Kofir G‘arb davlatlarining yurtlarimizdagi qadamlari avvalgidek barqaror emas

114
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kofir G‘arb davlatlarining yurtlarimizdagi qadamlari avvalgidek barqaror emas

Ummat o‘zining achchiq voqeligini tobora yaxshi anglamoqda. U kerakli o‘zgarishni amalga oshirishga imkon beradigan fikriy va siyosiy ongga ega bo‘ldi. Kofir G‘arb davlatlarining qadamlari esa yurtlarimizda avvalgidek mustahkam emas. Bil’aks, Ummat ongining o‘sganligi sababli iliklari qaltiraydigan, muvozanatini yo‘qotadigan, har doim xato qiladigan, rejalari o‘zining ziddiga natija beradigan bo‘lib qoldi. Hatto aytish mumkinki, kofir G‘arb hamma o‘qlarini otib tugatdi, o‘qdonida hech narsa qolmadi. Otgan o‘qlari xolis faoliyat qilayotgan insonlarning ongi natijasida va avvalo Alloh Taoloning fazli karami ila o‘zining malaylariga tegib o‘ldirdi va makrlarini puchga chiqardi.

Bu buyuk Ummatga – uning safidagi qobiliyatli, o‘z va’dasiga xilof qilmaydigan va loyiq insonlarga – Parvardigori tomonidan nusrat va g‘oliblik va’da qilingan. Alloh Taolo aytadi:

وَعَدَ اللهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun o‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning ahvolini xavfu-xatarlardan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Bugun Ummatning harakati tobora o‘sayotgan harakatdir. U o‘z turmush tarzini Robbisining ahkomlari bilan tartiblashtirdi, yo‘nalishini o‘zining qoni bilan chizdi, bu yo‘lda jonini va jigargo‘shalarini qurbon berdi. Tarix bizga Xanso haqida rivoyat qilar ekan, Shom ayollarining hammasi xansolarga aylandi. Tarix bizga yetakchi yigitlar haqida aytar ekan, bugungi yigitlarimizning barchasi o‘zlarining hisobsiz qurbonliklari va fidoiyliklari bilan o‘shanday yetakchilar bo‘lishga loyiq bo‘ldilar… Zero, ular Allohga yuzlanib, U zotning buyruqlariga amal qilishar ekan, bu yo‘lda ularning ayrimlari o‘z ahdiga vafo qildi, ya’ni shahid bo‘ldi, ayrimlari esa shahid bo‘lishga intizordirlar. Ular munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini o‘zgartirganlari yo‘q.

Roya gazetasining 2023 yil 3 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.