Tahriri Shom razvedkasi zulm-zo‘ravonligini davom ettirib Shom ahlini bostiruvchi qurolga aylanmoqda

77
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahriri Shom razvedkasi zulm-zo‘ravonligini davom ettirib Shom ahlini bostiruvchi qurolga aylanmoqda

2023 yil 15 aprel shanba kuni Tahriri Shom razvedkasi Hizb ut-Tahrirning ikki a’zosini o‘g‘irlab ketdi. Ular tibbiyot fakulteti talabasi Muhammadbashir Hamadon bilan qishloq xo‘jalik universitetini bitirgan Ubboda Baytor bo‘lib, har ikkisi ham Jonudiya shaharchasidan.

Ta’kidlash lozimki, bunga izoh sifatida Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmadhoj Abdulvahhob quyidagilarni ta’kidladi:

«Biz anchadan beri Tahriri Shom hay’ati razvedkasining tajovuzlari, zo‘ravonligi va tug‘yoni boshdan kechiryapmizki, u na biror bir dinga e’tibor beryapti va na qo‘zg‘olonga. Kafr-Taol masjidida muborak Ramazon oyida Ibrohim G‘aybani o‘ldirgan va bolalariga yegulik topish ilinjida bir necha litr mazutni ko‘tarib ketayotgan ayol joniga qasd qilgan bu hay’atni o‘z zulmu zo‘ravonligini davom ettirishidan shariat ham to‘xtatolmayapti».

Ustoz Abdulvahhob o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida bunday qo‘shimcha qildi:

«Tahriri Shom o‘zining qo‘zg‘olondan bir qismi emasligini yana bir bor isbotladi. Aksincha, turk xo‘jayining siyosatiga qarshi chiqqan har bir kishini bostirishda va Shom tog‘utiga qarshi har qanday jiddiy urinishni oldini olishda qo‘llanuvchi qurolga aylanganini ko‘rsatdi va buni hozirda hamma bilib turibdi… Bu hay’at razvedkasi o‘z qamog‘ini xolis kishilar va qo‘zg‘olonchilar bilan to‘ldirish orqali Shom tog‘utiga xizmat qilyapti. Masalan, Hizb ut-Tahrir a’zolaridan Ali Dalv bilan Usoma Yusuf bir necha oydan buyon hanuz bedarak qolmoqdalar. Xatyor Sarminning o‘g‘irlab ketishganiga ham bir yildan oshdi. «Arab Said» rayonidan va boshqa yerlardan qancha-qancha farzandlarimizning o‘g‘irlab ketganini-ku aytganimiz yo‘q hali…».

Ustoz Ahmad so‘zini quyidagicha tamomladi:

«Gapirtirmaslik, zulm, bostirish va qatl siyosatini qo‘llash bilan Tahriri Shom hay’ati Shom ahli irodasini sindirishga, yuraklaridagi qo‘zg‘olon olovini o‘chirishga aslo qodir bo‘lolmaydi. Shuningdek, xolis insonlarni o‘z qo‘zg‘olonlari qarorini qaytarib olish uchun harakatni davom ettirishdan, shuningdek, qonxo‘r rejimni ag‘darib, o‘rniga Islom boshqaruvini barpo etish maqsadlari sari jiddiy qadam tashlashdan to‘sa olmaydi… Bu Allohga hargiz mushkul emas».

Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.