Aqilbek Japarov: Rus tiliga zarar keltirmaslik kerak

174
0

Aqilbek Japarov: Rus tiliga zarar keltirmaslik kerak

 Xabar: Vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov qirg‘iz hukumati qirg‘iz tiliga qo‘llov ko‘rsatib biroq rus tiliga zarar keltirmasligi kerakligini aytdi. Bu haqda Japarov “Mir” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

 “Ma’lumot infrastrukturasi Sovet ittifoqi davridagiday saqlanib kelinmoqda. Bugungi kunda biz “Alisa”ni [Rossiyaning Yandeks kompaniyasining uch yordamchisi] qirg‘izcha gapirishini o‘ylayapmiz. Biz davlat tillariga rus tiliga zarar yetkazmasdan yordam ko‘rsatishimiz kerak”, – dedi vazirlar mahkamasi raisi.

 Japarovning aytishicha, Qirg‘izistonda bilim berish fuqarolarga qirg‘iz, rus, ingliz tillarini va “internet tilini” o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, qirg‘iz tilini bilish kerak ekanini, ayniqsa amaldorlar bilishi shartligini qo‘shimcha qildi.

 Bunga qadar prezident Sadir Japarov ham rus tili o‘lkada rasmiy til bo‘yicha qolaverishini, sababi Rossiyasiz Qirg‘iziston uchun vaziyat “og‘ir bo‘lishini” aytgan edi.

Izoh: Saqofat – aqida, til, adabiyot, tarix va qonunlar majmuasidan iborat. Saqofat insondagi dunyo qarashni shakllantiruvchi omil xisoblanadi. Insonlardagi dunyo qarashning shakllanishi ana shu insonlarga berilayotgan saqofatning qaysi e’tiqodga yoki qanday tushunchalarga asoslanganligiga bog‘liqdir.

 Shu sababli ham mustamlakachi davlatlar qaysi yerni bosib olishidan qat’iy nazar birinchi navbatda mahalliy xalqning aqidasini buzishga, tarixi va adabiyotidan uzoqlashtirishga, o‘z tilini hukmron tilga aylantirishga e’tibor qaratadi. Tarix va adabiyotdan mahrum qilishning eng oson yo‘li – mahalliy xalq alifbosini o‘zgartirishdir. Bizning diyorlarni mustamlaka qilib olgan bosqinchi kommunistlar ham eng avvalo mana shu jihatlarga e’tibor qaratdi. Bizning tariximiz bilan bog‘lab turuvchi arab alifbosini bekor qilib, o‘rniga dastlab lotin, keyinchalik krill alifbosini joriy qildi. Natijada xalq o‘z tarixi va adabiyotidan mahrum bo‘lgan savodsizlarga aylandi. Xudosiz kommunistlar bizni tariximizdan judo qilgach, o‘z shaxsiyatlarini bizlar o‘rnak oladigan shaxslarga aylantirdi. Biz Marks, Engls, Lenin, Stalin va boshqalarni o‘zimizga dohiy va yo‘lboshchi, kommunistlarni mazlum xalqlar xaloskori sifatida ardoqladik, yurt mustaqilligi va ozodligi yo‘lida kurashgan ota-bobolarimizdan “bosmachi” deya nafratlandik…

 Bugungi kunda saqofat yoyishning eng qulay va maqbul yo‘li OAVlar – gazeta, jurnallar, televideniye hamda kino sohasidan iborat bo‘lib qoldi. Garchi xudosiz kommunistlar davlati zavolga yuz tutib, uning aqidasini ko‘tarib chiquvchi davlat amalda qolmagan bo‘lsada, o‘zini uning merosxo‘ri hisoblovchi Rossiya hamon ustimizdan o‘z nufuzini saqlab qolishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Hokimlarimiz ham Rossiyani rozi qilish ilinjida o‘z xalqi istak va irodalariga qarshi borishmoqda. Bugun hukumatlarimiz xalqning soliqlari hisobidan rus kanallariga pul to‘lab, xalq ichida rus targ‘ibot mashinasi jadal sur’atlarda ishlashiga imkon yaratib kelishmoqda. Natijada, hozirga qadar “biz Rossiyasiz hech narsa qila olmaymiz”, “biz Rossiyasiz yo‘q bo‘lib ketamiz” deydigan manqurtlar Rossiyaning har qanday tajovuzini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

 Saqofat shunday quvvatga egaki, uning o‘rnini na harbiy, na iqtisodiy va na siyosiy qudrat bosa oladi. Bugungi kunda guvohi bo‘lib turganimiz Rossiyaning Ukrainga qarshi olib borayotgan bosqinchilik urushida ham saqofat asosiy o‘rinni egallab turibdi. Ukrain xalqi rus saqofatidan qutulib – garchi botil bo‘lsa-da – g‘arb saqofati bilan sug‘orilib ulgurgani sababli oddiy xalq ham rus bosqinchilariga qarshi quruq qo‘l bilan bo‘lsa ham qarshi chiqmoqda. Chunki, qullikdan eng avval fikran xalos bo‘linadi. Agar ukrain xalqi zehnida hozirga qadar rus saqofati va targ‘ibotining ta’siri bo‘lganida, Putin orzu qilganidek uch kuni ichida Kiyevni qo‘lga kiritgan, xalq rus armiyasini gullar bilan kutib olgan bo‘lar edi. Ukrain armiyasi va xalqi butun dunyoga rus armiyasining harbiy quvvati afsonadan boshqa narsa emasligini isbotlab qo‘ydi. Rossiya Ukrainani to‘liq bosib olishga erishgan taqdirda ham mag‘lubiyatga uchrab bo‘ldi. Chunki, xalq zehnida rusga nisbatan nafrat shakllanib bo‘ldi. Bizda esa buning aksi. Rossiyani harbiy yoki boshqa yo‘l bilan bostirib kelishini xojati yo‘q. Sababi, hokim va amaldorlarimiz fikran Rossiyaga tobelikdan qutulishmagan.

 Haqiqiy mustaqillikni faqat xalq qabul qilgan aqida va shu aqidadan kelib chiqadigan qonunlarni hayotga tatbiq qiluvchi Xalifalik davlati bilangina qo‘lga kiritish mumkin. Bu davlatda musulmonlar islomiy saqofat bilan sug‘orilib, haqiqiy rahnamo kim ekanligi, kimdan ibrat olib, kimga ergashish zarurligini anglab yetadi va yashashdan ko‘zlagan maqsad va g‘oyasini belgilab oladi. Mana shunda payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam siyratida bo‘lgani kabi garchi daraxt ildizlarini yeyishga to‘g‘ri kelsada, o‘z g‘oya va yo‘lidan qaytmaydi, qullik kishanlarini bo‘yniga olishga rozi bo‘lmaydi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.