Maʼlumotlar banki, byurolar va yelektron shaxsiy fayllar

230
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Maʼlumotlar banki, byurolar va yelektron shaxsiy fayllar

Islom davlatidagi Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi loaqal har bir bemor uchun uning sogʼligʼi bilan bogʼliq barcha maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan elektron maʼlumot reestrini-roʼyxatini ishlab chiqishi lozim. Yana bu roʼyxat bemorning boshidan oʼtgan barcha sogʼliq muammolarini, xizmatlarni, qabul qilgan dori-darmonlarni ham oʼz ichiga oladi. Ushbu maʼlumotlar “Ona va bolani asrash markazlari”, maktab xamshiralari, shifoxonalar, oilaviy shifokorlar va mamlakatdagi boshqa sogʼliqni saqlash maʼmurlaridan olinadi va shunday qilib, u bitta elektoron yozuvda qayd etiladi. Bunday kodlashtirishdan maqsad ushbu bemorga tibbiy xizmat koʼrsatishni istagan har bir kishiga uning oldingi sogʼligʼi xaqida maʼlumot berishdir. Bu malumotlar shifokirga uning sogʼliq muammolarini aniqlashni, toʼgʼri tashxis qoʼyishni va tegishli muolajani belgilashni osonlashtiradi.
Shifokor maslaxatchidir. Maslaxatchi Аbu Dovud rivoyat qilganidek, amonat yuklatilgan shaxs boʼlgani uchun undagi bemor xaqidagi maʼlumotlar maxfiy boʼlishi lozim. Bu maʼlumotga faqat bemorning oʼzi yoki u vakolat bergan kishigina xabardor boʼlishi mumkin. Chunki, kasallik odatda yashiriladi, bundan insonlarning xabardor boʼlishi istalmaydi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
إذا حَدَّثَ الرجلُ الحديثَ ثم التَفَتَ فهي أمانةٌ
“Аgar kishi biror gapni gapirsa va gapira turib, u yoq-bu yoqqa qarasa, uning bu gapi amonatdir”. Termiziy rivoyat qilgan va uni hasan hadis degan. Bemorning shifokorga gapirgan gapi ham mana shu amonat turiga kiradi. Bemorning gapi amonat. Muslim Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam dedilar:
لا يَستُرُ عبدٌ عبدًا في الدنيا إلا سَتَره الله يوم القيامة
“Biror banda dunyoda biror bandaning sirini yashirsa, albatta Аlloh taʼolo qiyomat kunida uning sirini ham yashiradi.”
Bemorning sirlarini gapirish yaxshimas. Shifokor bu sirni saqlashga amr etilgan. Yuqumli kasallikni yashirish, ishi jamoatga xavf tugʼdirishi mumkin boʼlgan bemor xaqida xabar bermaslik esa, sogʼlik maʼlumotlarini yashirish vojibligi doirasiga kirmaydi. Masalan, agar uchuvchi yoki ogʼir yuk mashanasi xaydovchisi qutirish kasaliga mubtalo boʼlsa, albatta buni bilgan shifokor bu xaqda tegishli joylarga xabar berish lozim. Bu – zararni oldini olish va uni bartaraf etish turkimiga kiradi. Bu yerdagi istisno muxtamal zararni oldini oladigan va uni dafʼ qiladigan jihatlarni yetkazishgagina cheklangandir.

Sogʼliqni saqlash sifatini taʼminlash

Islomiy davlatdagi sogʼliqni saqlash maqsadlaridan biri kamolot va taraqqiyotdir. Shuning uchun Islom davlati sogʼliqni saqlash sohasida yetakchi davlat boʼlishi zarur. Sogʼliqni saqlash uchun zarur boʼlgan usul va vositalarni yangilash uchun ilmiy va samarali malakaga ega boʼlgan shifokorlar, olimlar va mutaxassislar jamoasini yetishtirib chiqarishi lozim. Ularni tadqiqot va ilmiy innovatsiyalarning maksimal imkoniyatlari bilan taʼminlashi lozim. Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi oʼzining barcha apparat va shaxobchalari bilan sogʼliqni saqlash xizmati sifatining barqarorligini taʼminlash uchun zarur boʼlgan chora-tadbirlarni bajaradi va izlanishlarni olib boradi. Ushbu chora-tadbir va taqvimiy izlanishlardan biri (Medical Audits) Tibbiyot Аuditlaridir. Bu ishlar bilan tizimli ravishda bemorlarning sogʼligini tiklash uchun sogʼliqni saqlash sohasining professorlari shugʼillanadilar. Keyin esa, tibbiy xizmatlar sifatini taʼminlashda ( Accreditation) akkredatsiya standartlarini qoʼllash orqali profilaktika va diognoztika va davolash sifatini taʼminlash (Quality Assurance) – Sifat kafolati takommillashtiriladi. Va nihoyat, barcha sogʼliqni saqlash muassasalari uchun klinik boshqaruv qoidalari uchun asos yaratiladi. Klinik boshqaruvga (Clinical Governance) sogʼliqni saqlash oʼzining xizmatlari sifatini doimiy yaxshilab borshidan masʼul boʼlgan tizim deb taʼriflash mumkin. Uni klinik va klinik boʼlmagan yordam koʼrsatishda muvaffaqiyat qozonishdan, xavfni kamaytirish, sogʼliqni saqlash muassasasi xodimlari orasida umumiy maʼmuriy muvofiqlikni yaratishda eng yuqori meʼyorlarni salab qolishdan masʼul tizim deyish mumkin.
Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi ushbu tartib qoidalar meʼyorlarini shu mavzuga aloqador sharʼiy ahkomlardan kelib chiqqan holda belgilaydi. Chunki Xalqaro Sogʼliqni saqlash institutlari va Gʼarb davlatlari tomonidan oʼrnatilgan standartlar oʼz metodologiyasida soliqlar va ulardan qochish kabi foydali iqtisodiy jihatlarni hisobga oladi. Ularning qoʼygan standartlari kapitalizm asoslangan erkinliklardan iborat buzuq va inson fitratiga zid qiymatlarga asoslanadi. Shuning uchun Xalifalik sogʼliqni saqlash sohasini oʼz nazoratiga olishi va oʼzini oʼzi taʼminlashga erishishi lozim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.