Аyollarning haqiqiy muammosi ularning ustidan tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzumdadir

206
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Аyollarning haqiqiy muammosi ularning ustidan tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzumdadir

Gʼarb ayollar muammosi ular bilan erkaklar oʼrtasidagi ishlash imkoniyatlarining teng emasligida, erkaklardan mustaqil boʼlish imkoniyatini beradigan mutlaq erkinlikning unga berilmaganligida, deb oʼyladi. Gʼarbning bunday tushunchasi hech qachon toʼgʼrilanmaydigan qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. Natijada ayollar ozodligi va mustaqilligi jamiyatni yoʼqotishlarga olib keldi. Bu bilan jamiyat odamlar oʼrtasini birlashtirmaydigan, nomaʼlum tomonga ketayotgan, axloq va qadriyatlardan uzoqlashgan va parchalangan holdagi jamiyatga aylandi. Аyol kishi xavfsizlik nimaligini bilmaydigan, baxtni his etmaydigan robot boʼlib qoldi. Hatto uning uchun rahm-shafqatli va sogʼlom hayotni kafolatlovchi qadriyatlardan uzoqdagi istaklari amalga oshadigan, uning oʼzi yirtqichlar tomonidan boshqariluvchi ommaviy axborot vositalarida material sifatida ishlatiladigan boʼldi. Vaholanki, bu yirtqichlarning maqsadi, qanchalik olijanob boʼlishidan qatʼiy nazar, boshqa maqsadlarni hisobga olmasdan, faqatgina dunyoviy manfaatlarga erishishdir.
Biz oʼzimiz yashayotgan voqelikni tubdan oʼzgartirishimiz, ayollarning tahqirlanishini davom etishiga vosita-sababchi boʼlib qolmasligimiz kerak. Shuningdek, butun javobgarlikni yomonlashib, keskinlashib borayotgan voqelikka yuklashni qabul qilishimiz mumkin emas. Zero, Аlloh Taolo aytadi:
﴿إِنَّ اللهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ﴾
«Аniqki, to biron qavm oʼzlarini oʼzgartirmagunlaricha Аlloh ularning ahvolini oʼzgartirmas»
[Raʼd 11]
Аyol kishiga gʼurur, qadr-qimmat va iftixorli hayotning asosi boʼlgan oʼziga xos qadriyatlarini beradigan Islom hokimiyatini qaytarish uchun jiddiy harakat qilish lozim. Bu esa, ayollarning inson sifatidagi mavjudligini inobatga olib, unga oʼziga xos munosib hayot kechirish huquqini beradigan shariat ahkomlarini tatbiq qilish bilan boʼladi.
Roya gazetasining 2023 yil 19 iyul chorshanba kungi 452-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.