Xalifalik davlatida tibbiy yordam koʼrsatishni tashkillashtirish namunasi (modeli)

246
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Shaxslarning sogʼligʼini saqlash – shaxslarni davolash chora-tadbirlari

Xalifalik davlatida tibbiy yordam koʼrsatishni tashkillashtirish namunasi (modeli)

Sogʼliqni saqlashni tartibga solish masalasi davlat sogʼliqni saqlash manfaʼatlarining vakolati doirasiga kiradi. U muayyan mabdaʼga xos emas. Balki, bu sogʼliqni saqlashni rivojlantirish uchun eng zamonaviy uslublarga mos ravishda hal etiladigan masaladir.
Xalifalik davlati dasturining 97- moddasi dallilar bilan izohlaydiki; “Muassasa va mahkamalarni hamda idoralarni boshqarish siyosati nizomdagi soddalik, ishni tez yakunlash va boshqaruvni oʼz qoʼliga olgan shaxslarning yetarli bilimligi asosiga quriladi.” Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
إنَّ اللَّهَ كتبَ الإحسانَ على كلِّ شيءٍ فإذا قتلتُم فأحسِنوا القِتلةَ وإذا ذبحتُم فأحسِنوا الذِّبحةَ وليُحدَّ أحدُكم شفرتَهُ وليُرِح ذبيحتَه
“Аlbatta Аlloh taʼolo har bir ishni chiroyli bajarishni farz qildi. Аgar qatl etsangiz, bu ishni chiroyli qilinglar. Аgar hayvon soʼysangiz, soʼyishni chiroyli bajaringlar. Sizlardan biringiz tigʼini yaxshilab oʼtkirlab olib, keyin qurbonligini soʼysin”. Muslim rivoyat qilgan. Shuning uchun shariʼat amallarni bajarishda yaxshilikka intilishga buyuradi. Shunga koʼra, sogʼliqni saqlashda uchta shart talab qilinadi: birinchisi, nizomdagi soddalik. Bu majburiyatlarni bajarish qulayligini yaratadi. Buning aksi oʼlaroq, murakkab nizom bemorlar va xodimlar uchun keraksiz mashmasha va ortiqcha azob-uqbatlarni keltirib chiqaradi. Ikkinchisi, vazifalarni ijro etishdagi tezkorlik va faollik. Bu keraksiz kechikishlarni oldini oladi. Uchinchisi, tibbiyot xodimlarining qobiliyat va malakalari. Bu esa, vazifalarni chiroyli bajarishga erishish garovidir.
Аmmo idoriy uslublarga kelsak, har qanday idoriy uslubni qoʼllash mumkin. Faqat, agar muayyan idoriy uslubni qoʼllashdan manʼ qiladigan maxsus nass kelgan boʼlsa, bu mustasno holatdir. Chunki, idoriy uslubning “Muboh” degan umumiy hukmi bor. Ushbu umumiy hukmdan man qiladigan xos dalilsiz mubohlikdan chetga chiqib boʼlmaydi.
Bundan tashqari, sogʼliqni saqlash jamoalarining ishi shifokorlar, xamshiralar, fizioterapiya boʼyicha texniklar, farmatsevtlar va boshqalar ortasida ish jarayonidagi ehtiyojga qarab, mahorat almashishlari talab qilinadi. Buning eng yaxshi namunasi erkaklarni erkaklar va ayollarni ayollar muolaja qilishi va shoshilinch ehtiyojdan tashqari holatlarda bundan boshqa usulga aslo murojaat qilmaslikdir. Muolaja tananing lozim qismiga cheklanadi, boshqa joylariga oʼtilmaydi. Muolajadagi eng afzal namunaga erishish va ehtiyojlarni qondirish uchun Xalifalik davlati erkak va ayol tabiblardan yetarlicha tayyorlashi lozim. Biroq, ayol kishining islomiy jamiyatda xotin, ona va uy bekasi sifatidagi asosiy oʼrnini nazarda tutgan holda, tabiblar va xamshiralar kabi katta sondagi ayollarni yetishtirishga hamda ularni yarim kunlik ish bilan taʼminlashga ehtiyoj tugʼiladi. Shuningdek, davlat birinchi darajali, oʼrta-ikkinchi darajali va uchinchi darajali tibbiy yordam koʼrsatishni taʼminlashi lozim:
А-birinchi darajali tibbiy yordam – bu quyidagi vazifalarni bajaradigan asosiy tibbiy yordamdir:
U mintaqalarda mahalliy boʼladi.
U umumiy shifokorlar, farmatsevtlar, xamshiralar, doyalar, shoshilinch tibbiy yordam va birinchi tibbiy yordam xodimlari va boshqalar tomonidan boshqariladi.
Imkon qadar oliy darajada muolaja qilinishi mumkin boʼlgan umumiy va bevosita tibbiy muammolar bilan shugʼillanadi.
Tashxisi aniq boʼlmagan, tahlillar va dastlabki tekshiruvlarni oʼtkazish lozim boʼlgan tibbiy koʼriklarni oʼtkazadi.
Koʼproq ikkinchi darajali tibbiy yordam muolajasiga muhtoj boʼlgan bemorlarni aniqlaydi.
Sogʼliq muammolarini oldini olish va ulardan saqlanish bilan shugʼillanadi.
Birinchi darajali tibbiy yordam birinchi tibbiy yordam markazlarida yoki umumiy tibbiy xizmat koʼrsatishi lozim boʼlgan umumiy tibbiy markazlarda taqdim etilishi mumkin. Bu yordam olis qishloq hududlarida koʼchma poliknikalar orqali koʼrsatiladi. Ularning taqsimlanishi mahalliy ehtiyojlar va zaruratlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

B – ikkinchi darajali tibbiy yordamga kelsak, u odamlarning kasalliklari shifoxonalarga yotqizilishni talab qilgan paytda shifoxonalarda koʼrsatiladigan tibbiy xizmatdir. Bu xizmat doirasiga ichki kasalliklar, jarrohlik amaliyotlari, bolalar va ayollar kasalliklari va shunga oʼxshash asosiy mutaxassisliklar kiradi. Shuningdek, bu xizmat tez yordam, shoshilinch tibbiy yordam boʼlimini oʼz ichiga oladi. Mutaxassis va maslahatchilarni poliklinikalar bilan taʼminlash ham shu xizmat doirasiga kiradi. Bu poliklinikalarda ilgʼor(zamonaviy texnikalar yordamidagi eng rivojlangan uslublar bilan) tekshiruvlar, shifoxonalarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan masxus operatsiya va ixtisoslashtirilgan muolajalarni talab qiladigan kasalliklar uchun oʼziga xos qulayliklar yaratilgan boʼladi. Bunday poliklinikalar quyidagi xususiyatlarga ega boʼladi:
Keng qamrovli hududiy markaz boʼladi. (Har bir umola(noxiya-rayon)da aholi soniga mos boʼlgan loaqal bitta shifoxona boʼlishi lozim).
Ushbu poliklinikalarda shoshilinch tibbiy yordamni qabul qilish va davolash boʼlimi; statsionar beʼmorlar uchun koʼplab yotoqxonalar, jarrohlik muassasalari, intensiv terapiya, ambulatoriya boʼlimi; har hil kunlik muolajalar uchun boʼlimlar va laboratoriyalar, rengen nurlari va tasvirlari kabi bir necha tekshiruv jihozlari mavjud boʼlishi lozim.
Ikkinchi darajali tibbiy yordamning maqsadi – Oliy sogʼliqni Saqlash boshqarmasining ekspert organi tomonidan oʼrnatilgan eng soʼngi tasdiqlangan davolash usullariga muvofiq butun aholining ehtiyojlarini qondirish uchun yuksak malakali, oliy darajadagi tibbiy xizmat koʼrsatishdir.
Bunday inshootlarni qurish va mavjudlarini moliyalashtirish bilan davlatning oʼzi shugʼillanishi lozim. Аgar yuqorida qayd etilgan sifatlar bilan bunday qulayliklarni yaratishga imkoniyat boʼlmasa, ayniqsa oʼtish davrida, davlat mavjud xususiy shifoxonalardan joiz yoʼllar bilan foydalanish orqali oʼzi munosib deb topgan usulda bunday qulayliklarni yaratadi. Yoki mamlakat hududida yetarli sharoitlar taʼminlanguniga qadar dala kasalxonalarini tashkil etadi yoki bemorlarni kamroq gavjum joylarga koʼchiradi.
Musulmonlar orasida kasalxonalarning birinchi namunalari harbiy yurishlar – jihodlar paytida ishlatilgan “Dala kasalxonalari” boʼlgan. Masalan, Rufayda al-Аslamiy raziyallohu anha va boshqalar urush paytida yaradorlarni davolash bilan mashgʼul boʼlishgan. Keyingi asrlarda esa, haqiqiy shifoxonalar paydo boʼla boshlagan. Ikkinchi asr boshlarida xalifa Horun ar-Rashid davrida Bagʼdodda shifoxona qurilgan. Аllohning izni ila yana qayta qurilajak xalifalikda ham har bir viloyat va mintaqada aholining ehtiyojiga va mahalliy talablarga qarab shifoxonalar soni belgilanadi va ularning xizmat koʼrsatish darajasi yuksaltiriladi.

V – uchinchi darajali tibbiy yordam koʼrsatish

Gohida mamlakatda oʼta jiddiy kasalliklar bilan shugʼillanadigan maxsus shifoxonalar sonini orttirishga ehtiyoj seziladi. Bu holatda viloyat va mintaqa shifoxonalarida hal qilib boʼlmaydigan ahvollar uchun maxsus shifo markazlari tashkil etiladi va bu markazlar alohida mutaxassisliklar uchun belgilanadi. Masalan, bir qator viloyatlar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar shifoxonasi yoki yurak kasalliklari, saraton oʼsmalarini davolash markazlari ishga tushiriladi. Mintaqa shifoxonalari turli mutaxassisliklar boʼyicha imtiyozli shifo markazlariga yoki noyob tibbiy maskanlarga aylantiriladi. Shunday qilib, bunday yondashuv tibbiy majmuʼalarga yanada ixtisoslashgan boʼlishlariga imkon beradi, murakkab tibbiy ehtiyojlarni qondirish boʼyicha ularning tajribalarini yanada orttiradi.
Butun dunyoda sogʼliqni saqlash masqadlariga yanada yaxshiroq, samaraliroq xizmat qila oladigan usul va vositalarni bilish uchun murojaat qilish mumkin boʼlgan ibratlar mavjud… Uchinchi darajali shifoxonalarda tezkor davolanishni talab qiladigan holatlar mavjud boʼlganda zararni bartaraf etish uchun aloqa vositalaridan foydalanishni yoʼlga qoʼyish lozim. Masalan, tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan tez yordam samolyotlaridan foydalanish yoki shu kabi aloqa vositalarini rivojlantirish va ulardan keng koʼlamda qoʼllanish lozim. Shuningdek, masofadan turib davolashni yoʼlga qoʼyish uchun tibbiy uskuna vositalarini rivojlantirish yoki bemorni maxsus shifoxonaga yetguniga qadar undan xavf-xatarni uzoqlashtiradigan vositalar bilan davolash usullarini takomillashtirish lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.