Saudiyaning Aramko shirkati Xitoyda neftni qayta ishlashga bel bog‘ladi

163
0

Saudiyaning Aramko shirkati Xitoyda neftni qayta ishlashga bel bog‘ladi

Saudiya Arabistoni milliy neft shirkati «Aramko» Xitoyda neftni qayta ishlash zavodi va neft-kimyo zavodini qurish orqali ish boshlashini ma’lum qildi. Aramko shirkati tomonidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, hozirda Xitoyning Norinco va Panjin shirkatlari bilan Aramko o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etilgan.

Qo‘shma korxonaning 30 foiziga Saudiyaning «Aramko» shirkati, 51 foiziga Norinco va 19 foiziga Panjin egalik qiladi. Shirkatlarning qo‘shma tashabbusi bilan, kunlik ishlab chiqarish quvvati 300 ming barrel bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodidan tashqari, 1,65 million tonna etilen va 2 million tonna paraksilol ishlab chiqarish quvvatiga ega neft-kimyo zavodi ham quriladi. Loyiha zarur ruxsatnomalarni olgandan so‘ng, qurilish ishlari 2023 yil aprelidan keyin boshlash rejalashtirilgan. Ushbu neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalari 2026-yilda ishga tushishi kutilmoqda.

Izoh: So‘ngi paytlarda iqtisodi rivojlanib borayotgan Xitoy o‘zining Saudiya Arabistoni, Quvayt va Jazoir kabi bir qancha davlatlar bilan bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini mustahkamlab bormoqda. Masalan u Saudiyaning «Aramko» shirkati, Quvaytning neft korporatsiyasi va Eronning «Milliy neft shirkati» bilan uzoq muddatli bitimlar tuzdi. Xitoy shuningdek, bu mintaqadagi aloqalarini va harbiy hamkorliklarini ham mustahkamladi. Bundan tashqari Xitoy neft sohasida investitsiya yotqizish hamda Xitoyga neft yetkazib berilishi uchun neft quvurlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yotqizish rejasi ustida ham ish olib bormoqda.

Biroq neftga boy Saudiya Arabistoni neft masalasida, xususan juda ko‘p ochilmagan neft quduqlariga ega bo‘lgan va taxminan 2 trillion dollar bozor qiymati bilan dunyoning eng yirik neft shirkati hisoblangan “Aramko” shirkati masalasida AQSHning iznisiz bir qadam ham tashlay olmasligi ko‘rinib turgan haqiqat. AQSH o‘tgan asrning birinchi yarmidayoq, Saudiya qiroli Abdulaziz bilan Amerika prezidenti Ruzvelt o‘rtasida «Aramko» shirkati xususida tuzilgan bitim bilan Saudiya neftining ko‘pgina qismini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Ayniqsa Qirol Salmon va o‘g‘li valiahd Muhammadning taxtga kelishi bilan to‘liq AQSHga qaram holga kelgan Saudiya Amerikaning tayyor daromad manbaiga aylanib qoldi. Chunki Qirol Salmon va o‘g‘li mamlakatdagi barcha neft vazirlari komandasini ishdan olib, ularning o‘rniga Amerikaning rejalarini hech e’tirozsiz bajarishga tayyor komandani olib kelganligi kuzatuvchilar uchun sir emas. Hozirda Saudiya o‘zining tashqi siyosati va neftga oid siyosatlarida Amerikaning ko‘rsatmasi bilangina qadam tashlamoqda.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Saudiya hukumati va boshqa hukumatlar kufr olamiga tortiq qilayotgan neft kabi boyliklar barcha Islom Ummatining mulkidir. Bugungi kunda Islomiy o‘lkalar hukmdorlari Ummat boyliklarini mutlaqo mas’uliyatsizlik bilan sovurishmoqda, ular uchun Amerikaning yoki Britaniyaning roziligi bo‘lsa bas, shuni o‘zi yetarli. Ochko‘z mustamlakachilar esa mana shu hukmdorlar orqali o‘z rejalarini amalga oshirmoqda. Xoh, Saudlar oilasi bo‘lsin, xoh islomiy yurtlardagi boshqa hukmdorlar bo‘lsin, bularning birortasida ham mutlaqo yaxshilik yo‘qligi kundan-kunga o‘z isbotini topmoqda. Mustamlakachi davlatlar ustimizdan o‘z hukmronligini mustahkamlash va yurtlarimiz boyliklarini talon-taroj qilish uchun mana shu rejimlar ularga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shunday ekan, bugungi kunda musulmonlarning birlamchi vazifasi mustamlakachi davlatlarga malay bo‘lgan ushbu rejimlarni shar’iy yo‘l bilan o‘zgartirish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdir. Boshimizga tushgan muammolarning yechimi aynan mana shundadir, bundan boshqa yechim yo‘q. Mana shundagina, Islomiy o‘lkalar Amerika, Britaniya, Xitoy va yo bulardan boshqa kufr davlatlarining iflosliklaridan xalos bo‘ladi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.