Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoga “tashqi aralashuvni qabul qilmaydi”

124
0

Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoga “tashqi aralashuvni qabul qilmaydi”

 Xabar: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashqi aralashuv va “rangli inqiloblar” importini qabul qilmaydi.

 Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda keltirilgan.

 “Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti va milliy taraqqiyotini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor, “rangli inqiloblar”ni import qilishga urinishlarni va mintaqa ishlariga tashqi aralashuvni qabul qilmaydi”, deyiladi bayonotda.

 Bayonot Xitoy rahbari Si Jinping davlat tashrifi bilan Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashganidan keyin e’lon qilindi.

 Izoh: AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevral-1 mart kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida AQSH mintaqa davlatlarining mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini bildirib: “Biz Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan imkon qadar chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun har kuni ishlayapmiz. Buning zamirida esa ularning suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashimiz hamda ushbu davlatlarning har biri o‘z kelajagini ana shu tamoyillar asosida belgilay olishiga bo‘lgan qat’iyatimiz yotadi”, degan edi. Shuningdek, Blinken mintaqadagi har bir davlatning boshqa davlatlar bilan munosabati uzoq tarixga ega ekani, har bir davlat dunyoning boshqa davlatlari bilan sheriklik aloqalarini kengaytirishga intilayotganini alohida ta’kidlagan va “Qo‘shma Shtatlar ishonchli hamkor hamda bu mintaqadagi odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida ular bilan ishlaydigan sherik bo‘lishni xohlashini” ma’lum qilgandi.

 Blinkenning Qozog‘iston va O‘zbekistonga amalga oshiradigan safari oldidan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Markaziy Osiyo davlatlarini G‘arb bilan hamkorlikda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan va Afg‘onistondagi mavjud vaziyatda AQSHni ayblab, “Vashingtonning demokratlashtirish tajribasi rangli inqiloblar bilan tugashidan” ogohlantirib, markaziy osiyolik hamkorlarini G‘arb davlatlari bilan munosabat o‘rnatishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan edi.

 Xitoy rahbari Si Jinping davlat tashrifi bilan Rossiyaga borib, Putin bilan uchrashganidan keyin berilgan qo‘shma bayonotda ham Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashqi aralashuv va “rangli inqiloblar” importini qabul qilmasligi aytib o‘tildi…

 Bu uch mustamlakachi davlatlar prezidentlari va rasmiylari bergan bayonotga qarasangiz, go‘yoki bu davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari suverniteti, mustaqilligi, hududiy yahlitligi uchun jon koyitib, aholi farovonligini o‘ylayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Aslida esa nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyo xalqi, xususan, musulmonlar duch kelayotgan qirg‘in, qashshoqlik, ocharchilk va azoblar uchun aynan mana shu davlatlar va shu mustamlakachi davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro qonunlar sabab bo‘lmoqda. Bu davlatlar mintaqa  AQSH Markaziy Osiyodan Rossiya nufuzini siqib chiqarish, Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasini oldini olish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirayotgan bo‘lsa, Rossiya va Xitoy tabiiy boyliklarga serob bo‘lgan mintaqa ustidan nufuzini qo‘ldan bermaslik yo‘lida harakat qilishmoqda. Ularning har biri o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun har qanday jirkanchlikka tayyordirlar. Bu mustamlakachi kofir davlatlar dunyoga yaxshilik olib kelish uchun emas, balki yomonlik va zarar olib kelish uchun o‘zaro kurashishmoqda. Achinarli va afsusli joyi shundaki, bizning ustimizda turgan rahbarlar o‘z taxti va boshqaruvini saqlab qolish uchun yurt boyligi va kelajagini boy berib bo‘lsa ham ular bilan hamkorlik qilishga tayyorliklaridir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.