Jeenbek Kulubayev: Bizda Rossiya bilan hamkorlik qilishga to‘siqlar yo‘q

123
0

Jeenbek Kulubayev: Bizda Rossiya bilan hamkorlik qilishga to‘siqlar yo‘q

 Xabar: Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev g‘arb tomondan sanksiyalar kirishi mumkin deyilayotgan so‘zlarga qaramay Qirg‘izistonning Rossiya bilan hamkorligida unchalik muammolarni ko‘rmaganini bildirdi. Bu haqda TIV boshchisi “Rossiya 1” telekanalining jurnalistiga aytdi.

 “Biz strategik hamkormiz. Bizning hamkorligimiz uchun hech qanday to‘sqinliklar yo‘q. Bizning g‘arbdagi hamkorlar sanksiyalar bo‘lishi mumkin demoqda, ammo o‘z qoidalarimiz bilan ketyapmiz va muammolar yo‘q”, – dedi Kulubayev.

 Avvalroq, prezident Sadir Japarov Rossiya davlat Dumasining Federal yig‘inining raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Rossiya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga va rivojlantirishga alohida e’tibor berishini aytgan.

 Britaniyaning The Economist jurnalining ma’lumotiga ko‘ra, KXSHT va YEOIIga a’zo Qirg‘iziston “Rossiyaning do‘stlari” reytingida uchinchi pog‘onaga chiqqan.

Izoh: Markaziy Osiyo respublikalari, shu jumladan, Qirg‘iziston ham hozir bolg‘a va sandon o‘rtasida qoldi. Bir tomondan Putin boshchiligidagi rus rasmiylari mintaqa davlatlari bosim o‘tkazib, tahdidli bayonotlar berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan AQSH boshchligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga rioya etishga majbur qilishmoqda. 

 2022-yil 22-dekabr kuni Moskvada “Valday” munozara klubining tahlil markazi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo va Ukraina inqirozi” mavzusidagi anjumanda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Aleksandr Sternik Kremlning Markaziy Osiyo respublikalariga nisbatan siyosatini “strategik sabr-toqat” deb atab, mintaqa davlatlarini Rossiyaga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalarga rioya qilish oqibatlaridan ogohlantirib:

 “Aloqalarni to‘xtatishga oid kichik ishora ham shunchalik katta iqtisodiy xarajatlarga olib kelishi mumkinki, ularni xo‘jayinlarning (AQSH va Yevropa Ittifoqi nazarda tutilmoqda) kompensatsiya haqidagi hech qanday va’dalari qoplay olmaydi”, – deya tahdidli bayonot berdi.

 O‘z navbatida, aprel oyi oxirida AQSH Moliya vazirligining moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari Elizabet Rozenberg va Savdo vaziri o‘rinbosari Metyu Akselrod Qirg‘izistonga tashrif buyurib, hukumat vakillari va Milliy bank rahbari bilan Moskvaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarini to‘xtatish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining sanksiyalar bo‘yicha direktori Devid Rid ham 26-28-aprel kunlari Bishkekda bo‘lib, Moskvaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirib yuzasidan hakimiyat vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashgan edi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan Markaziy Osiyoga mamlakatlariga tashrifini Qirg‘izistondan boshlab, 28 mart kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarning fikrini hurmat qilishini bildirdi. Ammo, bir vaqtning o‘zida Rossiya bilan munosabatlarni davom ettirayotgan mintaqa davlatlarni “muammolarga duch kelishi” bilan tahdid qildi.

 “Sizning importga bo‘lgan talab va ishtahangiz oshdimi yoki bu tovarlar Rossiyaga tovarlar eksport qilinyaptimi, bilmoqchimiz. Oxirgi holat muammolarni keltirib chiqaradi”, – dedi O‘Sallivan.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil oxiriga kelib Yevroittifoqdan Qirg‘izistonga tovarlar eksporti 300 foizga, ilg‘or texnologiyalar va ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar esa 700 foizga oshgan.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.