بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey musulmon yurtlaridagi qo‘shinlar, bosqinchi yahudiylar masalasida Rosululloh ﷺning siyratlarini qaytarmaysizmi?!
Naqb-Negevdagi Hura qishlog‘idan bo‘lgan 26 yoshli Muhammad Asibiy juma kuni kechqurun Aqso masjidiga olib boruvchi Silsila darvozasi yaqinida yahudiy vujudi tomonidan otib tashlanib, shahid bo‘ldi. Quddus manbalarining aytishicha, bu yigit bosqinchilar politsiyasining hujumiga uchragan bir qizni himoya qilishga uringan va politsiyachilarni qizdan nari qilishga harakat qilayotganda uni otib o‘ldirishgan. Bu xususda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Mana, Ummatning yahudiylar bilan bo‘lgan tarixi takrorlanyapti. Ammo Rosulu akram ﷺ bizga o‘rgatgan g‘urur pozitsiyasi nega takrorlanmayapti?! O‘shanda ham Banu Qaynuqo qabilasi bir muslimaning avratini ochish jinoyatiga qo‘l urganda bir musulmon muslimani himoya qiladi va bu ishni sodir etgan yahudiyni o‘ldiradi… Keyin Banu Qaynaqo yahudiylari musulmonga yopirilib, uni o‘ldirishadi. Bu ish Rosululloh ﷺga yetib kelganda esa, bitta muslima va musulmon uchun butun davlat oyoqqa turadi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ zudlik bilan sahobalarni to‘plab, qo‘shin safarbar qiladilar va tezda o‘sha Banu Qaynuqo qal’asiga yetib borib, uni qamal qilganlar… Bugun ham Aqso masjidi darvozalaridan birida muborak Ramazon oyida o‘sha manzara takrorlandi… Bir qizga qilingan adovat Alloh rahmat qilsin yigitimizning tuyg‘usini junbushga keldirdi va u qizni himoya qildi. Yahudiylar esa to‘planib uni o‘ldirishdi.
Bas, Ummat qo‘shinlari Rosuli akram ﷺning yo‘lidan yurib, avvalgidek yana shon-shavkat manzarasini namoyish etib, yahudiy vujudini qamal qilsa, bo‘lmaydimi?! Keyin shahidimiz uchun intiqom olish va Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini ozod etish uchun bu vujudni ildizi bidan qo‘porib tashlasalar bo‘lmaydimi, ular muslimalar nomusini qizg‘anmaydilarmi?!
Roya gazetasining 2023 yil 5 aprel chorshanba kungi 437-sonidan