Sergey Lavrov: AQSH Markaziy Osiyoga suqilib kirishga harakat qilmoqda

96
0

Sergey Lavrov: AQSH Markaziy Osiyoga suqilib kirishga harakat qilmoqda

AQSH va unga ittifoqdosh bo‘lgan davlatlar MDHning barcha hududlariga, xususan Markaziy Osiyoga suqilib kirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Minskda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Ular ochiqchasiga – “postsovet hududidagi davlatlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlashimiz kerak, bu davlatlar Rossiyaning nufuzidan tamoman qutilishi lozim”, – deb ayta boshlashdi. Hozirda bizning ittifoqdoshlarimiz va strategik hamkorlarimiz kuchli bosim ostida qolmoqda”, dedi Lavrov.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilishicha, uchrashuvda “terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish va kuchlarni birlashtirish” masalalari muhokama qilingan.

Izoh:  Rossiya Ukraina urushida botqoqqa botib qolgani sababli uning «qizil chiziqlari» birin-ketin e’tiborini yo‘qota boshladi.  O‘z navbatida vaziyatdan unumli foydalanib qolishga harakat qilayotgan Amerika va uning ittifoqdoshlari Rossiyaning «qizil chiziqlar»ini ochiqdan-ochiq bosib o‘ta boshladi.

AQSH Markaziy Osiyoni mustamlaka qilib olish uchun, aniqrog‘i uni Rossiyaga bo‘lgan xarbiy bog‘liqligidan ajratib olish uchun birma-bir qadam tashlab kelayotgani sir emas. Biroq uning Markaziy Osiyoda diplomatik mavqeini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratayotgani Rossiyaning tinchini buzishi tabiiy. Chunki, Rossiya Markaziy Osiyoni o‘zining ekinzori sifatida ko‘rishga odatlanib qolgan va bu mintaqaga AQSHni suqulib kirishiga ko‘z yumib tura olmaydi. Shu sababli u mintaqa rahbarlarini to‘plab, “Mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, hamkorlikni kengaytirish va kuchlarni birlashtirish” kabi masalalarni muhokama qilmoqda. Bu bilan u o‘zini “mintaqadagi tinchlikning kafolatlovchi g‘amxo‘r” sifatida ko‘rsatishga harakat qilyapti. Ammo Rossiya hozirgi iqtisodiy tanglik holatida O‘rta Osiyo davlatlariga qarz, kredit, grant sifatida katta-katta iqtisodiy yordam ko‘rsatish imkoniga ega emas. Shu sababli, agar Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning talablariga e’tibor bermay, AQSH yoki Yevropa bilan yaqinlashishni davom ettiradigan bo‘lsa, Rossiya bu mintaqani qo‘ldan chiqarmaslik uchun so‘ngi uslub sifatida “terrorizm” tahdidini paydo qilishi va sun’iy teraktlar uyushtirishi ham ehtimoldan holi emas. 

Tashqi siyosatlarini mustamlakachilik asosiga qurgan bu davlatlar go‘yoki o‘zlarini jonkuyar, g‘amxo‘r qilib ko‘rsatsa-da, aslida uchunchi dunyo davlatlariga mustamlakachilik ko‘zi bilan qaraydi. Mustamlakachi davlatlarning har biri o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun har qanday razilliklarga tayyordir. Bugungi kunda AQSH ham, Yevropa davlatlari ham, Rossiya ham Markaziy Osiyoga yaxshilik olib kelish uchun emas, balki mahalliy boyliklarini suv tekinga qo‘lga kiritish va mahalliy aholidan arzon ishchi kuchi safatida foydalanib, moddiy manfaat ko‘rish uchun o‘zaro kurashishmoqda. Achinarli va afsuslanarli joyi shundaki, bizning ustimizda turgan rahbarlar o‘z taxtlarini saqlab qolish uchun yurt boyligi va kelajagini boy berib bo‘lsa ham, ular bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqda. Chunki bular hamon qullik psixologiyasidan xalos bo‘lishgani yo‘q. Shunday ekan, musulmonlar bu holatdan qutilish uchun mustamlakachilarni nafaqat Markaziy Osiyodan, balki butun Islomiy o‘lkalardan quvib chiqadigan Xalifalik  davlatlarini tiklash uchun harakat olib borishlari lozimdir. Ana shunda yer yuzi yana Xalifalikning nuri ila munavvar bo‘lib, haqiqat ovozi dunyoning to‘rt burchagida yangray boshlaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.