Batkenda 32 ta masjid va 5 ta madrasaning faoliyati toʼxtatildi

120
0

Batkenda 32 ta masjid va 5 ta madrasaning faoliyati toʼxtatildi

Batkenda 32 ta masjid va 5 ta madrasaning faoliyati rasman toʼxtatildi. Shuningdek, 55 ta masjid va 6 ta diniy taʼlim muassasasi ustidan akt tuzilib, tegishli koʼrsatmalar berildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik boʼymcha davlat qoʼmitasi xabar berdi.

Qoʼmita tomonidan tarqatilgan maʼlumotda, sanitariya sharoiti va dinga eʼtiqod qiluvchilar oʼrtasida radikal-ekstremistik gʼoyaning tarqalishi mazkur joylarning yopilishiga sabab sifatida koʼrsatilgan.

Bunday tekshiruvlar boshqa viloyatlarda ham oʼtkazilib, ayrim masjid va madrasalar allaqachon yopib qoʼyilgan. Аslida bu tekshiruvlardan koʼzlangan asosiy maqsad diniy sohada nazoratni kuchaytirishdir. Sanitariya va yongʼin xavfsizligi talablari esa, quruq bahonadan oʼzga narsa emas. Chunki hukumat chindan ham yongʼin xavfsizligini oldini olishni istasa, ishni avvalo yoqilgʼi quyish shoxobchalaridan boshlashi kerak edi. Bugungi kunda Bishkek shahri va aholi punktlaridagi yoqilgʼi quyish shoxobchalari va neft omborlarining aholi salomatligiga taʼsiri hamda atrof-muhit uchun xavfliligi dolzarbligicha qolmoqda. U yerlarda yongʼin sodir boʼlgan holatlar ham mavjud. Ikkinchi poytaxt hisoblanmish Oʼsh shahridagi ahvol ham xuddi shunday. Oʼsh shahrida vaqti-vaqti bilan yoqilgʼi quyish shoxobchalarida yongʼin kelib chiqish holatlari uchrab turadi. Bundan tashqari, yirik bozorlar va dam olish maskanlarida yongʼin xavfsizligi taʼminlanmaganligi sababli yirik yongʼin hodisalari takrorlanib turadi.

          Sanitariya masalasiga kelsak, davlat tozalik va aholi salomatligi haqida haqiqatan ham qaygʼurganida, bu ishni oziq-ovqat sanoatini nazorat qilishdan boshlagan boʼlardi. Negaki, restoranlarda haddan tashqari antisanitariya holatlari mavjudligiga qaramay, “koʼrib, koʼrmaslikka olish” usuli davom etmoqda. Shuning uchun ovqatdan zaharlanish holatlari koʼp uchrab turadi. Bunga yaqqol misol sifatida yaqinda Bishkekdagi fastfud restoranlarida sodir boʼlgan ommaviy zaharlanish holatini keltirish mumkin.

          Shunday ekan, “ruxsat qogʼozi”, “yongʼin xavfsizligi” yoki “sanitariya holati” kabi sabablar masjid va madrasalarning yopilishi uchun shunchaki bahonadan boshqa narsa emas! Hozirgi hukumat muxolifat yetakchilarining bir qismini hibsga olib, baʼzilariga mansab berib, baʼzilari bilan kelishib olgach, endi qarshi kurash navbati Islomga kelgan koʼrinadi. Diniy qadriyatlar keng tarqalgan hududlarda masjid va madrasalarning yopilishi shunga dalolat qilmoqda. Shuning uchun biz Qirgʼiziston hukumatiga murojaat qilib aytamizki, “hayit namozida xalqqa oʼzingizni koʼrsatib, keyin yana masjidlarni yopish bilan munofiqlik alomatlarini namoyon qilmoqdasiz! Аllohdan qoʼrqing va Islomga yuzlaning! Аslida sizning vazifangiz masjid va madrasalarni yopish emas. Аksincha, masjidlar qurish va u yerlarda shart-sharoitlar yaratib qoʼyishdir! Madrasalar ochib, musulmon yoshlarga oʼz dinlarini oʼrgatishdir! Lekin, afsuski, siz Аllohning nazdida aziz boʼlishni oʼrniga mustamlakachilarga malaylik qilish bilan horlikni tanlamoqdasiz!

Mumtoz Mavaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.