Kamolchilar ilmoniyligi bilan Erdogan ilmoniyligi o‘rtasidagi farq!

164
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kamolchilar ilmoniyligi bilan Erdogan ilmoniyligi o‘rtasidagi farq!

Kamolchilar ilmoniyligi (ya’ni Yevropa ilmoniyligi) bilan Erdogan ilmoniyligi (ya’ni Amerika ilmoniyligi) o‘rtasida bitta farq bor. Kamolchilar ilmoniyligi ateizm bilan bir xil bo‘lib, hayotning barcha sohalarida dinning har qanday ko‘rinishini rad etadi… Bu ochiqdan-ochiq musulmonlarning his-tuyg‘usi bilan o‘ynashish bo‘lib, ular Islomga ochiqchasiga, yuzsizlik va pastkashlik bilan dushmanlik qilishadi. Shuning uchun musulmonlar kamolchilar ilmoniyligiga va uning tarafdorlariga nisbatan mutlaq rad etuvchi pozitsiyasini egallaganlar. Zotan, musulmonlar orasida uning yulduzi so‘nib bo‘ldi, alhamdu lillahi Robbil alamin.

Erdogan ilmoniyligiga kelsak, u musulmonlarga hayotdagi shaxsiy ishlarda islomiy tuyg‘ularini ifoda etishlari uchun kichik bir tuynuk qoldiradi. Ammo davlat va jamiyat tizimlarida u kamolchilar ilmoniyligi bilan bir xildir. Ularning har ikkisi ham insonni ilohiylashtirib, qonun ishlab chiqarish hamda halol va haromni belgilashni uning o‘ziga topshiradi. Bu esa shubhasiz, Qur’onga ziddir. Zero, Alloh Taolo

إنِ الْحُكْمُ إِلاَّ للهِ أَمَرَ أَلاَّ تَعْبُدُوا إِلاَّ إِيَّاهُ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ

«Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat O‘zigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng to‘g‘ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko‘plari buni bilmaydilar» [Yusuf 40]

deya halol-haromni belgilaydigan qonun tuzuvchi yolg‘iz O‘zi ekanini bayon qilgan.

Yevropa ilmoniyligi bilan Amerika ilmoniyligi, har ikkisi butun insoniyat muammolari va krizislarining sababchisidir. Zamonimizdagi fojialar, musibatlar, azob-uqubatlar, fitnalar, bezovtaliklar, urushlar, portlashlar va suiqasdlar, hamma-hammasini mana shu ilmoniylik keltirib chiqardi.

Musulmonlar va dunyodagi boshqa insonlar uchun yagona chiqar yo‘l esa, ularning yaratuvchisi tuzib bergan tuzumni tatbiq qilishdir. Chunki ularning hayotlarini nima tuzatishini yolg‘iz ularning yaratuvchisi biladi.

أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ

«(Axir) yaratgan zot (O‘zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir» [Mulk 14]

Insonga yaratuvchisi tomonidan berilgan tuzumgina to‘g‘ri tuzum bo‘lib, faqat ugina insoniyat uchun muammolari hech qachon tugamaydigan kapitalizm va ilmoniylik zulmidan chiqish yo‘lidir. Buning uchun esa Hizb ut-Tahrir yetakchiligida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish lozim. Zero, Xalifalik barcha muammolarni tubdan hal qilib, olamni xavfsizlik, tinchlik, barqarorlik va xotirjamlikka to‘ldiradi.

Roya gazetasining 2023 yil 3 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.