan vaqtda ishga tushirilib, nishonga bexato oʼq uzish qobiliyatiga ega.

Bunday dron hujumlaridan omon qolganlarni operatsiya qilgan shifokorlar bunday taʼkidlashicha, oʼq jarohatlari ular ilgari koʼrgan biror narsaga oʼxshamaydi. Jarohatlarning noyob xususiyati shundaki, ular tashqi tomonda portlab, tananing juda katta qismiga zarar yetkazadi… Bu jarohatlar chuqur jarohatlardangina iborat emas. Doktor Hodiy – men ishlagan rayonda tibbiy xodimlar dron kelgan paytda unga qaramasligimni aytib ogoholantirishdi, chunki undagi sunʼiy idrok inson yuzini tanish va darhol otib tashlash texnologiyasi bilan jihozlangan ekan. Doktor Hodiyning kasalxonalardagi faoliyati davomida uchratgan yangiliklardan biri shuki, bu dronlarning nishoni oʼynayotgan bolalardir. Shuning uchun eng koʼp qurbonlar odamlarning zaif va begunohlari boʼlmoqda.

Bu Gʼazodagi bolalarimiz boshdan kechirayotgan qoʼrquv va dahshatlarning yana bir koʼrinishidir! Bolalarning oʼyinlari hayot-momot masalaga aylangan paytda, Ummat onalari kurashadigan jarohatlar yana qanday jarohatlar boʼlishi mumkin?! Аyni paytda musulmon yurtlaridagi hukmdorlar va rejimlar Gʼazo musulmonlariga qarshi sodir etilayotgan ushbu dahshatlardan hamon koʼz yumishda davom etib, qattol yahudiy vujudi bilan hanuz tinchlik aloqalarini oʼrnatib kelishmoqda. Ular, shuningdek, munosabatlarni normallashtirib, savdo va diplomatik aloqalarni toʼxtatmay davom ettirishyapti… Demakki, mudom bu xoin hukmdorlar oʼz taxtlarida qolaverar ekan, Falastin zaminini ozod etish ham, aka-ukalarimiz va opa-singillarimizni himoya qilish ham hargiz amalga oshmaydi!

Biz musulmon armiyalarga shu savolni beramizki, xizmat qilayotganingiz bu qoʼrqoq hukmdorlarning sukut saqlash jinoyatiga qachongacha qarab turasiz, axir, aka-ukalaringiz va opa-singillaringiz qirgʼiniga yakun yasash uchun kuch-quratga ega ekaningizni yaxshi bilasizku?! Shubhasiz, Gʼazo musulmonlari yashayotgan bunday dahshatli azob-uqubatlarni koʼrib, gʼazabingiz qaynamoqda va yahudiy vujudini qoʼllab-quvvatlayotgan rahbarlaringiz sababli kazarmalarda qolishga majbur boʼlyapsiz! Аmmo butun dunyodagi Ummatingiz Falastin musulmonlarini mudofaa qilish va muborak zaminni bosqinchilik va genotsiddan ozod etishdan iborat Parvardigoringiz amrini qabul qilishingizni soʼrab, sizdan nusrat-yordam talab qilmoqda. Biz sizlarni Ummatingdan voz kechgan, diningizga xiyonat qilgan va sizni uyatga qoʼygan hozirgizamon firʼavnlariga boʼlgan sadoqatingizni parchalashga chaqiramiz. Ularni taxtlaridan agʼdarib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davatini barpo etishga nusrat-yordam bering. Zero, Islom va musulmonlarning mudofaachilari va barcha yerlarimiz xaloskorlari sifatidagi haqiqiy burchingizni shu davlatdagina ado eta olasiz. Buyuk sarkarda Salohiddin Аyyubiyning yoʼlidan yurib, Аqso bilan muborak Falastin zaminining toʼliq xaloskorlari, degan buyuk sharafga noil boʼling!

﴿فَلۡيُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشۡرُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا بِٱلۡأٓخِرَةِۚ وَمَن يُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقۡتَلۡ أَوۡ يَغۡلِبۡ فَسَوۡفَ نُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمًا﴾

«Аlloh yoʼlida bu hayoti dunyo evaziga oxiratni sotib oladigan zotlar jang qilsinlar. Kim Аlloh yoʼlida jang qilib oʼldirilsa yoki gʼalaba qilsa, unga ulugʼ mukofot ato etajakmiz»      [Niso 74]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

boʼlimi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.