Qirgʼiziston Ichki ishlar vazirligi fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan kameralar natijasini maʼlum qildi

281
0

Qirgʼiziston Ichki ishlar vazirligi fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan kameralar natijasini maʼlum qildi

Xabar: Qirgʼiziston Ichki ishlar vazirligi 13 iyun kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi (MDH) hamkorligida davlatlararo qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni video kameralar orqali tanib olish va shaxsini aniqlash tizimi ish boshlagani, natijada 57 kishi hibsga olinganini maʼlum qildi. Xabarga koʼra, Rossiya xavfsizlik kuchlari qirgʼizistonlik hamkasblariga davlatlararo qidiruvda boʼlgan 85 ming kishining suratlarini topshirgan.
Vazirlik fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan kameralar qaysi davlat tarafidan oʼrnatilgani va maʼlumotlar qaysi muassasada saqlanishi haqida maʼlumot bermadi. Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan video lavhalardan birida ekranda “Tiandy” soʼzini koʼrish mumkin. Ushbu kompaniya Xitoyda video kuzatuv kameralarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Izoh: Qirgʼiziston ichki ishlar vazirligi fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan kameralar qaysi davlat tarafidan oʼrnatilgani haqida maʼlumot bermasa-da, bu ishlar Xitoy tarafidan amalga oshirilayotgani koʼpchilikka sir emas.
Ichki ishlar vazirligining koʼchalardagi yuzni oʼqiy oladigan videokameralar fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʼrnatilganligi haqidagi daʼvosi asossizdir. Аgar rostdan ham fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan videokameralar oʼrnatishdan koʼzlangan maqsad fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash boʼlsa, bu ish Qirgʼiziston davlatining oʼzining ham qoʼlidan kelar edi.
Shunday ekan, bu loyihani amalga oshirishga davlatning oʼzi qodir boʼla turib, xorijiy davlatlarga topshirish ummatni dushmanga sotish demakdir. Chunki ular kameralar orqali yozib olingan tasvirlardan oʼzimizga qarshi foydalanadi. Xitoy Sharqiy Turkistonda fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan “aqlli kameralar” oʼrnatib, bugungi kunda uch millionga yaqin uygʼur musulmonlarining boshiga qanday ogʼir kunlarni solayotganiga oʼzimiz guvoh boʼlib turibmiz. Ertaga bu zulmlarini bizning ham boshimizga solishi ehtimoldan uzoq emas.
Hatto Ichki ishlar vazirligining xabariga qaraganda, Qirgʼiziston hukumatining oʼzi ham, hozirgi paytda fuqarolar yuzini oʼqiy oladigan kameralardan oʼz istaklariga koʼra musulmonlar ortidan josuslik qilish, ularni izlab topish va hibsga olish uchun foydalanmoqda. Bu kameralar bugunga kelib, ularning qoʼlidagi repressiya quroliga aylanib ulgurgan.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.