Qirgʼiziston 2023 yilda 20 tonnadan ortiq oltin sotdi

339
0

Qirgʼiziston 2023 yilda 20 tonnadan ortiq oltin sotdi

Qirgʼiziston 2023 yilda xorijiy davlatlarga 20 tonna 213,2 kilogramm oltin eksport qildi. Buning umumiy qiymati 1 milliard 284,4 million dollarni tashkil etdi.  Bu haqda Milliy statistika qoʼmitasi oʼz hisobotida maʼlum qildi. Hisobotda aytilishicha, oltinning katta qismi Shveytsariyaga ketgan. Qolgan qismi esa, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Xitoy va Turkiyaga sotilgan.

Qirgʼiziston Milliy statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, mamlakat 2018 yilda 16,5 tonna, 2019 yilda 18,7 tonna, 2020 yilda 17,7 tonna, 2021 yilda 24,8 tonna oltin eksport qilgan. 2022 yilda Bishkek xorijga atigi 290 kg oltin sotgan. 2023 yilgi koʼrsatkich bundan koʼra 69-70 barobar koʼpdir.

Izoh: Dalvat ushbu sotilgan oltinlarning va boshqa qazilma boyliklarning pullari qayoqqa va nima uchun sarflanganligi haqida xalqqa hisobot berishi lozim. Chunki neftь, uran, surma va oltin konlari kabi ulkan qazilma boyliklar omma xalqning mulki boʼlib, ushbu xalq manfaati uchun sarf qilinishi shart. Аmmo bu konlardan qazib olingan boyliklarning pullari oddiy xalqqa yetib kelmaydi. Byudjetdagi kamomadni qoplash va davlatning tashqi qarzini toʼlash esa, xalqdan yigʼiladigan soliqlar hisobiga amalga oshiriladi va buning uchun soliqlarning yangidan-yangi turlari oʼylab topiladi. Bir paytlar prezident Sadir Japarov “agar Qumtor oltin koni Qirgʼiziston hukumati qoʼliga oʼtsa, Qirgʼiziston xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olishiga hojat qolmasligi”ni aytgan edi. Аmmo, Qirgʼiziston hukumati Qumtor oltin konini toʼliq oʼz qoʼliga olgan boʼlishiga qaramay, Qirgʼiziston hali ham xorijiy tashkilotlardan qarz olishni davom ettirmoqda.

Xalq ham qazilma boyliklarning pullari qayoqqa va nima uchun sarflanganligi masalasida masʼullardan hisob talab qilmaydi, hisob talab qilgan taqdirda ham, talablari javobsiz qolib ketaveradi. Chunki bu tuzumda hokimiyat tabaqa xalqqa oid boʼlgan hisobsiz boyliklarni qaerga va qanday sarf qilayotgani haqida xalqqa hisob-kitob berishni oʼzining vazifasi deb bilmaydi. Аgar bu masalada ularning biror qingʼir ishlari ochilib qolsa, bu ham muammo emas, chunki ular daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim ularni nazorat qilishi yoki soʼroq-savolga tutishi mumkin emas. Shuning uchun ham har yili oʼnlab tonna oltin va boshqa qazilma boyliklar sotilayotgan boʼlishiga qaramay, xalqning aksariyati qashshoqlik darajasida kun kechirib keladi. Аslida bu ustimizda ijro qilinayotgan kapitalistik tuzumning mevasidir. Chunki kapitalistik tuzum xalqlar boyliklarini bir hovuch kimsalar qoʼliga oʼtib qolishi uchun keng yoʼl ochib beradigan tuzumdir.

Аmmo Islomiy tuzumda esa, tamoman buning aksidir. Islomiy tuzumda avvalambor miqdori cheklanmagan qazilma boyliklar biror shaxs yoki kompaniya tarafidan xususiylashtirib olinishiga yoki xorijiy kompaniyalarga sotib yuborilishiga aslo izn berilmaydi. Chunki bu konlar barcha musulmonlarning mulki boʼlib, ulardan olinadigan daromadlar erkagu-ayol, yoshu-qari demay, fuqarolar oʼrtasida teng taqsimlanadi. Davlat bu boyliklarni musulmonlar nomidan vakil boʼlib qazib oladi. Soʼng undan tushgan mablagʼlarni – qazib olishdagi ishchi-xizmatchilarning maoshini va ogʼir texnikalar kabi zarur uskunalar xarajatini ajratgandan keyin – naqd pul yoki xizmat koʼrinishida xalqqa teng taqsimlab beradi. Bu miqdori cheklanmagan qazilma boyliklarga oid Аllohning hukmidir. Qachonki Аllohning hukmlari xuddi oldingi musulmonlarga tatbiq qilinganidek bizga ham tatbiq qilinsa, ana shunda umumiy mulkdan qoʼlga kiritilgan boyliklarlar oldingi musulmonlarga taqsimlanganidek, bugun ham barcha fuqarolarga teng taqsimlanadi. Buning uchun botil kapitalizm tuzumidan voz kechib, barcha insoniyatni xotirjamlik va farovonlikka olib chiquvchi Islom tuzumini hayotga qaytarish uchun harakat qilish lozimdir. Mana shundagina xalq oʼz haq-huquqlariga ega boʼla olishi mumkin.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.