بِسْمِ اللَّـهِ الرَّحْمَـٰنِ الرَّحِيمِ
Ummatlar uch turli bo‘ladi
Ummat-xalqlar uch turli bo‘ladilar: qoloq xalq, o‘rtacha xalq, yuksak xalq.
1.Qoloq Xalqning ko‘p salbiy sifatlari bor, asosiysi ularning bahslari shaxslar haqida bo‘ladi. Ya’ni xalqning qoloqligiga ham, yuksalishlariga ham faqat shaxslar sabab bo‘ladi deb hisoblashadi-da, ba’zilarini: bizni qoloqlashishlariga aynan shu otgaminarlar sababchi – deb bilishib, ularning shaxsiy kamchiliklarini ommaga doston qilishga shoshiladilar. Ular asosan nufuz egalari: xukumat raxbarlaridan, partiya yetakchilaridan, saroy ulamolaridan ta’siri kuchliroq bo‘lganlarini nishonga olishadi. Ularni qoralash bilan maqsadimiz xosil bo‘ladi – deb xom-xayolga boradilar. Holbuki, o‘z hayotlarida, ko‘z-o‘ngilarida qanchadan-qanchasi o‘zgarib ketmoqda, lekin ahvol o‘sha-o‘sha, hech narsa o‘zgarmayapti, to‘g‘ri yashash tarzimiz o‘zgardi, ammo qoloqlik mavzusi o‘zgargani yo‘q, hamon g‘oyridinlarga qaram bo‘lib kelmoqdamiz. Ular ham – hamma qatori – shu ishlarga tirik guvohlar. Lekin ozgina fikr yurgizmaganliklaridan yana o‘sha xatolarida davom etmoqdalar. Ular qoralayotgan nufuz egalari o‘z o‘rnilarini boshqalarga bo‘shatib berishyapti, lekin ular qoldirib ketgan asoratlar xalqni qoloqlik qariga tortib ketishda davom etmoqda. Ularning fikrlari og‘izdan-og‘izga, qororlari hukumatdan-hukumatga, yillardan-yillarga o‘tib, o‘zining salbiy ta’sirini, jirkanch asoratlarini ko‘rsatib kelmoqda, salbiy oqibatlarini yo‘qotgani yo‘q, o‘sha fikr-qarorlarni avtorlari alla qachon ta’sirlari, nufuzlari yo‘q bo‘lgan, hatto ba’zilari o‘liklarga aylanishgan, ammo ularning Ummat uchun bo‘lgan jirkanch fikrlari xali hamon hayotda!
Qoloq xalq nufuz egalarini qoralash bilan bir qotorda ularni o‘rniga boshqa shaxslarni nomzodini ko‘rsatishadilar, go‘yoki, ular “post”ni egallashi bilan hamma ishlar mumtoz-idial ahvolga aylanishini olg‘a suradilar, hatto shu o‘rinlarni o‘zlari egallashini hayol qilib, o‘sha maqsadda jonbozlik ko‘rsatishadi, rahbar bo‘lish orzu-umidlari bo‘lib, amallari uchun asosiy g‘oyaga aylanadi.
Bu fikr aslida qoloq xalqlardagi bir kasallik bo‘lsa-da, kapitalizm boshimizga balo bo‘lgandan boshlab bu fikr avjiga chiqdi, “vabo”ga aylandi. Chunki kapitalizm mabdasiga ko‘ra: jamiyat shaxslardan tarkib topadi, shaxslarning o‘nglanishi bilan jamiyat ham yuksala boshlaydi – degan qo‘zqarashda ish olib boradi.
Shu o‘rinda kitoblarimizda kelgan fikrni keltirish o‘rinli deb hisoblayman:
Jamiyatda fardiylik (ya’ni shaxsiylik) fikrlari mavjud bo‘lib, bunday fikrlar «har bir odam alohida shaxs» degan nazariyani vujudga keltirib, uni ommalashtirib yuborgan. Holbuki fardiylik fikri chirkin fikr bo‘lib, u qalblarda xudbinlikni paydo qiladi va garchi u razolat bo‘lsa ham, uni fazilat qilib qo‘yadi. Ushbu fardiylikdan boshliq bo‘lish fikri, shaxsni isloh qilish fikri, hokimiyatni isloh qilish uchun uning tepasidagi shaxslarni boshqa shaxslarga o‘zgartirish fikri, shaxsiy adovat fikri, fikrlar haqida bahs yuritish o‘rniga shaxslar xususida bahs yuritish fikri vujudga keldi va hokazo. Shunga ko‘ra fardiylik fikrlariga qarshi kurashish, ularning buzuqligini bayon qilib berishi va ularning xato ekanini jur’at bilan ochib tashlash lozim. Hamda boshqa buzuq fikrlarni yanchib tashlagandek ularni ham yanchib tashlash, masala shaxsga emas, balki ummatga taalluqli ekanini va bahs shaxslar xususida bo‘lmay balki fikrlar xususida ekanini bilish zarur. Demak ummatga e’tibor beriladi, Islom haqida bahs yuritiladi. Islom uchun va Islom ummati uchun harakat qilinadi.(“siyosiy harakatlantirish” kitobidan).
Ha, albatta, buzuqlik o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lmaydi, uni avvalo yaxshi o‘rganish kerak, keyin unga qarshi fikriy kurashish zarur. To bunday fikrlar parchalanmas ekan, insonlar ularni naqadar jirkanch ekanini fikran ko‘rmas ekanlar bizlar qoloqlik botqog‘idan qutila olmaymiz.
Jamiyat – kapitalistlar aytganidek – shaxslardan tarkib topgan emas. Bu oqibati o‘ta xatarli, jirkanch fikr, lekin oddiy fikrlovchi insonga ham oshkor bo‘lib turgan xato fikr bo‘lib, yaqin tariximizga bir nazar solish kifoya. Biz o‘tgan asrning 90-yillarigacha sotsializm jamiyatida yashab keldik, keyin “qayta qurish” fikri ko‘tarilgandan keyin kapitalizm jamiyatiga o‘zgardik. Shaxslar o‘sha-o‘sha, hech kim o‘zgarmadi, hatto rahbarlar ham o‘zgarmadi, eski tuzum kadrlarni. Agar jamiyatning o‘zgarishi shaxslarga bog‘liq bo‘lganda bizda umuman o‘zgarish bo‘lmasligi kerak edi, negaki shaxslar o‘zgargani yo‘q, eski jamiyatning odamlari. Lekin hayetdagi o‘zgarish juda katta bo‘ldi, masalan: avvallari “Chayqovchilik” deb atalgan, og‘ir jinoyat sanalgan “jirkanch” ish xozirda “Ishbilarmonlik”ka o‘zgarib, konun tomonidan himoyalanadigan, insonlar unday ish bilan mashg‘ul kimsalarga jinoyatchilar kabi nafrat bilan emas, balki elga xizmat qiluvchi, jamiyatni yuksaltiruvchi noyob iste’dod sohiblari deb, xavas bilan qaraydigan bo‘ldilar. Yoki avvallari mulkdor bo‘lish jinoyat hisoblansa, endilikda hisobsiz mulkka ega bo‘lish “qonuniy” bo‘lib qoldi.
Aslida jamiyat to‘rt narsadan: insonlar, fikrlar, tuyg‘ular va qonunlardan tashkil topadi. Bularning asosiysi fikrlar bo‘lib, fikrlar tuyg‘ularning ham, qonunlarning ham asosi, insonlar ham fikrlar asosida har bir ishga munosabatini belgilaydi. Demak, bizdagi fikrlar to‘g‘ri bo‘lsa, jamiyat ham o‘nglanadi. Agar yangi fikr ham xato bo‘lsa – bizning yaqin tariximizda bo‘lgani kabi – bir buzuq jamiyat yangi buzuq jamiyatga o‘zgaradi. Ammo fikrlar emas, shaxslar o‘zgarsa jamiyat umuman o‘zgarmaydi – “mustaqillik” berishib qo‘ygandan beri bizdagi ahvol kabi -, chunki jamiyatning asosiy elementlari o‘zgargani yo‘q.
Shuning uchun jamiyatni o‘zgartishni xohlasak, undagi asosiy hukmron fikrlarni dalil asosida xatoligini ochib berishimiz va shu o‘rinda unga alternativ bo‘lgan to‘g‘ri fikrni tushuntirishni hamda shu fikrga asoslangan tuyg‘ularni shakllantirishni boshlashimiz zarur. Bu Yaratguvchimiz Alloh Taoloning bizlarga ko‘rsatgan yo‘li, farzidir. Alloh Taolo deydi:
ادْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ ۖ وَجَادِلْهُم بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ
– «(Ey Mu’ammad), Parvardigoringizning yo‘li-diniga donolik-hikmat bilan chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o‘zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur». [16:125]
Hikmat – aqliy hujjat, chiroyli mav’iza esa go‘zal eslatmadir. Ya’ni odamlarning aqllariga xitob qilgan vaqtda ularning tuyg‘ularini va tuyg‘ulariga xitob vaqtida esa ularning fikrlarini qo‘zg‘atish. Toki tuyg‘ular fikrlar bilan bog‘lanib, komil suratdagi amal kelib chiqsin. Go‘zal suratdagi munozara esa fikratga cheklangan va shaxslarga, nafsoniyatiga o‘tmaydigan munozaradir. Da’vat tariqatidagi bu uch holatni mulohaza qilib ko‘rish shart.
Demak, bahslar: “kimlar to‘g‘riyu, kimlar nohaq” asosida emas, “qaysi fikr xato, nimasi xato?! Xo‘p, bu xato bo‘lsa aynan shu voqe’likka alternativ qanday to‘g‘ri fikrni o‘rtaga tashlayapsan” asosida bo‘lish kerak. “Kimlar to‘g‘riyu, kimlar nohaq” asosidagi bahs qanchalar qiziqarli, Ummat uchun foydali deb bilinmas, o‘sha bahs shaytoniy bahs, noshar’iy bahsdir. Fitnani bulog‘i bo‘lib, u bahsga qo‘shilganlar Ummatni qopoqlashiga o‘z “xissa”larini qo‘shayotgan buzg‘unchi, xudbin insonlardir.
Biz qoloq jamiyatda yashab, ham bu dunyoda xoru-zor bo‘lmaylik, ham Oxiratda sharmanda, yuzi qarolardan bo‘lmaylik desak, u holda bahslarimiz mavzusini shaxslar haqida emas, fikrlarga ko‘chiraylik. Yuqorida “jamiyat” haqida bir oz to‘htaldik. Endi xozirgi kundagi buzuq fikrlarning asosi bo‘lgan ‘demokratiya”ni bir fikrlab ko‘raylik. Insonlarni ham koinotdagi boshqa maxluqotlarni ham Alloh yaratganligi ko‘pchilik inkor qilmaydi. Endi “Yaratuvchi Alloh hayotimizga aralashishga haqqi yo‘q” degan fikr, “Din davlatdan ajratilgan” degan fikr qaysi aqldan chiqayapti, qaysi faktga asoslangan?! Axir bu fikr asosiga hayotimizni, davlatimizni, aloqalarimizni, kelajagimizni quryapmiz, nahotki shunday muhim ish faktsiz bo‘lsa?!
Shu kabi “Mustaqillik” fikri, “bu fikr bizlarg‘a qanday kelib qoldi?” yoki “chegaralarimizni falol-falol yillari chiqarilgan qarorlar asosida delimitatsii qilish” fikri, “nega ota-bobolartmizni qirg‘inlar qilgan ruslar chegaralarimizni chizib berishi kerak?” fikrlari haqida yoki “jamiyat qanday isloh qilinadi va uning uchun nima qilish kerak” mavzusi, “ekanomika siyosatining asosi nima bo‘lishi kerak?” mavzusi, “ijtimoiy hayot nimaga asoslanishi kerak” mavzulari hamda “bu mavzularni ommani ichirga qanday olib kiritishi to‘g‘ri bo‘ladi” degan mavzusi ham o‘zaro bahslarimizga asos bo‘lishi kerak. Bu kabi asosiy mavzular aniq yechib olinsa, ular haqida to‘g‘ri fikrlar topa olsak hamda o‘sha yangi topilgan to‘g‘ri fikrlarga muvofiq tuyg‘ularimizni shakillantira olsak, muhit o‘nglanadi, fikr yuritish to‘g‘rilanadi. Keyin qolgan to‘g‘ri fikrlarga yetishimiz mumkin bo‘ladi. Chunki bu kabi asosiy mavzular hamma fikrlarning manbai, odamlardagi ko‘z-qarashlarning asosi hasiblanadi. Bu fikrlar to‘g‘rilanmas ekan xato fikrlardan jamiyatni tozalab bo‘lmaydi, yuksak jamiyat sari yurolmaymiz. Aksincha, jamiyatni yuksaltirish o‘rniga qoloqlikni “umri”ni uzaytirgan buzg‘inchilardan bo‘lamiz. Bunday xatoda sarkashlik qilish qalbida marazi-kasali bor munofiqlarning ishidir. Alloh Taolo aytadi:
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَمَا هُم بِمُؤۡمِنِينَ () يخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَمَا يَخۡدَعُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمۡ وَمَا يَشۡعُرُونَ () في قُلُوبِهِم مَّرَضٞ فَزَادَهُمُ ٱللَّهُ مَرَضٗاۖ وَلَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمُۢ بِمَا كَانُواْ يَكۡذِبُونَ () وإِذَا قِيلَ لَهُمۡ لَا تُفۡسِدُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ قَالُوٓاْ إِنَّمَا نَحۡنُ مُصۡلِحُونَ () ألَآ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡمُفۡسِدُونَ وَلَٰكِن لَّا يَشۡعُرُونَ
Va odamlardan «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydiganlari bor. Holbuki, ular mo‘min emaslar. Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi bo‘larlar. Holbuki, sezmagan hollarida faqat o‘zlarini aldarlar. Qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va yolg‘on gapirganlari uchun ularga alamli azob bor. Va qachon: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmang», – deyilsa, «Biz faqat isloh qiluvchilarmiz», – derlar. Ogoh bo‘lingki, ular – o‘shalar buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari sezmaslar. [2:8-12].
(davomi bor).
Mufakkir Muslim