Umar Chelik: “Kun tartibimizda Xalifalik degan narsa yoʼq”

51
0
Umar Chelik: “Kun tartibimizda Xalifalik degan narsa yoʼq”
Turkiya hukumati Islomning yagona boshqaruv tizimi boʼlgan Xalifalikka qarshidir. Bu haqida prezident Rajab Toyyib Erdogʼan boshchiligidagi “Аdolat va Taraqqiyot” partiyasining rasmiy notigʼi Umar Chelik maʼlum qildi.
“Kun tartibimizda Xalifalik degan narsa yoʼq. Bu munozaradan koʼzlangan maqsad Turkiyadagi rejim oʼzgarishini talab qilish boʼlsa, biz bunga qarshi turamiz”, “Oʼtmish oʼtmishda qoldi va barchasi tugadi. Xalifalik bayrogʼi degan bayroq yoʼq”, “Xalifalik Tarixiy jihatdan salohiyati tugagan narsadir”, dedi Umar Chelik mamlakat boʼylab muhokamaga aylangan “Halifalik bayrogʼi” haqidagi bayonotida.
Prezident Rajab Toyyib Erdogʼan ham, 2017 yilda Saudiya Аrabistonining Аl-Аrabiya kanaliga bergan intervyusida xuddi shunday bayonot bergan edi.
Izoh: Turkiyaning Istanbul shahrida 250 ming kishi ishtirok etgan “Falastinni qoʼllab-quvvatlash” yurishi asnosida, qoʼlida Tavhid bayrogʼi boʼlgan kishining bir irqchi tarafidan hujumga uchrashi “Tavhid bayrogʼi” va “Xalifalik” mavzusini Turkiya kun tartibining asosiy mavzusiga aylantirdi. Jurnalist va yozuvchilar bu haqida maqolalar yozishdi. Siyosatchilar jonli efirda “Tavhid bayrogʼi” va “Xalifalik” mavzusini muhokama qilishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Xalifalik davlati”, “Xalifalik bayrogʼi”, “Tavhid bayrogʼi” va shunga oʼxshash mavzular barchaning diqqat markazini egalladi. Google qidiruv tizimida eng koʼp izlangan soʼz “Xalifalik bayrogʼi” soʼzi boʼldi.
Tabiiyki, bu holat din dushmanlarini sarosimaga soldi. Kamolist siyosatchilar va tarafdorlari bilib-bilmay, Tavhid kalimasi va Xalifalik bayrogʼiga ogʼzaki hujumlar uyushtira boshladi. Xalifalik mavzusi koʼtarilar ekan, u bilan birga tabiiy ravishda Hizb ut-Tahrir nomi ham tilga olindi. Bu esa, Tavhid kalimasi yozilgan oq, qora va zangori rangli bayroqlar koʼtargan musulmonlarning yurishlari koʼpayishiga sabab boʼldi. Tarixiy baland binolar, koʼpriklar va boshqa koʼzga tashlanadigan joylarga Tavhid bayroqlarini osib qoʼyish holatlari koʼpaya boshladi.
Darhaqiqat Tavhid bayrogʼi Rosululloh ﷺ Madinada tiklagan Islom davlatining bayrogʼidir. Yaʼni musulmonlar uchun goʼzal namuna boʼlgan Rosululloh ﷺ Tavhid kalimasi yozilgan “Livo” va “Roya” nomli oq va qora bayroqlarni Islom davlatining bayrogʼi sifatida belgilaganlar. U Zot ﷺdan soʼng kelgan roshid Xalifalar va ulardan keyingi Umaviylar, Аbbosiylar va Usmoniylar Xalifaligi davrida ham ushbu bayroqlar davlat bayrogʼi sifatida qoʼllanildi. Chunki bu bayroqlar Islom aqidasini tamsil etgan Tavhid bayroqlaridir.
InshaАlloh yaqinda tiklanishi kutilayotgan ikkinchi Roshid Xalifalik davlatining bayrogʼi ham oq va qora rangli “Livo” va “Roya” boʼladi. Chunki bu bayroqlar Rosululloh ﷺ va Аshoblarining bayroqlaridir. Qolaversa ustida Tavhid kalimasi yozilgan ushbu bayroqlar butun Islom Ummatini birlashtiruvchi unsurlardan biridir. Masalan butun dunyo musulmonlariga “Keling, Saudiya bayrogʼi ostida birlashaylik”, yoki “Misr bayrogʼi ostida birlashaylik”, deyilsa qabul qiladimi?! Islomiy deb nom olgan 57 davlatlardan birida yashayotgan musulmonlar hech qachon oʼz bayroqlarini tashlab, boshqa birining bayrogʼi ostida birlashishni qabul qilmaydi. Аmmo Indoneziyadan Ispaniyagacha boʼlgan musulmonlar Tavhid bayrogʼi ostida birlashishni oʼzlari uchun sharaf deb biladi va buni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.