Mustamlakachi G‘arb Falastin ma’muriyatining saqlanib qolishini G‘arb va yahudiy vujudi uchun strategik manfaat, deb atamoqda

179
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mustamlakachi G‘arb Falastin ma’muriyatining saqlanib qolishini G‘arb va yahudiy vujudi uchun strategik manfaat, deb atamoqda

Britaniya maxfiy razvedka xizmati (MI-6) raisi Richard Mur seshanba kuni bir necha britaniyalik diplomatlar doxil delegatsiyaga rahbarlik qilib, Ramallohga safar qildi. Safar davomida Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan hamda bir qator xavfsizlik mulozimlari bilan uchrashdi.

Ertasiga AQSh razvedka xizmati direktori Uilьyam Byorns ham – «isroillik» rasmiylar bilan uchrashuvi ortidan – Ramallohga keldi. Quds arabiy gazetasining falastinlik bir manbaga tayangan holda xabar qilishicha, Falastin ma’muriyati yaqinda AQSh ma’muriyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, Falastin ma’muriyatining ag‘darilishidan oldin bu ishga aralashishni ta’kidlagan. Shuningdek, Amerikadan bu ishga aralashishni va falastinliklarning iqtisodiy farovonlikni oshirishga hissa qo‘shuvchi loyihalar ishlab chiqishlariga ruxsat berishni hamda yahudiylarning Falastin rejimiga solayotgan soliqlarning ortiqcha darajadagi miqdorini to‘xtatishni talab qildi.

O‘z navbatida, siyosiy mufakkir ustoz Ahmad Xutvoniy Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi radiosi uchun yozgan izohida bunday dedi:

«Romallohga amerikalik va britaniyalik rasmiylarning bir vaqtda kelishi shunga dalolat qilmoqdaki, demak, Falastin rejimi siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy botqoqqa tomog‘igacha botib qolgan. Bu rejim go‘yo ag‘darilishdan oldin Amerika va Britaniyani yordamga chaqirayotgandek. Zero, bugunga qadar G‘azo urushi bo‘lib o‘tdi… Falastin ma’muriyatining faollardan biri bo‘lgan Nizor Bannotni o‘ldirilishi kabi falastinliklarga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari fosh bo‘ldi… Uy-joy qurayotgan yahudiylarning falastinliklarga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishidan so‘ng Falastindagi jamoatchilik fikri oldida rejimning battar sharmandasi chiqdi… Mana shularning barchasidan so‘ng rejim Amerika va Britaniyani yordamga chaqirmoqda. Bu va boshqa sabablarga ko‘ra, Amerika bilan Britaniya Falastin ma’muriyati muammosini hal etish uchun zudlik bilan o‘zlarining razvedka rahbarlarini yuborishdi. Aftidan, bu mustamlakachi davlatlar rejim muammosiga uning mavjud bo‘lib turishiga tahdid soluvchi muammo o‘laroq qarashayotgan ko‘rinadi».

Matbuot izohi so‘nggida ustoz bunday dedi:

«AQSh va Britaniyadan iborat butun G‘arb davlatlari G‘arbning va yahudiylarning strategik manfaatlari ta’minlanishi uchun Falastin rejimi albatta saqlanib turishi kerak, deb bilishmoqda. Biroq, G‘arb qo‘lida qonuniyligi yo‘q bir rejim uchun tezkor siyosiy echimning o‘zi yo‘q. Yo‘qligi uchun ham ikki davlatning razvedka rahbarlari rejimga so‘nggi nafasini olishidan oldin vaqtincha jonlantirib turuvchi dori olib kelishdi.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.