Turkiya tashqi ishlar vaziri bergan bayonot uning jinoyatchi Аsad rejimini himoya qilishga jon kuydirishini tasdiqlab turibdi

210
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiya tashqi ishlar vaziri bergan bayonot uning jinoyatchi Аsad rejimini himoya qilishga jon kuydirishini tasdiqlab turibdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan oʼz mamlakati Suriya rejimi va muxolafat oʼrtasida davom etayotgan mojaroga barham berish va ikki tomon oʼrtasida «yangi mojaro kelib chiqishi»ni oldini olishga alohida eʼtibor berishini aytdi. Fidan Suriya rejimi bilan muxolafat oʼrtasida yangi mojaro kelib chiqishiga yoʼl qoʼymaslik hozir ustuvor vazifa deb hisobladi. Unga koʼra, Turkiyaning yangi mojaro kelib chiqmasligidan manfaatdorligi quyidagi bir necha sabablarga borib taqaladi: ayni sabablarning eng muhimi, endi muhojirlarning yanada koʼpaymasligidir… Sukunat hukm suruvchi muhitni yaratish uchun har ikki tomon oʼzaro nafratni unutishlari kerak. Shuningdek, tinchlik va kelajakni qurish yoʼlida siyosiy pozitsiyani vujudga keltirish ham lozim.

Oʼz navbatida, siyosiy faol Аhmad Maoz oʼzining telegram kanalidagi postida ushbu bayonotlarni quyidagicha izohladi: «Аsad bilan munosabatlarni normallashtirish qadamlaridan soʼng, Turkiya rejimi oʼzi aytganidek, tinchlik va sokinlikni saqlab qolishga harakat qilmoqda. U ikki tomon oʼrtasidagi munosabatlarni normallashtirish sari tashlangan qadamlarni davom ettirish uchun biz bilan jinoyatchi rejim oʼrtasidagi nafratning unutilishini xohlayapti. Shuning uchun koʼryapmizki, u oʼz buyruqlariga amal qiluvchi va buyrugʼidan qilcha ogʼishmaydigan guruhlar orqali rejim qirgʼinlariga javoban berilgan baʼzi zarbalarni istisno qilganda, rejimga qaratilgan har qanday zarbani oldini olishga qattiq harakat qilmoqda. Shu bilan birga ushbu halokatli yoʼlni rad etishga, frontlarni ochishga hamda qoʼzgʼolon kuchlarini harakatga keltirishga harakat qilayotgan qoʼzgʼolonchilar va mujohidlarning hibsga olinishiga bosh-qosh boʼlmoqda». Faol yana bunday qoʼshimcha qiladi: «Turkiya rejimi kundan kunga oʼzining haqiqiy yuzini koʼrsatmoqda. Erdoganning Damashqda Mavsaviy oʼldirilishi munosabati bilan Eronga taʼziya bildirishi, bu rejimning opportunistligini hamda qoʼzgʼolonga va uning dushmanlariga befarqligini koʼrsatadi. Toʼgʼrirogʼi, aytishimiz mumkinki, u boshidayoq dushman lageriga qoʼshilgan». Faol oʼz soʼzini quyidagicha yakunlaydi: «Modomiki, qoʼzgʼolon Turkiya rejimi bilan hamda uning muborak Shom qoʼzgʼolonining reja va maqsadlaridan farq qiluvchi reja va maqsadlari bilan aloqani uzmas ekan, yana qayta harakatga kelishi mumkin emas. Bu faqat guruhlar yetakchilari orasidagi Turkiya malaylariga qarshi bosh koʼtarib, u bilan aloqani uzish jarayonini boshqaradigan siyosiy yetakchilikni qabul qilish orqaligina boʼladi. Busiz ozod etilgan hududlardagi ahlimizning mashaqqatlari davomiy saqlanib qolib, mashaqqatlar yuki kundan kunga ortib boraveradi».

Roya gazetasining 2024 yil 10 yanvar chorshanba kungi 477-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.