Konstitutsiya oddiy til bilan aytganda…

171
0

Konstitutsiya oddiy til bilan aytganda…

 5-mayda Qirg‘izistonda konstitutsiya kuni nishonlanadi. Mazkur maqolada shu sanaga taalluqli masalalarni oddiy so‘z bilan tushuntirishga harakat qilinadi va bundan xulosa chiqarish sizlarning aqllaringizga xavola qilinadi.

 Har bir mafkura yashash uchun zarur bo‘lgan barcha qonunlarni o‘zi ichiga oladi. Bu mafkura hayotda amalga oshishi uchun undan kelib chiqqan qonunlar hayotga tatbiq qilinishi shart. Shu qonunlar tatbiq qilinishining bir usuli bu – konstitutsiya tuzishdir. Aslida bu bir uslub bo‘lib, uni tuzsa ham, tuzmasa ham bo‘laveradi. Agar konstitutsiya tuzish kerak bo‘lsa, demak, unga bir mafkura aqidasi asos qilib olinadi, ya’ni bir aqidadan kelib chiqadi. Shuningdek, o‘z navbatida mazkur konstitutsiya boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib qoladi, ya’ni kodekslar va ular o‘z ichiga olgan qonunlar shu asosdan olinadi.

 Insoniyat tarixidagi ilk konstitutsiya 1887-yili tuzilgan AQSH konstitutsiyasi bshlib, uning asosi – demokratik aqidadir. Demokratiya mafkurasi “xalq hokimiyati” niqobi ostida bo‘lishiga qaramay, haqiqatda bu mafkurani amalda tatbiq qilinishi kapitalistlar hukmronligi orqali amalga oshadi. Shu sababli, AQSHning bu konstitutsiyasi kapitalizmni hayotga tatbiq qilinishini bir usuli hisoblanadi. Buyuk Britaniya esa kapitalizmni konstitutsiyasiz ham tatbiq qilib keladi.

 Kapitalizmning “demokratiyani” dunyoga yoyishidagi tariqati – imperializmdir, ya’ni mustamlakachilikdir. Shuning uchun mustamlakachi davlatlar dunyo mamlakatlarini mustamlaka qilib olishgan. Shuningdek, ular mastamlaka talashishda o‘zaro raqobatlashib, bir-biri bilan kurash olib borishadi.

 G‘arb mustamlakachilari Chor Rossiyasini holdan toydirish uchun 1917 yilgi fevral inqilobiga yordam berishdi. Bu podshoxlik tuzumini demokratik tuzumga almashtirish nomi ostida bo‘ldi. Aslida, bu kapitalizmni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘zgarishi edi xolos. Shundan so‘ng Muvaqqat hukumat “Rossiya demokratik respublikasining” konstitutsiya loyihasini tayyorladi, biroq, sotsialistik oktyabr inqilobi sodir bo‘lgani tufayli bu konstitutsiya qo‘llanilmay qoldi. Oktyabr inqilobidan keyin Rossiya sotsialistik davlat bo‘lib qoldi va 1918-yilda kommunistik aqidadan kelib chiqqan konstitutsiyasini qabul qildi. Bu konstitutsiya to SSSR qulagunga qadar sotsialistik qonunlarni hayotga tatbiq qilishdagi uslub sifatida qo‘llanib kelindi.

 Qirg‘iziston 1926-yilda RSFSR tarkibidagi muxtor viloyatdan muxtor respublikaga aylanganidan so‘ng – ittifoqning boshqa mustamlakalarida bo‘lgani kabi – uning ilk konstitutsiyasi tuzildi (1929-yil). U SSSRning sotsialistik qonunlarini tatbiq qilishda yengillik yaratish doirasida bo‘lgan.

 SSSR qulaganidan so‘ng uning merosxo‘ri Rossiya, shuningdek, undan ajrab chiqqan va soxta mustaqillik olgan respublikalar ham – sotsializmdan kapitalizmga olib o‘tgan – konstitutsiyalarni qabul qilishdi. Ya’ni, mazkur konstitutsiyalar demokratik aqidadan kelib chiqib, uning nomi ostida kapitalizm qonunlarni tatbiq qilinishiga asos bo‘lib berdi. Shunday qilib, soxta mustaqillik olgan respublikalarda bu konstitutsiyalar mustamlakachilar nufuzlarini mustaxkamlovchi uslublardan biri bo‘lib qoldi. Bizdagi konstitutsiyalarni “demokratik prinsiplarga mos kelishi”, “xalqaro normalarga zid kelmasligi”, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat qilib turilishi – jozibador so‘zlar bilan qanchalik bezatilmasin – bizni mustamlaka ekanligimizga dalolat qiladi.

 “Mustaqillikka erishgan”lar qatorida Qirg‘izistonda ham “afsonaviy parlament”1993-yil 5-mayda mamlakatni sotsializmdan kapitalizmga olib o‘tgan konstitutsiya qabul qildi. Bundagi eng e’tiborli jihat davlat mulkini xususiylashtirish bo‘ldi (yerdan boshqa).

 Mustamlakachilar qo‘l ostidagi davlatlarning boyliklarini tashib ketish va xalqini qul qilish uchun ularning ustiga o‘z malaylarini hokim qilib qo‘yishadi. Bu hokimlar esa mustamlakachilarga malaylik qilishdan tashqari o‘z hokimiyatlarini mustaxkamlashda biz so‘z yuritayotgan konstitutsiyalardan foydalanishadi.

 Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar birinchi bor 1994-yili kirgizildi. Bu orqali prezident Akayev o‘z saloxiyatlarini kengaytirib, 105 odamdan iborat “qo‘lbola” qo‘sh palatali parlamentni olib kelishga yo‘l ochdi (bunga qadar 350 deputatdan iborat bo‘lgan “afsonaviy parlament” tarqatib yuborildi).

 Ikkinchi o‘zgartirish 1996-yili bo‘ldi. Bu orqali prezident vazirlar, mahalliy hukumat rahbarlarini o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi va parlamentni tarqatib yuborish huquqini oldi.

 1998-yilgi o‘zgartirishlarda, yer xususiy mulk sifatida beriladigan bo‘ldi. Bu sotsializmdan kapitalizmga bosqichma-bosqich o‘tish loyihasi doirasida ishga oshdi.

 2001-yilgi o‘zgartirishlarda, asosan, rus tili rasmiy til bo‘lib kiritildi. Bu Rossiyaning bevosita xo‘jayin sifatida tan olish va uni rozi qilish ilinjida bo‘ldi.

 2003-yilgi o‘zgartirishlar bo‘yicha, fuqarolarning namoyishlar o‘tkazishlariga cheklovlar kiritildi, sobiq prezidentga nisbatan daxlsizlik qabul qilindi, sobiq prezidentning yaqinlari davlat budjetidan ta’minlanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, prezident izma-iz ikki martadan ko‘p saylanish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa Akayev prezidentligi uzluksiz davom etishini bildirar edi. Shuningdek, parlament 90 deputatdan iborat bo‘lib bir palataga aylantirildi va partiyaviy tizimda saylanadigan bo‘ldi. Bu o‘zgartirishlar ham Akayev oila a’zolarining hukmronligiga xizmat qilar edi. Shu sababli ham 2005-yilgi parlament saylovlarida Bermet Akayevaning “Olg‘a Qirg‘iziston” partiyasi ko‘pchilik ovoz bilan g‘olib chiqdi. Xalq bunga qarshi chiqib, 2005-yilgi davlat to‘ntarishi orqali Akayevni quvib yubordi va hokimiyat tepasiga Kurmanbek Bakiyev keldi.

 Bakiyev hokimiyatga kelganida uning dastlabki davri “konstitutsiyaviy kurash” yillari bo‘ldi. 2006-yilning ikki oyi ichida (noyabr-dekabr) konstitutsiyaga ikki marta o‘zgartirishlar kiritildi. Bunga bakiyevchilar bilan uning muxoliflari kelishmovchiliklari sabab bo‘ldi. Bir yildan keyin, 2007-yili yangi konstitutsiya qabul qilindi va shu sababli 2005-yilda saylangan partament tarqatib yuborildi. Bo‘lib o‘tgan parlamentga saylovlarida Bakiyevning “Oq yo‘l” partiyasi g‘olib bo‘ldi.

 2010-yili Bakiyev ag‘darilganidan so‘ng yana yangi konstitutsiya qabul qilindi. Bu konstitutsiya Rossiya mustamlakachiligiga qarshi, Qirg‘izistonga G‘arb mustamlakachilarining kirib kelishi doirasida bo‘ldi. Chunki, G‘arb mustamlakachilari Rossiyaga qarshi kurashda “demokratiyalashuv”, “oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “inson huquqlari”, “parlamentlik boshqaruv” va shu kabi fikrlarni ishga solib keladi. Bular orqali Rossiyaning mustamlakalariga qarata olib borayotgan zulmlarini ochib tashlaydi. Shunday qilib, Qirg‘izistonda 2010-yili hukumat tepasiga G‘arbga moyil siyosatchilar kelib, konstitutsiya ana o‘shalar tomonidan tuzildi. Bu konstitutsiyaga o‘sha vaqtdagi Rossiya prezidenti Medvedev qarshi chiqqan, Venetsiya komissiyasi esa olqishlagan edi.

 2010-yilgi konstitutsiyada 2020-yilga qadar o‘zgartirishlar kiritilishi taqiqlangan edi. Biroq, bu moratoriy 2016-yilga qadar tura oldi. Almazbek Atambayev 2016 yili yana o‘zgartirishlar kiritdi. Xalqaro jihatdan qaraganda, Atambayev Rossiyaning ko‘nglini olish uchun, inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bitimlari davlat qonunlaridan ustun bo‘lmasligi, shuningdek, bir jinsli nikohlarni man qilinishini o‘z ichiga olgan o‘zgartirishlar kiritildi (bu moddalar bilan mahalliy xalq tuyg‘ularini ham qitig‘ladi). Mahalliy siyosatdan qaraganda, bosh vazir vakolatlarini kengaytirdi. Hokimiyatdan ketganida shu orqali, o‘zi tayinlagan prezident bilan bosh vazir o‘rtasida muvozanatni saqlab, parda ortida hokimiyatni ushlab qolishni rejalashtirdi. Biroq, ishlar u o‘ylagandek chiqmadi.

 Amaldagi hukumat konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritadimi yoki yo‘qmi bundan qat’iy nazar, bu konstitutsiya kufr konstitutsiyasi hisoblanadi. Chunki, uning asosi – demokratiya kufr aqidasi, undan kelib chiqqan qonunlar esa – demokratik-kapitalistik qonunlardir.

 Ey musulmonlar, bu konstitutsiyalardan kimlar qanday foydalanib kelayotganini ko‘rib turibsizlar. Ular sababli bo‘ynimizga qullik zanjirlari ilinmoqda. Shuningdek, ularga rozi bo‘lganlar uchun oxiratda azob bor.

 Bularga muqobil ravishda, Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi – asosi islomiy aqida va qonunlari shariat hukmlaridan iborat bo‘lgan – Islomiy davlatning konstitutsiya loyihasini taklif qilib kelmoqda. Shuning uchun buni yana bir bor aql torzisiga solib ko‘rishga chaqiramiz. Shuni ham eslatib o‘tmoqchimizki, bunda dunyoda azizlik, Oxiratda esa ajr bor. (Arxivdan)

 Abdulhakiym

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.