Falastinni ozod etish yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashuvchilar hargiz yetisha olmaydigan sharafdir

72
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastinni ozod etish yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashuvchilar hargiz yetisha olmaydigan sharafdir

Bugungi kunda Islom Ummati yahudiy vujudining qolishi va o‘z qudrati bilan maqtanishi quruq xomxayoldan o‘zga narsa emasligiga hamda agar u Falastin rejimi va atrofdagi arab davlatlari tomonidan kuch va imkoniyatlar bilan ta’minlanmasa, bir nafas ham tirik qololmasligiga aniq ishongan Ummatga aylandi. Bu vujudning tirik turishiga va ochiqdan-ochiq adovat bilan kekkayishiga ayni davlatlarning u bilan iqtisodiy, harbiy, xavfsizlik shartnomalari va kelishuvlari orqali munosabatlarni normallashtirishni o‘z zimmalariga olishgani sabab bo‘lmoqda. Zero, yahudiy vujudi Islom Ummati bilan haqiqiy urushga, ya’ni o‘zini kelgan joyiga quvib solib, kulini ko‘kka sovuradigan urushga kirmaganini, balki tobe rejimlar bilan til biriktirgan holda soxta urushlarga kirganini, bu rejimlar o‘zlarining yahudiylarga qarshi jang qilmayotganliklarini xalqlar oldida oqlash uchun yahudiy vujudini «dev» qilib ko‘rsatishayotganini juda yaxshi biladi.

Zero, isbotlangan faktlardan biri shuki, qachon yahudiylar bilan real jangovar to‘qnashuv bo‘lsa, musulmon qo‘shinlar va jangchi guruhlarga har doim zafar yor bo‘lgan. Musulmonlar yahudiy kuchlarini quvib solib, og‘ir talafotlar yetkazganlar. Ayniqsa, urush qarorini to‘xtatishga til biriktiruvchi hukmron rejimlar yo‘q paytlarda, masalan, Karma jangi, yahudiylarning Livan janubi va G‘azo sektoridan chiqib ketishlari va Ramazon urushida – garchi bu urush ularning foydasiga tugagan bo‘lsa ham – ulkan talafotlar ko‘rishlari hamda Falastin ma’muriyati kelishidan oldin bosib olingan yerlarda o‘zini qurbon etish amaliyotlari bo‘lganligi, bularning barchasi bu bosqinchi vujudning zaif ekaniga inkor etib bo‘lmas dalillardir.

Ey musulmonlar!

Alloh yo‘lida jihod qilinmaguncha bu jirkanch vujud aslo yo‘qolmaydi. Zero, Falastin masalasini hal etish va Aqsoni jinoyatkor bosqinchilardan qutqarishning shar’iy hukmi ham jihoddir. Yahudiylarning bunchalar kibr va tug‘yon qilishdan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagi islomiy qo‘shinlargina tiyib qo‘ya oladi. Musulmon xalifa qo‘mondonligidagi bu qo‘shin, xuddi Hittin kunida Salohiddin qilganidek, Falastin va Aqsoni ozod etadi. Ushbu xaloskorlik shunday buyuk sharafdirki, unga yahudiy vujudi qarshisida ojiz qolayotganlar va u bilan munosabatlarni normallashtirib, til biriktirayotganlar hargiz noil bo‘la olmaydilar.

Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.