Insonni uygʼotish uchun uni qanday oʼzgartiramiz

93
0

بسم الله الرحمن الرحيم

YOʼL

4 fasl

Insonni uygʼotish uchun uni qanday oʼzgartiramiz

Uygʼonishdan maqsad Ummatni yuksaltirish, tushib qolgan tubanligidan olib chiqish. Ummat, umumiy qilib olganda insonlar va ularni bir-biriga bogʼlab turgan aloqalardan tashkil topgani uchun inson voqeligi, uning aloqalari va bularning hammasiga taʼsir koʼrsatuvchi omillarni bilish zarur. Bularni bilish inson va uning aloqalarini yuksaltirish uchun kerak. Chunki inson va uning aloqalarini yuksalishi bugun Ummat oyoqqa turishiga, tiklanishiga, taraqqiyotiga olib boradi.

Inson voqeligini yuksakligi yoki tubanligi jihatidan diqqat bilan tekshirib koʼrsak, buni uning tashqi koʼrinishi, millati, irki yoki boʼyi-basti emas, balki yashash tarzi, xatti-harakatlari qarab baho beramiz. Masalan, falonchi ajoyib, yaxshi odam deb gapirayotganimizda uning yashash tarzi chiroyli yashash tarzi ekanligini koʼzda tutamiz. Garchi biz chiroyli yashash tarzi koʼrinishlari va qoidalarini belgilashda turli xil fikrda boʼlsak ham, aynan shu yashash tarzi insonning yuksak yoki tubanligini belgilab berishi toʼgʼrisida fikrimiz bir xil.

Аgar insonning yashash tarzini oʼzgartirishni xohlasak, avvalo uning tushunchalarini oʼzgartirishimiz kerak. Chunki insonning tushunchalari boshqa shaxslar-u, narsalarga qanday munosabatda boʼlishni belgilab beradi. Tushunchalardan murod insondagi voqelikka qoplanuvchi fikrlardir. Buni shunday izohlaymiz: yashash tarzi bu – uzviy ehtiyojlar va gʼarizalardan iborat hayotiy talablarini qondirish uchun bajaradigan ishlardir. (Bu haqida keyin batafsil gaplashamiz). Bu masalada inson bilan hayvon oʼrtasida farq yoʼq, ikkisi ham oʼz hayotiy talablarini qondirish uchun harakat qiladi. Biroq insonni uzviy ehtiyojlari va gʼarizalarini qondirishi hayvonnikidan farq qiladi. Masalan, hayvon ovqat kabi tana aʼzosi ehtiyojini qondirishni istasa, qanday holatda boʼlsa ham bu ehtiyojni qondirishga kirishadi, chunki hayvonni faqat qondirish qiziqtiradi. Masalan: eshak “emga boʼlgan zhtiyoji”ni ochlikka barham beradigan, yeyishga yaroqli duch kelgan birinchi narsani ikkilanmay yamlaydi, qurigan barglarmi, chiriyotgan maysalarmi, achigan yuvindilarmi barchasini yeyaveradi. Jinsiy mayli qoʼzgʼab qolsa, hech narsaga qaramay duch kelgan jinsiga sakraydi. Unga muhimi xohishni qondirish, qanday qondirishga, natijasiga eʼtibor bermaydi. Buning aksicha, aqlli inson uzviy ehtiyojlarini yoki gʼarizalarini muayyan tartibda, muayyan koʼrinishda qondiradi. Och qolsa duch kelgan narsani yemaydi. Balki oʼzi yoqtiradigan ovqatni axtaradi, uni hammaga maʼlum yoʼl bilan topishga harakat qiladi. Bu ehtiyojni qondirishga mos sharoitni tayyorlashga urinadi. Shuningdek, jinsiy mayli qoʼzgʼasa bu ehtiyojini ham uylanmagan boʼlsa, uylanish orqali, oilali boʼlsa xotini bilan qondiradi. Mabodo begona ayol bilan qondirganda ham, bu ishni maʼlum bir sharoitlarda qiladi. Inson yuksalgani sari uzviy ehtiyojlari va gʼarizalarini qondirish koʼrinishlari ham yuksaladi. Tubanlashgan sari ehtiyojlarini qondirish kayfiyati hayvonnikiga yaqinlashib qolib, insoniylikdan koʼra hayvoniylikka yaqin boʼlib qoladi.

Ehtiyojni qondirishda insonni hayvondan farq qilishiga sabab insonda bogʼlashga, fikrlashga, narsalarga hukm chiqarishga qodir miya mavjud. Hayvonning miyasi bogʼlashga qodir emasligi uchun u fikrlay olmaydi.

Demak, inson oʼz hayotiy kuchlarini qondirishga harakat qilish mobaynidagi yashash tarzini qanday boʼlishini fikr belgilab beradi. Shundan kelib chiqadiki, inson notoʼgʼri tarzda hayot kechirayotgan boʼlsa, uning miyasida shunday xato yashashga undayotgan fikr bor. Buni yanada oydinlashtirish uchun insonni avtomobilga oʼxshatish mumkin. Аvtomobil yurishi uchun motor, motor harakatlanishi uchun yonilgʼi kerak. Shunga oʼxshab aql insonga qanday hayot kechirishni, yaʼni ehtiyojlarini qanday qondirishni belgilab beradi. Ishga tushishi uchun motorga yonilgʼi kerak boʼlgani kabi aqlga ham fikr zarur. Shunga binoan biror insonning tuban yashash tarzini yuksak yashash tarziga oʼzgartirmoqchi boʼlsak, bu yashash tarzi ortida yashiringan fikrni bilishimiz kerak. Masalan, biror insonni aroq ichish odatini tashlashini xohlasak, bu yaramas qiliqqa undayotgan fikrni nimaligini bilishimiz kerak. Ehtimol bu fikr: aroq ichish — erkaklik alomati yoki zamonaviylik belgisi – degan gumonidir. Bunday holatda bunday fikrni notoʼgʼriligiga uni ishontirishimiz kerak, Аgar ishontira olsak, hayotini bir qismini oʼzgartirgan boʼlamiz, Biroq bunga oʼxshash oʼzgartirishlar uygʼonish uchun qilinadigan oʼzgartirish emas. Balki talab qilinayotgan oʼzgartirish puxta, mustahkam va doimiy oʼzgartirishdir. Chunki ilgari aytib oʼtganimizdek, uygʼonish uchun qilinadigan oʼzgartirish qiyin, mashaqqatli, xavf-xatarga toʼla ishdir.

Demak, biz maqsad qilgan oʼzgartirish kuchli hamda koʼzlangan maqsad darajasida boʼlishidir.

Аmmo oʼzgartirish — yuqoridagi misol kabi — kuchsiz yoki vaqtinchalik boʼlsa, u tezda nihoyasiga yetadi yoki ishlar teskari boʼlib ketadi. Chunki yuqorida zikr qilingan aroq ichuvchini boshqa bir inson bizning fikrimizdan koʼra kuchliroq fikr bilan aroq ichish biz aytganday yomon ish emasligiga ishontirishi mumkin. Bunda aroq ichuvchi oʼzining yaramas qiligʼiga— aroq ichishga—tezda qaytadi. Baʼzan ilgarigidan koʼra koʼproq icha boshlaydi va hokazo… Shuning uchun fikriy boʼronlar va moddiy qiyinchiliklar tebrata olmaydigan, kuchli, mustahkam oʼzgartirishni amalga oshiradigan yoʼlni axtarishimiz zarur. Shunday oʼzgartirish orqali oʼzgargan inson yaxshi tomonga oʼzgarishida davom etadi.

Yuqoridagi gaplardan bir haqiqatni bilib oldik, yaʼni inson voqeligini tuban holatdan yuksak holatga oʼzgartirish ilm-fan, sanoat yoki axloq orqali zmas, balki fikr yordamida amalga oshadi. Mana shundan bildikki uygʼonish  fikriy yuksalishdir.

Demak, Ummatni uygʼotish uchun, uning qalbiga oʼrnashib olgan buzuq voqelikni: oʼziga ega va butun olamga xoʼjayin boʼladigan, insonlari hur, hurmatli,  jurʼatli boʼladigan voqelikka oʼzgartirish uchun qilinadigan harakat fikriy oʼzgartirish, fikrni oʼzgartirish asosida boʼlishi kerak. Yana shunga eʼtibor berish lozimki, bu oʼzgartirishni kuchli, mustahkam, samarali hamda koʼzlangan gʼoyaga olib boruvchi oʼz yoʼli, tariqati ham bor, albatta. Endi toʼgʼri yoʼlni bayon qilishdan oldin oʼzgartirishni koʼplab uslublari borligini ham aytib oʼtishimiz zarur. Biroq bu uslublarning hammasi uygʼonishga olib boruvchi oʼzgartirish qilish uchun yaramaydi. Chunki ular vaqtinchalik oʼzgartirishga olib boradi. Shuning uchun qisqacha boʼlsa ham ularni va buzuqlik taraflarini bayon qilishimiz kerak, chunki bu uslublar ayrim paytlarda baʼzi insonlarni aldab qoʼyadi. Oqibatda, bu uslublar aslo toʼgʼri boʼlmasada, baʼzi insonlar ularni mustahkam, toʼgʼri yoʼllar deb oʼylashadi. Shuni bayon qilganimizdan soʼng asos va programma sifatida olish uchun oʼzgartirishning toʼgʼri yoʼlini bayon qilamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.