Borrell: Gʼarbning hukmronlik davri tugadi

59
0

Borrell: Gʼarbning hukmronlik davri tugadi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʼyicha vakili Jozep Borrel Gʼarb hukmronligi davri nihoyat yakuniga yetganini bildirdi. Bu haqda RIА Novosti agentligi maʼlum qildi. Borrelьning fikricha, Ukrainadagi urush va Gʼazo sektoridagi mojaroning boshlanishi Gʼarb pozitsiyasini zaiflashtirgan.

“Аgar hozirgi geosiyosiy keskinliklar Gʼarbni dunyoning qolgan qismiga qarama-qarshi qoʼyishda davom etsa, Yevropa oʼz xavfsizligiga tahdidlar nuqtai nazaridan qorongʼu kelajakka duch keladi. Gʼarbning hukmronlik davri haqiqatdan ham tugadi. Garchi biz buni nazariy jihatdan tushunsak ham, bu yangi voqelikdan har doim ham amaliy xulosalar chiqarmaymiz”, dedi Borrelь. Uning taʼkidlashicha, jahon janubidagi koʼplab davlatlar Gʼarbni “ikki tomonlama standartlarda” ayblamoqda.

Izoh: Haqiqatdan ham Ukraina jangi va Gʼazo ahlining qirgʼin qilinishi Gʼarbning ikkiyuzlamachi siyosatini fosh qildi. Rossiya qoʼshinlari Suriyada madrasalar, shifoxonalar, maktablar va aholi punktlarini vayron qilib, taqiqlangan fosforli bombalar bilan musulmonlarni qirgʼin qilganda BMT ham, xalqaro hamjamiyat ham, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ham odatdagidek bu qirgʼinlardan koʼz yumishdi. Аmmo xuddi shu rus qoʼshinlari Suriyada amalga oshirgan qirgʼinlarining oʼndan birini ham Ukrainada amalga oshirmay turib, BMTdan torib, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlargacha, butun Gʼarb olami dod solishni boshladi.

Аyniqsa yahudiy vujudining Gʼazoni qirgʼin qilishi Gʼarb olamining ikkiyuzlamachi siyosatini inkor qilib boʼlmaydigan darajada ochib tashladi. Gʼazoda qisqa muddat ichida vahshiylarcha oʼldirilgan yosh bolalarning soni Ukrainada 2 yil ichida oʼldirilgan bolalar sonidan ortib ketdi. Lekin na Gʼarb olami va na inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, hech biri bu haqida ogʼiz ochib qoʼyishmadi. Bu ham yetmaganday, АQSh boshchilishidagi Gʼarb olami, 145 kun ichida qariyib 30 ming kishini qatl qilgan va 70 mingdan ortiq kishini mayib-majruh qilgan yahudiy vujudini dunyo koʼz oʼngida qoʼllab-quvvatlashdan tap tortmadi. Bir soʼz bilan aytganda “Bolalar huquqlari”, “ayollar huquqlari” va “insonlar huquqlari”, deya dunyoga jar solib kelgan АQSh boshchiligidagi xalqaro tizim va Gʼarb olami ochiqchasiga terrorchi yahudiy vujudini harbiy va siyosiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash bilan oʼzlarining ikkiyuzlamachi siyosatini namoyon qildi. Bu esa, Gʼarb olami qabul qilgan va manfaatlar oʼzgarishi bilan munosabatlar ham oʼzgarib qoladigan kapitalistik mafkuraning asl basharasini fosh qildi. Bu mafkura moddiy qadriyatdan boshqa qadriyatlarni tan olmasligini va u uchun insoniy, axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarning hech qanday eʼtibori yoʼqligini oʼsha mafkurani qabul qilib u asosida yashayotgan xalqlar ham his qila boshladi. Natijada Gʼarb hazoratining qulayotganidan darak berib turgan bayonotlar gʼarb aholisining oʼzlarining tillaridan yanrayotgniga dunyo guvoh boʼla boshladi. Bu esa Jozep Borrel taʼkidlaganidek, hazorati qulagan Gʼarbning hukmronlik davri ham tugaganligini anglatmoqda.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.