Yevropa kengashi rahbari Markaziy Osiyo rahbarlari bilan uchrashdi

158
0

Yevropa kengashi rahbari Markaziy Osiyo rahbarlari bilan uchrashdi

 Xabar: Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel joriy yil 2-3 iyun kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

Sh. Mishel Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mezbonligida Cho‘lponota shahrida tashkil etilgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida ishtirok etdi.

Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov ishtirok etdi.

 Yevropa kengashi rahbari Qirg‘izistonga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

 Ikki mintaqa yetakchilarining ilk yuzma-yuz muloqoti 2022-yil 27-oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

 Izoh: Rossiya AQSH tomonidan shakllantirilgan xalqaro siyosat va qonunlarni bir chetga surib qo‘yib, Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini boshladi. Rossiya bu urushda tezkor g‘alabaga erishishni va shu orqali NATOni o‘z chegaralari uzra kengayishiga to‘siq qo‘ymoqchi va shu orqali o‘zini dunyoda hisoblashishga majbur bo‘ladigan ir kuch sifatida namoyish qilishni rejalashtirgan edi. Ammo, urush u tuzgan reja bilan bormadi. Aksincha, urush cho‘zilib ketishi va AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlarini Rossiyaga qarshi joriy etgan sanksiyalari uni siyosiy, harbiy va iqtisodiy tomondan qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Bu urush xali yana uzoq davom etishi va Rossiya iqtisodi bunga bardosh bera olmasligi kundan-kunga ravshanlashib bormoqda. Rossiyani holdan toyib borishi uni qariyb ikki asrdan beri mustamlakasi bo‘lib kelgan va Rossiya o‘zining ekinzori sifatida ko‘rishga odatlangan Markaziy Osiyo ustida mustamlakachilikning yangi kurashlarini avj oldirib yubordi.

 AQSH mintaqa davlatlarini iqtisodiy tomondan “TAPI” va “CASA-1000”, “Termiz-Mazori-Sharif-Qobul-Peshavor” temir yo‘l loyihalari orqali o‘ziga bog‘lab olishga urinayotgan bo‘lsa, siyosiy tomondan “S5+1”, Turkiya boshchiligidagi “Turkiy davlatlar tashkiloti” orqali nufuzini mustahkamlashga harakat qilib kelmoqda. Amerika mintaqani faqat iqtisodiy va siyosiy tomondan o‘ziga tortish bilan kifoyalanib qolmay, mintaqa davlatlariga harbiy yordam ko‘rsatish orqali ularning harbiy qaramligini ham kuchaytirib borishga intilmoqda.

 Xitoy shu vaqtga qadar mintaqa davlatlari bilan siyosiy jihatdan faol hamkorlik qilmayotgan, ammo turli iqtisodiy loyihalar orqali mintaqada iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishga e’tibor qaratayotgan edi. Rossiya dunyo hamjamiyati ko‘ziga qudratli davlat sifatida ko‘rinib turgan vaqtda Xitoy ham Rossiya bilan o‘ylabroq munosabatda bo‘lib keldi. Ammo, Ukraina urushida “rus ayig‘ining” qudrati fosh bo‘lib qolgach, Xitoy avvaldan Rossiya to‘siq bo‘lib kelgan qator loyihalarning jadallik bilan amalga oshirishga kirishdi. “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida “Yangi ipak yo‘li” loyihasini amalga oshirishga jiddiy kirishdi. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasi va bu loyihani yanada kengaytirib, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” yangi koridorini tashkil etish harakatini boshladi va o‘tgan yilning sentyabr oyida ushbu yo‘lak bo‘ylab “Qashg‘ar-O‘sh-Andijon-G‘alaba-Hayraton” yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab yuk poyezdini sinovi bo‘lib o‘tdi. Endilikda Xitoy mintaqa davlatlari bilan faqat iqtisodiy hamkorlik bilan cheklanib qolmay, siyosiy va harbiy odimlar tashlashni ham boshlab yubordi. 18-19 may kunlari Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo-Xitoy Osiyo” sammitida ilk bor mintaqa davlat rahbarlari va Xitoy prezidenti yuzma-yuz uchrashib iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda siyosiy va harbiy hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi. Sammit yakunida XXR raisi Si Jinpin Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

 Har bir mustamlakachi yangi bo‘shab borayotgan maydonni o‘z ta’siri va nufuzi bilan to‘ldirib borgani kabi Yevropa Ittifoqi ham Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kengaytirishga intilmoqda. YEIning bu yo‘lda asosan “inson huquqlari”, “fikr erkinligi”, “gender tenglik” “g‘oyalaridan” foydalanib, demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlarni rivojlantirsh va ta’lim sohasiga mablag‘lar ajratish orqali amalga oshirmoqda. Masalan, 2019-yili Yevropa Ittifoqi va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida ta’lim sohasini qo‘llab-quvvalash uchun 35,7 million yevrolik shartnoma imzolangan bo‘lsa, joriy yilning 6-aprel kuni Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida moliyaviy kelishuv imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ta’lim va fan vazirligiga 32 million yevro miqdorida evazsiz yordam beradi. Uning 27 million yevrosi davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun va 5 million yevro qo‘shimcha yordam tariqasida ajratildi. O‘tgan yildan boshlab esa “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti orqali mintaqa davlatlariga siyosiy ta’sir o‘tkazish platformasini ham ishga soldi. 

 Demak, Markaziy Osiyo mintaqasi ustida mustamlakachilik kurashi tobora kuchayib boradi. Afsuski, ustimizdagi malay va qaram hokimlar arzimagan moddiy manfaatlarni qo‘lga kiritish yoki o‘z kursini saqlab qolish ilinjida kuch kim tomonda bo‘lsa o‘shaning ortidan ergashib ketishmoqda. Ular uchun xalq manfaati va kelajagining hech qanday ahamiyati yo‘q.

 Biz musulmonlar, foydaga asoslangan va zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumni uloqtirib tashlab, Islom sari fadam tashlamagunimizcha mustamlakchilarning nufuz talashishidagi quroli bo‘lishdan, ularning ustimizdagi zulmidan xalos bo‘la olmaymiz. Shunday ekan, nafaqat Markaziy Osiyo xalqini, balki butun dunyo ahlini bunday xorlik va zulmlardan ozod qiluvchi Xalifalik davlatini tiklash yo‘lida bir tanu, bir jon bo‘lib harakat qilishmiz zarur!

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.