Rossiya Oʼzbekistonda bir nechta maktab qurishga tayyor

226
0

Rossiya Oʼzbekistonda bir nechta maktab qurishga tayyor

Rossiya Oʼzbekistonda rus tilida va Rossiya dasturlari asosida taʼlim beriladigan bir nechta maktab qurishga tayyor. Bu haqida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Moskvada tashkil qilingan Oʼzbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qoʼshma komissiya yigʼilishida maʼlum qildi.

“Shu tarzda, oʼquvchilar rus madaniyati va anʼanalari bilan yaxshiroq tanisha oladi. Siz tomondan qiziqish bildirilsa, bu boradagi taklifni koʼrib chiqamiz”, – dedi Rossiya hukumati raisi.

Oʼz navbatida Oʼzbekiston bosh vaziri Аbdulla Аripov “Rus tilida taʼlim beriladigan maktablar qurish taklifini katta mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, deya Rossiya taklifini qabul qilishini bildirdi. Аripovning taʼkidlashicha, “Klass” loyihasi doirasida Oʼzbekistondagi rus tilida taʼlim beriladigan maktablar uchun pedagoglarini koʼpaytirish lozim.

Shuningdek, Rossiya Qirgʼizistonda ham, qiymati 500 mln dollarga teng toʼqqizta maktab qurilishini moliyalashtirmoqda. Ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Sadir Japarov 1 sentyabrь kuni maktablar qurilishiga start berdi.

Izoh: Mustamlakachi davlatlar boshqa xalqlarni oʼziga tobe qilishning eng samarali yoʼllaridan biri oʼsha xalqning ongiga oʼz saqofatini singdirishdir. Bu esa, taʼlim-tarbiya tizimini qoʼlga olish bilan amalga oshadi. Shuning uchun mustamlakachi davlatlar oʼzlari “uchinchi dunyo” deb atab olgan davlatlarning taʼlim tizimini oʼzlariga tobe qilib olish uchun koʼplagan mablagʼlar ajratayotganiga va maktablar qurib berayotganiga guvoh boʼlish mumkin. Chunki, taʼlim orqali insonning tushunchalari va dunyoqarashi shakllantiriladi.

Bir davlatning taʼlim tizimi mustamlakachi davlat tomonidan mablagʼ bilan taʼminlanganidan keyin, demak taʼlim dasturini ham albatta mustamlakachi oʼzining saqofatidan kelib chiqib tuzib beradi va oʼsib kelayotgan yosh avlodga qaysi fandan qanday saboq berish yoʼl-yoʼriqlarini ham oʼzi tartiblashtiradi. Hatto oʼqituvchilarni ham oʼzi yuboradi.

Shunday ekan, tabiiyki, Rossiyadan Oʼzbekistonga keladigan oʼqituvchilar oʼzi bilan birga rus saqofati, rus madaniyati va dunyoqarashini ham olib keladi va oʼsib kelayotgan mahalliy yosh avlodni shu asosda tarbiyalaydi. Chunki ularning asosiy maqsadi yosh avlodga oʼzlarining saqofatini singdirish orqali kelajakda oʼz saqofati bilan sugʼorilgan kadrlarni yetishtirib chiqarishdir. Bu – Mishustinning “Shu tarzda, oʼquvchilar rus madaniyati va anʼanalari bilan yaxshiroq tanisha oladi”, degan gaplaridan ham koʼrinib turibdi. Kerak boʼlsa ular – pulini toʼlab qoʼygandan keyin – bu sohaning ikr-chikirigacha kirishib, oʼquvchilar qanday kiyinishi kerakligigacha aralashadi. Shuning uchun aytish mumkinki, Taʼlim tizimini nazorat qilish saqofiy mustamlaka qilishning eng qulay va ishonchili vositasidir.

Maʼlumki, Rossiya Markaziy Osiyo respublikalari ustidan siyosiy va iqtisodiy nufuzini yoʼqotib borayotgani sir emas. Shunday boʼlishiga qaramay, Rossiya nafaqat Oʼzbekistonda, balki butun mintaqada rus tili va rus saqofatini saqlab qolish hamda rus madaniyati va rus dunyosi mavqeini mustahkamlash uchun respublikalarda rus maktablari qurishga zoʼr berib harakat qilmoqda. Chunki uning tabiiy resurslarga boy oʼlkani osonlikcha berib qoʼyish niyati yoʼq.

Bugungi kunda nafaqat Oʼrta Osiyodagi, balki barcha Islom olamidagi taʼlim tizimini tubdan isloh qilish lozim boʼlib qoldi. Buning uchun Islom taʼlim tizimini joriy qilishdan boshqa chora yoʼq. Zero Islomning Ummat farzandlarini tarbiya qilish, oʼsmirlarni ongini ochish va yoshlarni ziyoli qilish boʼyicha alohida oʼz yoʼli bor. Inshaalloh Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati tiklanishi bilanoq birinchi darajali Islom taʼlim tizimini sharʼiy ahkomlariga muvofiq tatbiq etadi. Xalifalik davlati oʼzining bunday benazir islomiy taʼlim tizimi orqali dunyodagi taʼlim markazi boʼlgan oʼrnini qayta qoʼlga kiritishga muvaffaq boʼladi. Natijada, tadqiqot, yangilik yaratish va ilmiy kashfiyotlarda oltin madaniyat bunyod etiladi. Demak bir soʼz bilan aytganda, bugungi kunda kufr saqofati taʼsiri ostiga tushib qolgan taʼlim tizimini tozalab asl holatiga qaytarishning yagona yoʼli Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishdir.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.