Olimlar haqni aytishda davom etsa, Ummat ham haq ustida davom etadi

135
0

Olimlar haqni aytishda davom etsa, Ummat ham haq ustida davom etadi

Har Ramazon oyida bo‘lgani kabi bu yilgi muborak Ramazon oyida ham bosqinchi yahudiylar Masjid Masjidul Aqsoga bostirib kirib, namozxonlarga shafqatsizlarcha hujum qildi. Ularning musulmonlarga uyushtirgan qonli hujumlari va yuzlagan musulmonlarni masjid ichida qo‘llarini bog‘lab hibsga olishlariga qarshi Islom yurtlarining hukmdorlari o‘z odatlariga binoan qattiq qoralashdan boshqa hech narsa qilmadilar.

Yahudiylarning ibodat qilayotgan musulmonlarga qarata hujumlariga nisbatan har tarafdan turli munosabatlar va tanqidlar yog‘ilayotgan bir paytda Quddusning sobiq muftiysi va hozirda Masjidul Aqso imomi hamda Quddus Oliy Islom delegatsiyasi rahbari Shayx Ikrima Sabri ommaviy axborot vositalarini Masjidul Aqsoni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Shayx Masjidul Aqsoni qo‘llab-quvvatlash ommaviy axborot vositalariga farzi aynligini ta’kidlar ekan, “Butun dunyodagi musulmonlar, imomlar, olimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari Aksoga yordam berish uchun an’anaviy va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari kerak”, dedi.

To‘g‘ri, Masjidul Aqsoning toptalishiga hech bir musulmonning jim qarab turishi joiz emas. Chunki Quddus faqat falasitinliklarga qarashli emas, balki Butun Islom Ummatining mulkidir. Ammo bu jarayonda eng og‘ir yuk rabboniy olimlar, mufakkirlar va imom xatiblar gardaniga tushishi tabiiy. Demak olimlar o‘z nomlariga munosib tarzda barcha diqqat e’tiborlarini ushbu muammoni tubdan hal qilishga qaratmoqlari lozim. Bu esa, ommaviy axborot vositalariga xitob qilishdan oldin, bu muammoni tubdan hal qilish imkoniga ega bo‘lgan hukmdorlarni muhosaba qilishdan va kuch egalarini Masjidul Aqsoni ozod qilishga undashdan iboratdir.

Qachonki, olimlar haq so‘zni baralla hayqirishda bardavom bo‘lishsa, uning qarshisida turgan Ummat ham haq ustida bardavom bo‘ladi. Chunki ulamolar bamisoli yo‘lchi yulduzdir. Demak, ulamolar yelkasida Islom Ummatiga nisbatan behisob mas’uliyatlar va musulmonlarning ongini ochishda yetakchilik vazifalari mavjud. Ammo olimlarimiz musulmonlar ongini hukmdorlar va kuch egalarini muhosaba qilishdan boshqa, ikkinchi darajali taraflarga burishda davom etishsa, dunyoda bor-yo‘g‘i 9 millionlik qo‘rqoq yahudiylar 2 milliarddan ortiq musulmonlarni masjidlarini ichida xo‘rlashda davom etaveradi.

Bunday paytda Alloh bergan ilm bilan bu holatga doir Allohning hukmini bayon qilish va hukmdorlardan tortib oddiy insonlargacha, barcha Ummat vakillarini bunga amal qilishga chaqirish ham eng avvalo olimlar zimmasidadir. Chunki ular Ummatning najot topishiga sabab bo‘luvchi sarbondirlar. Shunday ekan, bugungi musulmon olimlar yahudlarning jinoyatlari qarshisida armiyalarini harakatga keltirmay, qo‘l qovushtirib o‘tirgan hukmdorlarni muhosaba qilishlari va tortib olingan Islomiy Ummat yerlarini qaytarib olish uchun nufuz va kuch egalarini harakatga chorlashlari lozim. Shuningdek musulmonlarning ongini charxlash, Islom aqidasini G‘arbning saqofiy va fikriy chang-g‘uborlaridan tozalash hamda bugungi kunda butun musulmonning talabiga aylanib borayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida shariatni tatbiq etilishiga jamiyatni undashga jiddu-jahd ko‘rsatishlari darkor. Mana shundagina olimlarimiz qorong‘i zulmatlarni yoritadigan qandillarga va haq so‘zlari bilan Ummatni dushmanlaridan hamda ularning fikriy va saqofiy qurollaridan himoya qiluvchi qalqonlarga va alal-oqibat Payg‘ambarlarning yerdagi haqiqiy merosxo‘rlariga aylanadilar.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.