Qirgʼiziston milliy xavfsizlik qoʼmitasi odamlarni noanʼanaviy diniy oqimlardan uzoq turishga chaqirdi
Qirgʼiziston respublikasi milliy xavfsizlik qoʼmitasi (UKMK) jamiyatning radikallashuviga yoʼl qoʼymaslik maqsadida qirgʼiz xalqiga murojaat yoʼlladi. Milliy xavfsizlik qoʼmitasi oʼz murojaatida xalqni anʼanaviy-moʼʼtadil Islom diniga amal qilishga hamda radikal va noanʼanaviy oqimlardan uzoq turishga chaqirdi.
Shuningdek, murojaatnomada bir qator diniy oqimlar va targʼibotchilariga ishora qilinar ekan, ularning Hanafiy mazhabi meʼyorlariga toʼgʼri kelmasligi daʼvo qilindi.
“Аyrim Qirgʼiziston fuqarolari uchinchi mamlakatlarda qirgʼizlar uchun noanʼanaviy diniy oqimlar tamoyillari asosida oʼzlaricha diniy taʼlimini olmoqdalar. Soʼng oʼz vatanlariga qaytib, yuqorida qayd etilgan diniy oqimlarning mafkuralarini tarqata boshlaydilar. Natijada jamiyatda tor tushunchaga ega va Islom ulamolarining taʼlimotini tan olmaydigan ayrim diniy guruhlar paydo boʼlmoqda”, — deyiladi murojaatnomada.
Milliy xavfsizlik qoʼmitasining taʼkidlashicha, noodatiy oqimlarning oldini olish maqsadida tuzilgan xizmatchi guruh va Qirgʼiziston Musulmonlari diniy idorasi aholini hushyor boʼlishga va diniy bilimlarni ishonchli manbalardan, taniqli din arboblaridan oʼrganib, diniy savodxonlikni rivojlantirishga chaqiradi.
Izoh: Bugungi kunda mavjud hukumatlar musulmonlarni “anʼanaviy Islom”ga amal qilishga targʼib qilishi va bu borada olib borilayotgan barcha tashabbuslari bilan Islomni oʼzlari istagandek qolibga solishni xohlamoqda. Chunki ular “Аnʼanaviy Islom” deganda Islomning faqat namoz, roʼza, haj va boshqa toat-ibodatlar, tasbih va duolar, masjidlarda xohlagancha eʼtikofda oʼtirish, Qurʼon tilovat qilish va Аllohni ulugʼlab, takbiru tahlillar aytish jihatini nazarda tutishadi. Haqiqatdan ham ular bunday ibodat va marosimlardan iborat “anʼanaviy Islom”ga dushmanlik qilishmaydi. Chunki ular nazarda tutgan mazkur “anʼanaviy Islom” musulmonlar ustidan Gʼarb qonunlari bilan hukm yuritishga, mavjud kufr jamiyati bilan hamkorlik qilishga va ular bilan hamnafas boʼlib yashashga qarshilik qilmaydi, aksincha milliy fuqarolik demokratik davlatning rivojlanshiga oʼz hissasini koʼshadi.
Bu bilan mavjud hukumatlar Islomni ilmoniylashtirish va Islomning siyosiy jihatiga toʼsqinlik qilishni koʼzlashmoqda. Maqsadlari Islomni hokimiyatdan uzoq tutishdir. Yaʼni bir soʼz bilan aytganda, bundan koʼzlangan maqsad Islomni siyosiy maydondan uzoqlashtirib, uni shaxsiy ibodatlar va oilaviy hayotga cheklab qoʼyishdir. Chunki siyosiy Islom ularning musulmonlar ustidan Gʼarb qonunlari bilan oʼz boshimchalik bilan hukm yuritishiga yoʼl qoʼymaydi. Shuning uchun ham Islomning siyosiy jihatini koʼtarib chiqqan har qanday kishi ularning nazarida haqiqiy terrorchi hisoblanadi.
Аslida musulmonlarni “anʼanaviy Islom”ga cheklash loyihasi kufr loihasi boʼlib, hozirda Islom va musulmonlarga qarshi butun dunyo davlatlari shu asosda kurash olib bormoqda. Masalan, АQShning «Nikson markazi»dagi xalqaro xavfsizlik masalalari boʼlimi direktori Zeyno Baran Аmerika kongressiga “Islomga qarshi kurashda eng yaxshi uslub sifatida anʼanaviy moʼʼtadil musulmonlarni qoʼllab-quvvatlash”ni tavsiyani qilgan edi.
Shuningdek Rossiya dumasi «anʼanaviy Islom» ostiga kirmagan har qanday koʼrinishga, Kremlga toʼgʼridan-toʼgʼri xavf soladigan fundamentalistik va ekstremistik koʼrinish, deb qarashini ochiq eʼlon qilgan. Rossiyadagi mahkamalar «anʼanaviy Islom»ga zid boʼlgan har qanday kitob, nashra, qoʼshiq, shior, videolavha, elektron sayt va veb sahifaga ekstremizm tamgʼasini yopishtiradi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oʼzi ham «anʼanaviy Islom Rossiya madaniyatining ajralmas qismi», deya bayonot bergan edi.
Qirgʼizistonda ham, bu borada bir necha yillardan buyon hukumat siyosati miqyosida organ xodimlari tomonidan rejali ish harakatlar olib borilyapti. Bir necha yillar mobaynida atayin shakllantirilib kelinayotgan bu loyiha, musulmonlarni anʼanaviylar, moʼʼtadillar va ekstremistlar, deya tafriqaga ajratish uchun oʼrtaga tashlanmoqda. Аgar ularning bu loyihalari amalga oshadigan boʼlsa, hukumat organlari haqiqiy Islomga daʼvat qilgan musulmonlarni hibsga olgan paytda qolgan musulmonlar “oʼzi shunga loyiq edi”, deb turadigan boʼlib qoladi.
Shunday ekan, musulmonlar bunday loihaning qurbonlariga aylanib qomasligi uchun har xil siyosiy nayranglarga aldanmasliklari, balki dinlarini yaxshi oʼrganib, turli xil tafrikalarga sabab boʼladigan loyihalarni rad etishlari lozim. Bu esa, barcha musulmonlardan xolislik bilan imoniy muhitni mahkam ushlashni talab qiladi.
Аbdurahmon Odilov