Gagadagi Xalqaro sudda yahudiy vujudi jinoyatlari koʼrilmoqda

206
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Gagadagi Xalqaro sudda yahudiy vujudi jinoyatlari koʼrilmoqda

Xalqaro sudning jumʼa kungi bayonotida aytilishicha, Isroil tomonidan Gʼazo sektorida genotsid sodir etilgani boʼyicha ochiq tinglov jarayoni yakuniga yetgan. Bu Janubiy Аfrika davlati qoʼzgʼatgan va oʼnlab davlatlar qoʼllab-quvvatlagan daʼvoga asosan boʼlmoqda. Bayonotda maʼlum qilinishicha, sud qarori ochiq majlisda muhokama qilinganidan soʼng chiqariladi. Bu ochiq majlisning qachon oʼtkazilishi vaqti kelganda bildiriladi.

Yahudiy vujudiga qarshi qoʼzgʼatilgan daʼvo fonida (Isroil) prezidenti Gertsog Janubiy Аfrikaga dahanaki hujum qildi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu esa, (Isroil)ga qarshi ochilgan ishni yahudiy davlatiga qarshi hujum, ikkiyuzlamachilik va pastkashlik sifatida baholadi. Netanyaxu «Gagada boʼlayotgan ishlar maʼnaviy sharmandalikdir, Gʼazoda gʼalabaga erishilguniga qadar jang qilishimizga hech kim toʼsqinlik qilolmaydi», dedi. U shanba kuni qilgan telemurojaatida: «Hech kim bizni toʼxtata olmaydi – na Gaga va na yovuzlik oʼqi…», deb qoʼshimcha qildi.

Shunday qilib, Xalqaro sud va yahudiy vujudiga qarshi qoʼzgʼatilgan ish soʼnggi sanoqli kunlar ichida ommaviy axborot vositalari va kuzatuvchilar diqqat markazida boʼldi. Sud qabul qilishi mumkin boʼlgan qarorning qanchalik taʼsir kuchiga ega boʼlishiga va majburiyligi qay darajada boʼlishiga eʼtibor qaratilmadi. Qaror qabul qilinguniga qadar sud majlislari qancha vaqt davom etishi va qaror chiqarilganidan keyin qanday qadamlar tashlanishi mumkinligi ham eʼtibordan chetda qolib ketdi. Аksincha, eʼtibor faqat sud ishining mohiyati va tafsilotlariga, shuningdek, yahudiylarning bundan noqulay ahvolga tushib qolgani va uni rad etganiga qaratildi.

Ishlarni tartiblashtirib olishimiz uchun, sud va uning qarorlariga, shuningdek, uning roli va mavqeiga aloqador boʼlgan bir qancha nuqtalarni belgilab olishimiz darkor.

Аvvalo shuni taʼkidlash kerakki, Xalqaro sud BMTga qarashli sud organi boʼlib, uning olti organidan biri hisoblanadi. U BMTdan farq qiladigan yoki uning tashqarisidagi organ emas. Shuning uchun BMTga nima mos kelsa, unga ham shu narsa mos keladi. Shu bois sudning maʼmuriy yoki tuzilmaviy tafsilotlarini oʼrganishda uning umumiy koʼrinishidan yoki haqiqiy rolidan zehnni burib yubormaslik lozim.

BMT, Xavfsizlik Kengashi va butun xalqaro organlarning dunyodagi mustamlakachi va zolim kuchlar qoʼlidagi qurol ekanligi nafaqat biz musulmonlarga, balki butun dunyoga isbotlandi. Bu Gʼazoga qarshi davom etayotgan urushda yaqqol namoyon boʼlmoqda. Zero, mustamlakachilikning ayni qurollari eng past insoniy, maʼnaviy va huquqiy qadriyatlarni ham bir chetga surib qoʼyib, hech qanday uyat va hayoni bilmay, jinoyatchi va qonxoʼr boʼlgan yahudiy vujudi tomonida turishdi. Ularning uyalmasdan himoyasiz xalqni, bolalar va ayollarni qirgʼin qilayotgan, shifoxona va maktablarni bombalayotgan jinoyatchi tomonida turishi, hatto dov-daraxtni gapirtirib, togʼlarni yigʼlatib yuboradigan tarzda boʼldi. Bu holat butun dunyo boʼylab minglab turli din va madaniyat vakillarini koʼchaga chiqishga hamda ushbu shafqatsizlikni, unga nisbatan sukut saqlanishini va mustamlakachi kuchlar tomonidan jinoyatchi yahudiy vujudining qoʼllab-quvvatlanishini qoralashga undadi. Bularning barchasiga qaramay, BMT va uning Xavfsizlik kengashi ushbu shafqatsizlik va ommaviy qirgʼinni toʼxtatish uchun hech narsa qilmadi. Yahudiy vujudi Gʼazo sektoridagi mazlum musulmonlarga qarshi quturgan urushini davom ettirishi uchun BMT uni yetarli va zarur himoya bilan taʼminladi. Holbuki, Iroq, Аfgʼoniston, Suriya, Liviya va Falastinda boʼlgani kabi, ish Аmerikaning mustamlakachilik manfaatlari va istaklarini amalga oshirishga bogʼliq boʼlgan paytda, BMT va Xavfsizlik kengashi butun kuchlarini toʼplab harakatga keltirgan edi.

Esdan chiqarmaslik kerak boʼlgan haqiqat shuki, BMT va xalqaro tashkilotlar mustamlakachi kuchlar qoʼlidagi quroldan boshqa narsa emas. Bu xalqaro tashkilotlar dunyoni yaltiroq nomlar va shiorlar ostida mustamlaka qilish va nazorat qilish oson boʼlishi uchun oʼylab topilgan. Bu mustamlakachi davlatlar boshida Аmerika turadi. Demak, bu tashkilotlarni deyarli toʼliq u nazorat qiladi. Masalan, Xalqaro sud Аmerikaning siyosiy maqsadlari yoʼlida yahudiy vujudini ommaviy qirgʼinda qoralovchi yoki ayblovchi qarorni chiqarsa va undan biror narsani talab qilsa, bu qarorni faollashtirishning yoʼli uni Xavfsizlik kengashiga taqdim etishdan iborat. BMT ustavining 94 moddasida qayd etilishicha, unga aʼzo davlatlarning barchasi sud qarorlarini bajarishlari shart. Аgar tomonlar qarorni bajarmasa, Xavfsizlik Kengashi tomonidan ularga majburiy chora koʼrilishi uchun, ish unga havola qilinadi. Bu shuni anglatadiki, sud qarori-hukmi Xavfsizlik kengashidagi doimiy beshta aʼzolardan biri yoki uning ittifoqchilaridan biriga qarshi chiqarilsa, u ayni shu qarorga qarshi vetodan foydalanish huquqiga ega. Veto esa ushbu sud hukmini qogʼozdagi siyohga aylantiradi va hatto yoʼqqa chiqarishi ham mumkin.

Shunga koʼra, qaror qabul qilingan taqdirda ham, u faqat maʼnaviy qiymatga ega boʼladi, xolos. Chunki u zulmni bartaraf etmaydi, urushni toʼxtatmaydi va biror bir bolani qutqarib qolmaydi. Bundan tashqari, sudni nazorat qiluvchining (yaʼni Аmerikaning) istagiga muvofiq, sudning qaror qabul qilishi bir necha hafta va yillar oraligʼida boʼladi. Bu odamlarni xayoliy (puch) umidlar bilan chalgʼitishdan boshqa narsa emas. Bu bilan odamlar vaqtlarini behuda oʼtkazadilar va buning orasida ularning gʼazabi soʼnadi.

Shu oʼrinda savol tugʼiladi: Xalqaro sud yahudiy vujudini biror narsaga majbur qila olmasa va unga qarshi chiqarilgan qarorlarini bajartira olmasa, nega yahudiy vujudi unga qarshi chiqib, hujum qilmoqda?!

Buning javobi shuki, yahudiy vujudi Gʼarb va Аmerikaning shunchaki arzandasi emas, balki asrab-sevib tarbiyalovchi bolasi hamdir. U hech qanday qoʼpol munosabatni yoki yuziga qarab shunchaki baqirilishini qabul qilmaydi. Chunki u Аmerika va Gʼarbdan faqat erkalashlarini hamda uning rohat-farogʼati va manfaatlari ustida bedor boʼlishlarini kutadi. Аmerika vaziyatni yahudiy vujudining qoralanishi sari yurishiga tashlab qoʼygan boʼlsa, bu holda arzanda bolasiga – xatti-harakatini oʼnglar yoki erkaligini kamaytirar degan umidda – biroz baqirib qoʼygan boʼladi.

Yahudiy vujudi bunday baqiriq va haqoratlarni, hatto ular yaqin qarindoshlar tomonidan boʼlsa ham, haqiqatda xohlamaydi. Chunki buni «biz butun tarixi mobaynida qiyinchiliklar tortganimizdan keyin, bugungi kunda yashashga haqli boʼlgan mazlum xalqmiz», degan oʼzi uchun chizib olgan qiyofasiga taʼsir qiladi deb biladi. Netanьyaxu ayni sud jarayonini «maʼnaviy sharmandalik, mening armiyam dunyodagi eng axloqli armiya» deb aytganida aynan shuni nazarda tutdi.

Yahudiy vujudi toʼliq tushunadiki, toki uning mavjud boʼlib turishi hamda xavfsizligi Аmerika va Gʼarbning strategik manfaati boʼlar ekan, ular bu bosqinchi vujudni musulmonlarga va Falastin ahliga nisbatan turli jinoyatlar va shafqatsizlikni amalga oshirishi uchun yetarli va kerakli himoya bilan taʼminlashda davom etishadi. Chunki bu jinoyatchilar nazdida musulmonlarning qoni hech narsaga arzimaydi. Bundan tashqari, yahudiy vujudi bilan Аmerika oʼrtasida baʼzi tafsilot va asoslarda yoki protsessual masalalarda biroz farq boʼlsa ham, yahudiy yetakchilar oʼzlariga nisbatan yumshoq bosimni yoki shunchaki qoʼpol munosabatni istashmaydi.

Shuning uchun sud jarayoni yahudiy vujudini bezovta qilmoqda. Chunki bu ommaviy axborot vositalari orqali ayni vujudni dunyo xalqlariga tanitib, yahudiy rahbarlari xatti-harakatlariga maʼlum darajada taʼsir qilmoqda… Ular yahudiy vujudiga nisbatan qoʼllab-quvvatlovning ozayib qolishi mumkinligidan xavotirlanishyapti.

Islomiy yurtlar hukmdorlariga uyat! Chunki ular Falastinni va Gʼazo ahlini yahudiylar, Аmerika va butun kofir davlatlar changaliga tashlab qoʼyishdi. Shuningdek, Gʼazo ahliga yordam koʼrsatish uchun armiyalarni harakatga ham keltirishmadi, Ummatning yordamga kelishiga ham yoʼl qoʼyishmadi. Hatto Gʼazo ahli va musulmonlar dardini yengillashtirishi mumkin boʼlgan har qanday xas-choʼpga yopishadigan, hatto yoqimli orzuning bir parchasi boʼlgan har qanday qadamdan sevinadigan boʼlib qoldilar.

Roya gazetasining 2024 yil 17 yanvar chorshanba kungi 478-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.