Bunday talofat hatto katta urushlarda ham uchramaydi

298
0

Bunday talofat hatto katta urushlarda ham uchramaydi

AQSHda o‘qotar qurollardan halok bo‘lganlar soni eshitganlarni hayratda qoldirdi. 2023  yilning boshidan buyon, ya’ni oxirgi 3 oy ichida mamlakat ichida o‘qotar qurollardan uzilgan o‘qlar natijasida 10 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida AQSHda o‘qotar qurollardan yuzaga keladigan barcha voqealarni arxivga saqlab qo‘yuvchi Gun Violance Archive (GVA) nomli nodavlat tashkilot o‘zining veb-saytida e’lon qildi. Bu esa, AQSHda qurolli hodisalar tufayli kuniga o‘rtacha 114 kishi halok bo‘ladi, deganidir.

(GVA)ning veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil  boshidan buyon 5742 kishi o‘qotar qurollar bilan o‘z joniga qasd qilish sababli halok bo‘lgan. 4260 kishi esa, qotillik niyatida qilingan hujumlardan halok bo‘lgan. Bulardan tashqari 7519 kishi o‘qotar quroldan jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida yuzlagan yosh bolalar ham mavjud. Bunday talofat hatto katta urushlarda ham uchramasligini ta’kidlagan mutaxassislarning fikricha, o‘z joniga qasd qilish yoki boshqalarning joniga suiqasd qilishlarning sabablari ko‘pincha ruhiy tushkunlik va iztiroblarga borib taqaladi.

Izoh: G‘arb hazoratining tabiatida inson o‘zining shaxsiy istaklarini har narsadan ustun qo‘yish mavjud. Bu hazoratga tobe shaxs xudbinlikka mukkasidan ketib, hamma narsaga shaxsiy manfaat tuynugidan qaraydigan bo‘lib qoladi. Bunday odam har bir fursatdan o‘z manfaati yo‘lidagina foydalanishga intilar ekan, agar shaxsiy istaklari amalga oshmay qolaversa, ruhiy tushkunlikka tushib qolishi tabiiydir. Chunki u o‘z istaklarining ro‘yobga chiqmay qolishiga “baxtsizlik”, deb qaraydi. Natijada bu holat uni tushkunlikka solib, o‘z joniga qasd qilishiga yoki alamzadalik bilan boshqalarning joniga qasd qilishiga undaydi. Shuning uchun Amerikada har olti soatda bir o‘smir o‘ziga o‘t qo‘yib, o‘z joniga qasd qilishidan yoki har yili 50 million amerikalik ruhiy klinikalarga «tashrif» buyurishidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan raqamlarda faqat o‘qotar qurollardan halok bo‘lganlar soni keltirilgan. Bulardan tashkari ruhiy iztiroblar sababli o‘zini osish, o‘ziga o‘t qo‘yish, baland binolar ustidan o‘zini pastga otish kabi o‘z joniga qasd qilish hollari ham son-sanoqsizdir.

Bu holatni faqat amerikaliklarda emas, balki G‘arb hazoratiga tobe bo‘lgan butun xalqlarda uchratish mumkin. Masalan, Moskvadagi psixiatriya instituti rektorining 2005 yilgi ma’lumoriga ko‘ra, har yili sakkiz million kishi psixolog ko‘rigidan o‘tishga yoziladi. Bu raqamlar rasman e’lon qilingani bo‘lib, ko‘pchilik odamlar esa aslo tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishmaydi. Dunyo sog‘likni saqlash tashkiloti 2005 yil “Amerika, Angliya va Kanadada salomatlik borasida eng katta muammo aqliy va ruhiy kasallikdir” deb e’lon qildi. Mazkur tashkilotga ko‘ra, har yili ruhiy tushkunlikdan aziyat chekayotganlardan 800 000 kishi o‘z joniga qasd qiladi. Hatto ba’zi hisobotlarda aytilishicha ruhiy tushkunlik va uyqusizlik dunyo xalqlarining 25%ni qamrab olgan. Mutaxassislar ruhiy kasalliklarning o‘sish miqdori davlatda kapitalizm tuzumini tatbiq qilinishi va shaxslarning unga mabda sifatida qarashining miqdoriga hamohang bo‘lishini alohida ta’kidlab kelishadi. Bu holat G‘arb hazorati insoniyat boshiga solgan musibatlarning dengizdan bir tomchisi xolos.

Dunyoda son-sanoqsiz insonlarning aziyat chekishiga sabab bo‘layotgan ushbu ruhiy tushkunlik, qayg‘u, bezovtalik, iztirob kabi illatlardan qutulish uchun insoniyat avvalambor o‘zini halokat sari yetaklayotgan G‘arb hazoratidan voz kechib, uning o‘rniga Islom hazoratini qabul qilishi lozimdir. Islom hazorati hayotda joriy bo‘lgan davrlarda insoniyat yuqoridagi holatning tamoman aksiga guvoh bo‘ldi. Islom hazorati soyasida insonlar o‘n uch asr davomida shunday hayot kechirdiki, bu asrlarda nafaqat inson, balki butun borliq o‘z hayotining eng go‘zal damlarini yashadi.

Islom nuqtai nazaridan qaralganda, dunyo hayotida insoniy istaklarning amalga oshmay qolishi yoki insonning boshiga tushayotgan musibatlarga Alloh Subhanahu Taoloning imtihoni deb qaraladi. Agar u sabr toqat qilib chidasa uning mukofoti jannatdir. Bunday tushunchaga ega bo‘lgan inson o‘ziga yetayotgan zarardan bezovta bo‘lmaydi va boshiga tushgan yomonlikdan g‘amga tushib qolmaydi. Islom insonga shunday Islomiy tushunchalarni singdiradiki, bu tushunchalar insonda ruhiy tushkunlikdan asar ham qoldirmaydi. Rosululloh ﷺdan shunday marhamat qildilar:

«عَجَبًا لأَمْرِ الْمُؤْمِنِ، إِنَّ أَمْرَهُ كُلَّهُ خَيْرٌ، وَلَيْسَ ذَاكَ لأَحَدٍ إِلا لِلْمُؤْمِنِ، إِنْ أَصَابَتْهُ سَرَّاءُ شَكَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ، وَإِنْ أَصَابَتْهُ ضَرَّاءُ صَبَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ»

“Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi yaxshilikdir. Bu narsa mo‘mindan boshqasiga bo‘lmaydi. Agar unga bir xursandlik yetsa, shukr qiladi va bu unga bir yaxshilik bo‘ladi. Agar unga bir xafalik yetsa, sabr qiladi va bu ham unga bir yaxshilik bo‘ladi”. (Muslim rivoyati).

Qolaversa, Islomda Allohning rizoligiga erishish haqiqiy baxt va eng yuksak g‘oya hisoblanadi. Bu g‘oya insonni chigalliklar, krizislar va ruhiy tushkunliklardan yiroqda xotirjam va ko‘ngli rohatlanib yashaydigan qilib qo‘yadi. Bu xususiyatlar Islomiy hazoratdan boshqa hech bir hazoratda topilmaydi. Chunki faqat Islom aqidasigina hayot mohiyati, uning kelib chiqishi va keyingi taqdiri haqidagi inson so‘roqlariga aqlni qanoatlantiradigan va fitratiga mos keladigan tarzda javob bera oladi.

Demak insoniyatni bu illatlardan xalos qilishning birdan-bir yo‘li ushbu chirigan hazoratdan voz kechib, o‘rniga Islomning pok hazoratini qabul qilishdir. Islom hazorati jamiyatni barcha illatlardan, shu jumladan ruhiy illatlardan ham muhofaza qilishning yagona garovi bo‘lib, bu tarixda o‘z isbotini topgan haqiqatdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.