Shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash – shaxslarni   davolash chora-tadbirlari

259
0
Tele medicine concept,Medical Doctor online communicating the patient on VR medical interface with Internet consultation technology

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

 Bismillahir rohmanir rohiym

 Shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash – shaxslarni   davolash chora-tadbirlari

Jamiyatda islomiy nizomar o‘rnatilgani bois, Xalifalik davlati davrida kapitalistik dunyoga qaraganda, shaxslarni davolash chora-tadbirlari yuki ancha yengil bo‘ladi

  Xalifalik davlatida umumiy e’tibor profilaktika, vaqtni boy bermasdan erta aralashuv hamda jismoniy va ruhiy salomatlikka yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishga qaratiladi. Binobarin, Islom davlati zimmasiga kasalliklarga chalingan kishilarning sog‘ligi ehtiyojlarini qoplash va shaxslarni davolash uchun samarali tizimlarni yaratish mas’uliyati tushadi. Biroq, bu yuk Xalifalik davlati soyasi ostida kapitalizm olamidagi yukdan yengil bo‘ladi. Chunki, kapitalistik tuzmlarda spirtli ichimlmklarni iste’mol qilish va jinsiy hurriyat kabi haddan ziyod erkinliklar natijasida kelib chiqqan sog‘liq muammolari mavjud bo‘lib, bularning barchasi sog‘liqni saqlash xizmatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga boylik ortirish, foyda oridan chopish hamda semizlik, yurak qon tomir kasalliklari va qantli diabetni kuchaytiradigan nosog‘lom oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish kabi kapitalistik iqtisodiy tuzmdan kelib chiqqan muammolar ham qo‘shiladi. Shuningdek, iztirob chekish, umidsizlik, giyohvand moddalarga qaramlik kabi ruhiy kasalliklarning aksar qismi ijtimoiy omillar, masalan oila parokandaligi, jamiyatdagi aloqalarning yomonligi, jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarning yo‘qolishi va odamlarni ish beruvchilarga qul qiladigan ish talablari natijasida kelib chiqmoqda va u kundan kunga ziyodalish bormoqda.

  Misol uchun, Britaniyada spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdori har yili 3.5 milliard funt sterlingni tashkil etadi va bu jismoniy va psixologik muammolar uchun shifoxonalarga yotqizishni ham o‘z ichiga oladi. Ammo Xalifalik davlatida esa, aroq va shu kabi har qanday aqlni yo‘qotuvchi ichimliklarni iste’mol qilish qat’an haromdir. Bu esa, o‘z navbatida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatlarini va undan kelib chiqadigan ruhiy zarba (shok, stres), jigar kasalilari va shu kabi boshqa kasalliklarni hamda ichkilik oqibatida yuz beradigan baxtsiz hodisalarni bartaraf etadi. Britaniyada 2019-yilda jinsiy yuqadigan kasalliklarning 486 342 ta holati aniqlangan. Bu esa, yuzlab million funt sterlingga tushadi. Ammo Xalifalik davlatida esa, Islom erkak va ayol orasidagi munosabatlarni nikoh bilan cheklaydi. Bu esa, jinsiy erkinliklardan kelib chiqadigan kasalliklarning yukini yo‘qotadi. Ortiqcha vazn va semizlikka aloqador kasalliklarga kelsak, Angliya sog‘liqni saqlash korparatsiyasi 31/03/2017 yili milliy sog‘liqni saqlash xizmatining ortiqcha vazn va semizlik bilan bog‘liq kasalliklarga sarflagan xarajatlarini 6,1 milliard funt sterlinga baholagan hisobotini chiqargan. Hisobotda aytilishicha, jamiyat darajasida xarajat 27  milliard funt sterlingga baholangan. 2050- yilga borib Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga ortiqcha vazn va semizlik bilan bog‘liq kasalliklarning narxi 9.5 milliard sterlingga yetishi kutilmoqda. Jamiyat uchun esa, bunday kasallikdar narxi har yili 49.9 milliard funtga yetishi mumkin. Ushbu kasalliklarning aksariyati nosog‘lom va g‘ayri tabiiy oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatiga katta foyda olib keladigan, ammo jamiyat uchun katta xarajat talab qiladigan sudxo‘rlik iqtisodiyoti tufayli yuzaga keladi. Misol uchun, 2019-yili yanvar oyida Britaniyaning Diabet jurnali 2-toifa diabetni davolash xarajatlari haqida maqola chop etdi. Unga ko‘ra, bu xarajat 12 milliard funt yetgan. Bu sog‘liqni saqlash xizmati budjetining 10%ini tashkil etardi. Ingliz sog‘liqni saqlash jamg‘armasi sog‘liqni saqlashdan tashqari xarajatlar 15.8 milliard funt sterlingni tashkil etgan bir paytda, yurak xastaliklari uchun sog‘liqni saqlash xarajatlarining o‘zini yiliga 7.4 milliard funt sterlingga baholaydi.

Ammo Xalifalik davlatida esa, bu muammolarning xajmini qisqartiradigan bir necha omillar mavjud. Jumladan, savdogarlar semizlik epidemiyasi va uning oqibatlariga olib keladigan zararli oziq-ovqatlarni keng miqyosda reklama ham qila olmaydilar va bunday zararli maxsulotlarni bozorlarga aslo chiqara ham olmaydilar. Qolaversa, da’vatni jihod bilan yetkazish tushunchasi  xalqni ommaviy shaklda puxta jismoniy tayrgarlik darajasida bo‘lishni talab qiladi. Bunga qo‘shimcha, Islomda taom tanovul qilish odoblariga rioya qilish  ishtaxani ozaytiradi va semirib ketishning oldini oladi.

  Ruhiy salomatlikka kelsak, Angliyadagi MIND tashkiloti tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, har to‘rt kishidan biri har yili ruhiy salomatlik muammolariga duchor bo‘ladi. Yil davomida xaftada  bir kishi  tashvish va umidsizlik kabi shunday umumiy psixologik muammolarga duch keladi.  Ammo Xalifalik davlati soyasida esa, Islom aqidasiga bo‘lgan iymonni ta’lim, ommaviy axborot vositalari va toat-ibodatga qiziqtirish kabi vositalar bilan kuchaytirish, Islomdagi ijtimoiy nizomni taqbiq etish, oilaga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, qarindoshlik rishtalarini ulashga undaydigan sha’iy ahkomlarni amalda ijro qilish – mana bularning barchasi ruhiy bosimdan kelib chiqqan yukni yengillatishga yordam beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.