Berdimuhamedov shahriga 5 milliard dollar sarflanadi

171
0

Berdimuhamedov shahriga 5 milliard dollar sarflanadi

 Turkmanistonda “orqadog‘” Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga quriladigan shahar uchun 5 milliard dollar mablag‘ sarflanadi. Bu haqda “France 24” telekanali turkman rasmiylaridan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

 Xabarga ko‘ra, shahar barpo qilishning birinchi bosqichida 3,3 milliard dollar, ikkinchi bosqichida esa yana 1,5 milliard dollar mablag‘ talab etiladi.

 Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra Turkmaniston YAIMi 45 milliard dollarga yetadi. Orqadog‘ shahrining qurilishi mamlakat yillik daromadining 10 foizdan ko‘prog‘iga tushadi.

 Bunga qadar Turkmaniston aholisi un mahsulotlarini navbat bilan, cheklangan miqdorda olishga majbur bo‘layotgani xabar qilingandi. Davlat rahbari esa ot, it boqish va ularga turli mukofotlar berish bilan band. Hatto, cho‘lda joylashgan bu mamlakat poyga yo‘llari uchun qumni ham Angliyadan sotib oladigan darajada tuban fikrda. Yuqorida aytilgan shaharni qurishlishini xorijiy kompaniyalar amalga oshirishi va foyda ko‘rishiga shubha yo‘q.

 Bu kabi rahbarlar sababli musulmon yurtlari, shu jumladan, Marakaziy Osiyo mamlakatlari kapitalistik tuzum zulmi ostida ezilmoqda. Zero, milliardlab kub gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklar xuzurini faqat chet ellik imperialistlar va mahalliy amaldorlargina ko‘rishadi. Albatta, bunday xoin rahbarlar va mustamlakachilar zulmidan o‘z Islomimizni hayotga qaytarish bilangina xalos bo‘la olamiz. Shunda nafaqat otlarning tuyog‘i, zulmlanayotgan xalq, sarson-sargardon sahro va uning ostidagi boyliklarning qadri ham o‘z o‘rniga qo‘yiladi. Xalq qiyinchilik yetsa rahbarlar ham Umar roziyallohu anhudek aziyat chekadi. Xazarati Umar roziyallohu anhu xalifaligi davrida Madinada kuchli qurg‘oqchilik bo‘ldi. Osmondan bir tomchi yomg‘ir yog‘madi, shuning uchun hosil ham kam bo‘ldi. Natijada Madinada ocharchilik boshlandi. Hazrati Umar odamlar qiynalayotganini ko‘rib, ezilar va ko‘pincha ketma-ket ro‘za tutib, oqshom ozgina zaytun moyi va qotgan non yeyish bilan cheklanar edi. Umar roziyallohu anhu o‘rnidan turganida to‘ni yirtiq, qorni esa ochlikdan “qurul”lardi. Shunda u qorniga qarab: “Ey qornim! Xohla qurulla, xohla qurullama, toki musulmon go‘daklar to‘ymagunicha seni to‘yg‘izmayman!,- der edi… Bu rahbarlikni mansab emas, balki mas’ulyat va javobgarlik deb bilgan Xulafoi roshidinlar egallagan mavqe edi.

 Imom ad-Doramiy o‘zining “Sunan”ida bunday deydi: “Yazid ibn Horun Safvon ibn Rustamdan, u Abdurrahmon ibn Maysaradan, u Tamim Doriydan rivoyat qilishicha u kishi aytadi: “Umarning Xalifaligi davrida odamlar bino qurishga kirishib ketishdi. Shunda Umar: “Ey arablar yer o‘z yo‘liga. Lekin Islom jamoat bilan, jamoat amirlik bilan, amirlik itoat bilan bo‘ladi. Qavm birortasini faqihligiga ko‘ra boshliq etib tayin qilsa, bu o‘zlari va u uchun hayot bo‘ladi. Yana boshqa birini faqihligidan boshqa asosga ko‘ra boshliq etib tayin qilsa, bu o‘zlari va u uchun halokatdir”.

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.