Qays Said hamda Bashar Asad rejimining qayta jonlantirilishi

74
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qays Said hamda Bashar Asad rejimining qayta jonlantirilishi

https://www.elnashra.com veb-sayti (hijriy 1444 yil 18 sha’bon, milodiy 2023 yil 10 mart juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Tunis prezidenti Qays Said – Damashqda Tunis elchisi yo‘qligini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini aytib, Suriyaning bo‘linib ketishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, dedi».

Roya:

Tunis rahbari Qays Saidning bu bayonotiga Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi o‘zining saytida bunday izoh berdi:

«Musulmon hukmdorlari o‘zlarining kofir mustamlakachi G‘arbning yurtlarimizdagi qo‘riqchalari ekanliklarini doimo isbotlab kelishmoqda. Ular, shuningdek, Islom va musulmonlarga qarshi kurash va Ummatni o‘zining haq diniga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslikda G‘arbning xizmatkorlari ekanini, yirik davlatlar ularni istagancha u yoq, bu yoqqa o‘ynatib, o‘z manfaatlari va mustamlakachilik loyihalarini amalga oshirishda ulardan foydalanayotganini ham isbotlashmoqda.

Shom qo‘zg‘oloniga kelsak, hammaga ma’lumki, arab davlatlari qo‘zg‘olon boshlangandan beri Amerika qo‘lidagi qurol bo‘lib, uning muborak qo‘zg‘olonni bo‘g‘izlab yo‘q qilish rejasiga xizmat qilib kelishdi. Biroq, uning rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, arab davlatlarining roli esa fosh bo‘lib, barbod bo‘ldi hamda Shom qo‘zg‘oloni masalasini nazorat qilishga yaramay qoldi.

Hozir Amerika yana arab davlatlaridan va Arab davlatlari ligasidan foydalanmoqchi bo‘lyapti, ular orqali jinoyatkor Asad rejimini qayta o‘rnatib, barcha davlatlarning u bilan munosabatlarni normallashtirishini istayapti. Shuningdek, Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish ustida til biriktirgan Erdogan Turkiyasi rolini qo‘llab-quvatlamoqda.

Amerikaning ayni istagiga javoban, malay arab hukmdorlari Shom tog‘uti Bashar Asad va uning chirigan rejimini qayta tiklashga shoshilishdi. Mana, Tunis prezidenti Qays Said ham hamkasblari xiyonatiga qadamma qadam ergashib, Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirishga harakat qilib, ularga yetib olimoqchi bo‘lyapti. Uning Fors ko‘rfazi, Iordaniya, Turkiya va Iroqdagi hamkasblari bunday munkar jinoyatni qilishda undan ancha o‘zib ketishgandi. Qays Said o‘z bayonotida jinoyatchi Asad rejimi bilan munosabatlarni tiklash va normallashtirish uchun ikki davlat o‘rtasida o‘zaro elchilarning yo‘qligini endi oqlab bo‘lmasligini ta’kidlayapti.

Bularning barchasi hukmdorlar va ularning rejimilarining qonxo‘r Asad rejimi bilan aloqalarni qayta tiklash va mustahkamlash orqali Shomdagi muborak qo‘zg‘olonga qarshi til biriktirishayotganini isbotlamoqda. Zero, ularning har biri xo‘jayinlari bo‘lmish mustamlakachi kofir G‘arbga malaylik va tobelik botqog‘iga botgan bo‘lib, Ummatning halol farzandalariga zulm qilishda hamda AQSH boshchiligidagi mustamlakachi G‘arbning bo‘yinturug‘idan xalos bo‘lish uchun qilayotgan samiymiy harakatlariga qarshi turishda nayza vazifasini o‘tashmoqda.

Qays Saidning «Suriyaning bo‘linib ketishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz», degan gapi ajablanarli emas. Zero, u kofir G‘arb va ittifoqchilari tomonidan o‘rnatilgan sun’iy chegaralarni bila turib, bundan ko‘z yummoqda. Zotan, yurtlarimizni bo‘lib parchalagan, ahlini qochqinga aylantirgan, uy-joylarini vayron etgan, muqaddas dargohlarimiz va daxlsizliklarimizni poymol etgan… mana shu kofir G‘arb va uning ittifoqchilaridir. Mana shunday qilmishlar ortidan ba’zi ruvaybiza hukmdorlar chiqib, Shom ahli va qo‘zg‘oloni haqida gap sotishyapti, go‘yo berilgan jonlar va to‘kilgan qonlarning egalaridek, qo‘zg‘olonchilar nomidan muzokara qilishga urinishyapti. Ular Shom tog‘uti safiga o‘tib olib, muborak qo‘zg‘olonimizni yo‘q qilish uchun imkonlari boricha o‘sha tog‘utni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Ular Shom ahlini yordamsiz qoldirib, unga qarshi til biriktirishsa-da, ammo bu qilmishlari bilan, Allohning izni ila, Shom ahliga zinhor zarar yetkazisholmaydi. Chunki Shom  jihod va rabot (mudofaa) zamini, Rosululloh ﷺ bizga xabar qilganlaridek, Islom markazidir. Shuncha yillardan keyin ham bu zaminimizga ularning makru fitnalari o‘tmadi, insha Alloh, bundan keyin ham qo‘zg‘olon o‘zining tortib olingan hokimiyatini Ummatning o‘z ahdida sodiq farzandlari qo‘li bilan qaytarib olada. Barchamiz Allohning mustahkam arqonini mahkam tutib, bu qonxo‘r rejimni ilmoniy konstitutsiyasi va barcha bashara va arkonlari bilan qo‘shib yiqitib, xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasidagi Islom boshqaruvini barpo etamiz. Bu Allohga oson.

 وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِندَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَال 

«Darhaqiqat, ular o‘z makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog‘lar yemirilib ketadigan bo‘lsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (ma’lumdir)» [Ibrohim 46]

Roya gazetasining 2023 yil 22 mart chorshanba kungi 435-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.