Shanxay Hamkorlik Tashkiloti majlisi

187
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti majlisi

Ustoz Hasan Hamadon

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Yevroosiyo xalqaro siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik tashkilotidir. SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda Osiyoning Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston doxil olti davlat rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. Tashkilot nizomi 2002 yil iyun oyida imzolangan bo‘lib, 2003 yil 19 sentyabrda kuchga kirgan. Mazkur davlatlar (O‘zbekiston bundan mustasno) 1996 yil 26 aprelda Shanxayda tashkil etilgan «Shanxay beshligi»ga a’zo bo‘lishdi.

SHHTning maqsadlari a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik siyosatini mustahkamlash, terrorizmga qarshi kurashish, xavfsizlikni kuchaytirish, jinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, separatistik harakatlar va diniy yoki etnik ekstremizmga qarshi turish, shuningdek, siyosat, savdo, iqtisod, ilm-fan, texnika, madaniyat, transport, ta’lim, energetika, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda hamkorlik qilish, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabilardan iborat.

Hindiston bilan Pokiston 2017 yil 9 iyun kuni Ostona sammitida tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shildi.

Shanxay beshligi guruhi 1996 yil 26 aprelda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlat rahbarlarining «chegara hududlarda harbiy ishonchni mustahkamlash» to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi natijasida Shanxayda tashkil etilgan. 1997 yil 24 aprelda xuddi shu davlatlar Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «chegara hududlarida harbiy kuchlarni cheklash» to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Bular Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga qisqa va birrov nazar tashlash natijasida aytilgan gaplardir. Tashkilot haqida – ayniqsa, ko‘plab davlatlarning qo‘shilishi va yangi a’zolar qabul qilinganidan keyin – juda ko‘p gapirildi. Ba’zilar bu tashkilotni G‘arb nufuziga va Shimoliy Atlantika Ittifoqi (NATO) kabi tashkilotlarga qarshi kurashish uchun Xitoy va Rossiyaning mushtarak sa’y-harakatlari, deb o‘ylaydi.

Ushbu qarash va taxminlar to‘g‘rimi yoki bu tashkilotning ta’siri kamayib, fikr va yo‘nalish birligini yo‘qota boshladimi?

Tashkilotga a’zo davlatlar aholisi dunyo aholisining taxminan 44 foizini tashkil qiladi. A’zo davlatlar chegaralari Sharqda Shimoliy Muz okeani va Hind okeanidan Tinch okeani va Boltiq dengizigacha cho‘zilgan. Yalpi ichki mahsuloti esa, Jahon yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ko‘plab davlatlarning SHHTga qo‘shilishini yoki u bilan kompaniyalar tashkil etilishini e’tiborga olganda, tashkilot ulkan iqtisodiy salohiyatga ega.

Biz bunday katta sonlarga va a’zolik keng qamrovda olib borilganiga diqqat bilan nazar tashlaydigan bo‘lsak, amalga oshmaydigan xayollarga hamda o‘z kelajagi borasida balandparvoz tasavvurlarga ega bo‘lgan ayni tashkilotning maqsadlariga nisbatan teskarilik borligini ko‘ramiz. Masalan, unga a’zo davlatlarning siyosiy qarashlarida birlik yo‘q, balki juda katta qarama-qarshilik mavjud, hatto ba’zilari bir-biriga dushman davlatlardir, Xitoy-Hindiston, Pokiston-Hindiston kabi. Bu esa uning maqsadlarini fojiaviy voqelik, tarixiy adovat va o‘zaro ishonchsizlik qoyasiga urib chilparchin qiladi.

Misol uchun, o‘zining yagona pozitsiyasiga, siyosiy, harbiy va iqtisodiy nufuziga hamda xayolparast Fransiya nazarida o‘z-o‘zini mudofaa qiluvchi mustaqil Yevropa blokiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqiga birrov nazar tashlaydigan bo‘lsak, undagi a’zo davlatlarning aksari Yevropa Ittifoqi uchun quvvat emas, balki tobutiga qoqilgan mix bo‘lganini ko‘ramiz. Shuning uchun Amerika boshqa davlatlarning qo‘shilishi qanday oqibatga olib kelishini bilgani uchun SHHTga ham yangi davlatlarni qo‘shishga chaqirdi. Biz SHHTdagi ushbu muammoga boshqa bir qancha muhim va zaruriy punktlarni ham qo‘shib, shularni ko‘rib chiqmoqchimiz:

Birinchi: Rossiya bilan Xitoyda xalqaro rol uchun kerakli asosiy omillar yetishmaydi, faqat quruq xomxayollar bor, xolos.

Ikkinchi: Rossiya bilan Xitoy SHHTga a’zo davlatlarning hammasi ustidan real siyosiy ta’sirga ega emas. Aksincha, Hindiston va Pokiston kabi ba’zi davlatlarning siyosiy qarorlari AQSHning qo‘lida. Tashkilotga a’zo boshqa ba’zi davlatlar esa, Rossiya va Xitoyning ambitsiyalaridan – ayniqsa Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng – qattiq qo‘rqishadi hamda Xitoyning Janubiy Xitoy dengizida kengayishidan xavfsirashadi.

Bu davlatlar Amerikaga tobe bo‘lganligi hamda AQSH ularning chiqaradigan qaror va tasdiqlovlarida o‘ziga xos rolga ega ekanligi sababli Rossiya bilan Xitoy Amerika bilan raqobatlashishda bu davlatlarga o‘zlarining real yo‘nalish yoki ambitsiyalarini tiqishtira olmaydi. Shuningdek, Amerika o‘ziga malay va tobe davlatlar ustidan ta’sirga ega ekanligi va ularning siyosiy qarorlarini o‘z qo‘lida ushlab turganligi sababli Rossiya bilan Xitoy o‘z manfaatlari uchun Amerikaga qarshi real pozitsiyani egallay olmaydi. Shu bois, amerikaparast davlatlarning SHHTda bo‘lishlari Rossiya va Xitoyning strategik manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday haqiqiy tendensiyani real ravishda o‘ldirib, yo‘qqa chiqaraveradi. Bu xuddi siyosiy jihatdan Amerikaga sodiq bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarining holatiga o‘xshaydi. Zero, Sharqiy Yevropa davlatlari har qanday mustaqil Yevropa birlashuvini oldini olishning, hatto Yevropaning kengayishga intilishi qanday qilib uning birlashish g‘oyasini real ravishda o‘ldirib, yo‘qqa chiqarganining eng yaxshi isbotidir.

Uchinchi: Agar Rossiya bilan Xitoy ushbu malay davlatlarning haqiqatini anglab turib, ularni SHHTga qo‘shishgan bo‘lsa, bu halokatga olib boruvchi g‘irt ahmoqlikdir. Agar buni anglab yetmagan bo‘lishsa, u holda ayni tashkilotga yetakchilik qilishga loyiq emaslar.

To‘rtinchi: Amerika siyosiy zaiflik, siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy krizislar hamda AQSH muassasalari va partiyalari o‘rtasidagi bo‘linish va kelishmovchiliklar iskanjasida yashayotgan ekan, muqarrar ravishda barqaror saqlanib qoladigan davlat emas, aksincha, ildizini qurt kemirayotgan davlatdir. Lekin AQSH bilan raqobatlashish uchun xalqaro tizim va xalqaro muassasalarni tuzishda unga qarshi chiqadigan, bunday tashkilotlarga a’zo bo‘lmaydigan, dollarga global valyuta sifatida tayanmaydigan va Amerikadan manfaat va ushoqlarni bo‘lishishni talab qilmaydigan qudratli davlat kerak. Bu qudratli davlat Amerikaning mabdaidan farqli mabdani, uning qarashlariga zid qarashni ko‘tarib chiqadigan, ma’lum siyosiy ongdan kelib chiqib harakat qiladigan davlat bo‘ladi. U, shuningdek, zahri qotil yoki harakatini falaj qilib qo‘yadigan davlatlardan birorta ittifoq-blok tuzmaydi. Zero, bunday davlatlardan tuzilgan ittifoq cheklangan maydon ichida, ta’sirsiz va raqobatga layoqatsiz ahvolda qolib ketadi. Shu bois, Amerikaning xalqaro mavqeidan olib tashlash uchun ma’bdaga asoslangan, chuqur siyosiy ongli va aniq siyosiy maqsadlarga ega davlat kerak. Bu esa Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir.

Shuning uchun strukturasi beqaror, a’zo davlatlari Amerikaga qaram va yetakchilarida siyosiy ong yetuk bo‘lmagan bunday blok va alyanslarning Amerika bilan raqobatlashish sari biron bir qadam tashlashi mumkin emas. Ularning taqdiri ham xuddi Fransiyaning puch xayollari tufayli qora kunlarni boshdan kechirayotgan Yevropa Ittifoqining taqdiri kabi bo‘lsa kerak.

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.