Bugun Shavvol oyining chiqishi kuzatiladi

225
0

Bugun Shavvol oyining chiqishi kuzatiladi

Bugun Ramazon oyining 29 kuni, aniqrog‘i, 20 aprel oqshomida Shavvol oyining hiloli kuzatiladi. Ushbu kuzatish natijasida yangi hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilganligi isbotini topsa, 21 aprel juma kuni Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi. Yangi hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilganligi isbotini topmasa, Ramazon oyi o‘ttiz kun hisoblanib, shanba kuni Ramazon hayiti bo‘ladi. Chunki, shariat qoidasiga ko‘ra, agar yangi oy ko‘rilmasa, ro‘zani o‘ttiz kunga tamomlash kerak bo‘ladi. Imom Ahmad Muhammad ibn Ziyoddan rivoyat qiladi:

Men Abu Hurayra r.a.ning shunday deganlarini eshitdim, Rasululloh ﷺ aytdilar:

صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُبِيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulutli bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilib hisoblanglar».

Turkiston sayti Shavval kuzatish natijalarini veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali xabar qilib boramiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.